Bor postulatlari Vodorod atomi. Kvant sonlar
Download 129.04 Kb.
|
11 - Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaytarish uchun nazorat savollari
qobiqlar K L M N 0
Pauli prinsipi atom xususiyatlarining davriylik qaytarilishini osonlikcha tushuntiradi. Mendeleyevning elementlar davriy tizimi tuzilishini qarab chiqamiz. Vodorod atomi bitta elektronga ega. Navbatdagi atom oldingisidan bitta elektronga farq qiladi, ya’ni yadro zaryadini faqat bitta zaryad birligiga oshira oladi. Vodoroddan keyingi geliy atomida 2 ta elektron bor va K qobig’i to’lgan bo’ladi. Geliy atomida ikkala elektron K qobig’idagi S–holatda bir-biriga antiparallel spinlarga ega bo’lgan holda joylashadi. 1s2 1s – holatda 2 ta elektron borligini bildiradi Litiy atomi 3 ta elektrondan iborat. 1s – holatda 2 ta elektron, 2s – holatda 1 ta elektron joylashgan. To’rtinchi element Berilliyda 2s holat elektronlar bilan to’lgan bo’lib, jami 4 ta elektronga ega bo’ladi va hokazo. Qaytarish uchun nazorat savollari Chiziqli spektrlar deb qanday spektrlarga aytiladi? M.Balmerning vodorod atomining chiziqli spektrlari formulasini yozing. Ridberg doimiysi qiymatini yozing. Spektrning infraqizil sohasidagi seriyalarni yozib bering. Vodorod atomi uchun N.Bor nazariyasi. N.Borning postulatlarini aytib bering. Energiyani kvantlanishini tushuntiring. Vodorod atomi uchun Shredinger tenglamasini qo’llang? Energiya, impuls va impuls momentlarini kvantlanishi nima? Kvant sonlarini tushuntiring. Spin nima? Zarrachalarni energetik sathlarda taqsimlanishini ko’rsating? Pauli prinsipi nima? Energetik holatning ayniganlik darajasi nimaga teng? Bosh kvant soni qiymatlariga tegishli holatlarda qancha elektronlar bo’ladi? TEST 1.Atomning yadroviy planetar Rezerford modeli: A. Atom musbat elektr zaryadi bilan bir tekis zaryadlangan sferadan iborat bo‘lib ichiga elektron joylashgan Sferani yig‘indi musbat zaryadi elektron zaryadiga teng bo‘lib, atom 1 butun holatda elektron neytral massasi butun hajm bo’yicha tekis taksimlangan B.Atom markazida uning deyarli butun massasi yig’ilgan musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, elektronlar atom ichida tinch turmasdan ular yadro atrofida xuddi quyosh atrofida planetalar aylangani singari harakatlanadi C. Atom uning asosiy massasini tashkil etgan yadro va uning atrofida qandaydir traektoriyaga ega bo’lgan orbita bo’ylab harakatlanuvchi elektronlardan iborat D. Elektronlar traektoriyalarning ichida extimoli katta bo’lgan traektoriya elliptik traektoriyadir 2. Borning ikkinchi postulatini ifodalovchi formulani ko’rsating A. B. C. D. 3. N. Borning birinchi postulati (turgun holatlar): A. atom yoki undagi elektronlar statsionar (turg’un) holat deb ataluvchi holatda uzoq vaqt bo’ladi bu holatlarda bo’lgan elektronlarning harakat qilishiga qaramay, atom yoki undagi elektron o’zidan energiya chiqarmaydi (nurlanmaydi) va yutilmaydi B. atom yoki undagi elektron bir statsionar holatga, ikkinchi statsionar holatga o’tganda o’zidan chastotali nur chiqaradi yoki yutadi C. biror bir orbita bo’ylab yadro atrofida harakat qilayotgan elektronning implus momenti (harakat momenti) Plank doimiysiga karralidir 4. N.Borning ikkinchi postulati (chastotalar qoidasi): A. atom yoki undagi elektronlar statsionar (turg’un) holat deb ataluvchi holatda uzoq vaqt bo’ladi bu holatlarda bo’lgan elektronlarning harakat qilishiga qaramay, atom yoki undagi elektron o’zidan energiya chiqarmaydi (nurlanmaydi) va yutilmaydi B.atom eki undagi elektron bir statsionar holatdan, ikkinchi statsionar holatga o’tganda o’zidan chastotali nur chiqaradi yoki yutadi C. biror bir orbita bo’ylab yadro atrofida harakat qilayotgan elektronning implus momenti (harakat momenti) Plank doimiysiga karralidir 5. N.Borning uchinchi postulat (orbitallarning kvantlash qoidasi): A. Atom yoki undagi elektronlar statsionar (turgun) holat deb ataluvchi holatda uzoq vaqt bo’ladi bu holatlarda bo’lgan elektronlarning harakat qilishiga qaramay, atom yoki undagi elektron o’zidan energiya chiqarmaydi (nurlanmaydi) va yutilmaydi B. atom yoki undagi elektron bir statsionar holatga, ikkinchi statsionar holatga o’tganda o’zidan chastotali nur chiqaradi yoki yutadi C. biror bir orbita bo’ylab yadro atrofida harakat qilayotgan elektronning impuls momenti (harakat momenti) Plank doimiysiga karralidir 6.Pauli prinsipi nimadan iborat? A. orbital kvant sonining berilgan qiymatiga ega bo’lgan holatda ta aynigan elektronlar mavjud. B. n kvant sonining berilgan qiymatiga ega bo’lgan holatda ta elektron-lar mavjud. C. avval eng kichik n qiymatli qobiqlar to’latiladi, so’ngra esa, tartib bo’yicha keyingisi. D. berilgan to’rtda kvant sonli holatda bittadan ortiq elektron bo’la olmaydi. 7. Keltirilgan ta’kidlarning qaysi biri Bor nazariyasiga to’g’ri keladi? A. Elektron orbitasining radiusi vaqt o’tishi bilan kattalashadi. B. Orbitadagi elektron energiyasi va uning radiusi ixtiyoriy bo’lishi mumkin. C. Elektronlar uchun shunday orbitalar ruxsat etilganki, ular uchun elektronlarning impuls momentlari h kattalikning butun soniga karrali bo’ladi. D. Elektronlar orbita bo’ylab harakatlanganida uzluksiz energiya nurlanishi ro’y beradi. 8.Plank gipotezasi shundan iboratki, … Elektromagnit to’lqinlarni tezlanish bilan harakatlanayotgan zaryadlar nurlantiradi. B. Elektromagnit to’lqinlar- ko’ndalang to’lqinlar. C. Bir vaqtning o’zida koordinata va impulsning qiymatlarini aniq topib bo’lmaydi. D. Elektromagnit to’lqinlar alohida ulushlar (kvantlar) ko’rinishida nurlanadi va ularning energiyasi chastotaga bog’liq bo’ladi. 9. Chizmada atomning energetik sathlari keltirilgan. Elektronlarning sathlar orasida o’tishlarining qaysi biri eng katta chastotali nurlanish kvantini chiqarishga to’g’ri keladi? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 E) 1 10. Chizmada atomning energetik sathlari keltirilgan. Elektronlarning sathlar orasida o’tishlarining qaysi biri eng kichik chastotali yutilish kvantini chiqarishga to’g’ri keladi? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 E) 1 11. Chizmada atomning energetik sathlari keltirilgan. Elektronlarning sathlar orasida o’tishlarining qaysi biri eng katta to’lqin uzunlikdagi nurlanish kvantini chiqarishga to’g’ri keladi? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 E) 1 12. Kvаnt sоnlаrning qаysi biri elеktrоnning аtоmdаgi enеrgiyasini аniqlаydi Download 129.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling