Boolstrap


Download 375.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi375.04 Kb.
#1583762
  1   2   3
Bog'liq
4-amaliy ish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI IQTISODIYOT
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Web dasturlashga kirish
Mavzu:
Bootstrap4 freymvorkni ulash, bazaviy shablonlarni sozlash.
Topshirdi:
Abdimo’minov.A
Qabul qildi:
Andaqulov.Sh


4-amaliy ish
Mavzu: Bootstrap4 freymvorkni ulash, bazaviy shablonlarni sozlash.
Ishning maqsadi:
Bootstrup frayemvorkida ishlash, undagi komponentalardan foydalanish va veb
sahifa uchun shablonlarni tayyorlashni o‘rganishdan iborat.
Nazariy qism
Hozirgi kundagi har bir internet foydalanuvchisi o‘zlarining kundalik web-
saytlarining mobil versiyasi ham bo‘lishini hohlashadi. Buni amaliy jihatdan olib
qaraganda bir dizayn har bir qurilma ekraninga mos tushishi muhimdir.
Bootstrap (talaffuzi: Butstrap) — bu mobil qurilmalar uchun moslashuvchan
hamda front-end dasturlash uchun moʻljallangan bepul va ochiq kodli CSS
freymvorki. Bu freymvork tipografiya, formalar, tugmalar, navigatsiya va boshqa
interfeys komponentlari uchun CSS (ixtiyoriy ravishda) va JavaScript dasturlash
tillariga asoslangan dizayn andozalarini oʻz ichiga oladi.
Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development
framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to’liq joylashtirilgan va
ushbu framework yordamida o’zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha
daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.
Frameworkning rasmiy
getbootstrap.com
sayti orqali uni to’liq yuklab
olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan
ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab
darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda
esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin.
Bootstrap ilk «mobile first» framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor
tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko’rinishiga qaratiladi. O’zining
moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi
ekranlarda bir xil chiroyli ko’rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end
ustalarining ishini bir necha o’n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval
HTML va CSS kodlarni to’liq qo’lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar
Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko’rgandanoq
bilib olishlari mumkin.
Bootstrap haqida to’liq ma’lumotni tizimning rasmiy saytidan olishingiz
mumkin. U yerda framework ishlatilishi haqida yetarlicha tushuncha berilgan.
Agar u yerda o’rganish Siz uchun qiyinlik qilsa, Bootstrapning eng sodda
darslarini w3schools saytining Bootstrap bo’limidan topishingiz mumkin.



Download 375.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling