Bor nazariyasi. Vodorod atomining spektri va tuzilishi


Download 14.09 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi14.09 Kb.
#1333726
Bog'liq
mavzu bor va uning xossalari


Bor nazariyasi. Vodorod atomining spektri va tuzilishi.
Bor o’z nazariyasini yaratishda, yadro atrofida elektronlarning harakatlanishidan iborat bo’lgan sistemaga kvant nazariyasini asos qilib oldi. Kvant nazariyasi 1900 yil ingliz fizigi Plank tomonidan yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq yorug’lik energiyasining nurlanishi va yutilishi uzluksiz oqim bilan chiqib va yutilib turmay, balki ayrim kichik portsiyalar bilan chiqadi va yutiladi. Energiyaning bu portsiyalarini yorug’lik kvanti, kvant energiyasi yoki fotonlar deb ataladi. Nur chiqarayotgan jism energiyasi zapasi bir tekisda o’zgarmasdan tusatdan (sakrab-sakrab), kvantma-kvant o’zgaradi. Jism kasr sondagi kvantlar chiqara olmaydi ham, yutmaydi ham. Energiya kvanti Ye tebranish chastotasiga to’g’ri proportsional bo’lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
E = hy y = c/1.
1-to’lqin uzunligi;
h-proportsionallik koeffitsienti yoki Plank konstantasi bo’lib h=6,625· 10-27 erg/sek yoki 6,62· 10-34 Dj/s ga teng.
Bor elektronlarning yadro atrofida aylanish hodissiga kvant nazariyasini asos qilib, vodorod atomining spektri va tuzilishi asosida o’zining 2 ta pastulotini (xulosa) yaratdi.
Birinchi pastulot. Elektron yadro atrofida har qanday orbita boylab emas, balki ma‘lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitalar boylab harakat qiladi. Bu orbitalar barqaror yoki kvant orbitalar deyilad. Atom normal holatda bo’lganda elektron yadroga yaqin orbitada turadi va atom minimal energiya qiymatiga ega bo’ladi.
Atomning bu holatini galayonlanmagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Atomga tashqaridan energiya berilsa uning energiya zapasi oshadi va undagi elektron yadroga yaqin orbitadan uzoqroq orbitaga o’tadi. Atomning bu holatini galayonlangan yoki yuqori energetik darajadagi holat deyiladi. Galayonlangan atomning energiyasi galayonlanmagan atomning energiyasidan ortiqdir. Atom galayonlangan holatda juda qisqa muddat sekundning yuz mln. (10-8 sek) dan bir ulushi vaqtigacha tura olishi mumkin.
1. Kimyo fani nimani o’rganadi?
A. Moddalarning tuzilishini.
B. Moddalarning bir-biriga aylanishini.
C. Fizik qonuniyatlarni.
D. Kimyoviy qonuniyatlarni.
E. Moddalarning xossalarini, tuzilishini va bir-biriga aylanishini.
2. Atom malekulyar ta’limotning asosiy holatlari?
A. Moddalari ularning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarralar bo’lgan molekulalardan tashkil topgan.
B. Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
C. Molekula va atomlar doim harakatda bo’ladi.
D. Molekulalar fizik hodizalarda o’zgarmay qolsada, kimyoviy hodisalarda parchalanib ketadi.
E. Yuqoridagilarning barchasi.
3. Molekula nima ?
A. Molekula- moddalar fizik xossalarini nomoyon qiluvchi eng kichik bo;lagi?
B.Molekula- moddalar kimyoviy xossalarini nomoyon qiluvchi eng kichik bo’lagi.
C. Molekula- moddani tashkil qiluvchi atomlar guruhi.
D. Molekula- moddani tashkil qiluvchi elektronlar uyushmasi.
E. Molekula –moddaning tuzilishini ko’rsatuvchi kattalik.
4. Kimyoviy element nima?
A. Atomlarning muayan turi.
B. Malekulani tashkil etuvchi bo’lak.
C. Atomni tashkil etuvchu qism.
D. Moddani hosil qiluvchi bo’lak.
E. Jismlarni tashkil qiluvchi tarkibiy qism.
5. Nisbiy atom mass anima?
A. Nisbiy atom massa –element atomi massasi uglerot atomi massasining qancha og’irligini ko’rsatuvchi kattalik.
B. Nisbiy atom massa –element atomi massasi uglerot atomi massasining ½ qismidan qancha og’irligini ko’rsatuvchi kattalik.
C. Nisbiy atom massa –element atomi massasi uglerot atomi massasining 1/24 qismidan qancha og’irligini ko’rsatuvchi kattalik
D. Nisbiy atom massa –element atomi massasi uglerot atomi massasining 1/3 qismidan qancha Nisbiy atom massa –element atomi massasi uglerot atomi massasining 1/4 qismidan qancha og’irligini ko’rsatuvchi kattalik.
Download 14.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling