1.Savol: Borning kashf etilish tarixi va nomining kelib chiqishi. Javob: Eramizning 700-yilida arab alkimyogari Jobir ibn Xayyon bura mineralini buraq tarzida o‘z qo‘lyozmalarida eslab o‘tgan. Burani 1600-yillar atrofida Italiyada metallurglar ham ishlatgani haqida ham qaydlar bor. 1777-yilda Florensiya yaqinidagi iliq buloqlardan bor kislotasi ham aniqlangan edi. Biroq, 1800-yillargacha bor alohida element sifatida tan olinmagan va o‘rganilmagan edi. Javob: Yer qobig‘idagi bor elementi miqdori har bir tonnaga 4 grammdan to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Shunga qaramay, bor asosan minerallar ko‘rinishida uchraydi. Borning 100 dan ziyod o‘z minerallari mavjud bo‘lib, boshqa elementlar minerallari tarkibida bor deyarli uchramaydi. Deyarli barcha minerallarda bor kislorod bilan birikkan bo‘ladi
3SiO2 + 4B → 3Si + 2B2O3
3P2O5 + 10B → 5B2O3 + 6P
Do'stlaringiz bilan baham: |