Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA




Bo’ranov O.B.
XALQARO MENEJMENT 
(o’quv qo’llanma) 
SAMARQAND-2020 



BO’RANOV O. 
QURILISH INDUSTRIYASI KORXONALARIDA ISHLAB 
CHIQARISHI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 
(O’QUV QO’LLANMA) 
Ushbu o’quv qo’llanma institutning ilmiy-uslubiy kengashining 2019 yil “ 16 ” 03 
dagi _6_-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan va institutning barcha yo’nalishlari 
talabalari uchun mo’ljallangan 
Samarqand-2020 



Kirish 
Xalqaro menejment bu boshqaruvning maxsus turi. Uning asosiy maqsadlari - bu 
mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa xususiyatlarini bilish va 
davlatlararo 
hamkorlik 
orqali 
kompaniyaning 
raqobatdosh 
ustunliklarini 
shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish. Xalqaro boshqaruvning asosini quyidagi 
tamoyillar tashkil etadi: 1) nisbiy ustunliklar; 2) mutlaq foyda; 3) mahsulotning 
xalqaro hayot aylanishi; 4) to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar.
Umuman, 
Prezidentimizning 
mamlakatimizda to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy 
investisiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini 
tubdan oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini 
ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni 
strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlarni 
yaratishga qaratilgan navbatdagi dasturiy farmoni asosidagi keng qamrovli ishlar 
bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro menejment tuzilmasi milliy tuzilishga juda o'xshash bo'lib, u korporativ 
biznesni boshqarishning beshta asosiy yo'nalishlarini qamrab oladigan muammolarni 
o'z ichiga oladi: 1) korxonaning tashqi muhiti va tashkilotning ichki muhitini 
o'rganish, tahlil qilish va baholash; 2) aloqa va qarorlarni qabul qilish jarayonlari. 
Bularga modellar va usullar kiradi; 3) boshqaruvning asosiy funktsiyalari strategik 
rejalashtirish va strategiyalarni amalga oshirish; 4) guruh dinamikasi va etakchilik 
masalalari - bu etakchilik, guruhlarda ishlash; 5) korxona samaradorligi masalalari - 
bu xodimlarni, ishlab chiqarishni boshqarish, shuningdek, butun unumdorlikni 
boshqarish. Har bir tarkibiy qism ichida milliy model bilan farqlar mavjud. Qabul 
qiluvchi mamlakatni tanlashda sarmoyadorlar quyidagi ko'rsatkichlarga e'tibor 
berishadi: 1) iqtisodiy o'sish sur'ati. Bularga ish haqi darajasi, transport 
harajatlarining barcha turlari, bank foizlari, yalpi milliy mahsulot (YaMM) va 
boshqalar kiradi; 2) tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish xarajatlari; 3) 
qonunchilik bazasini rivojlantirish; 4) siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik. Bular 
xalqaro biznesda qarorlar qabul qilishga ta'sir ko'rsatadigan har qanday siyosiy 
voqealar. Asosiy farq biznesning tashqi muhitining mazmuni, roli va o'ziga xos 



xususiyatidir, chunki u milliy chegaradan chiqib ketishi bilan bog'liq. Keng miqyosli 
xalqaro biznesni boshqarish uchun axborot bazasi, shuningdek, til to'sig'ini engib 
o'tish va boshqaruv qarorlarini professional qo'llab-quvvatlash talab etiladi.



I Bob. XALQARO MENEJMENT
FANINING NAZARIY ASOSLARI. 
1-§. Xalqaro menejment fanining mohiyati va vazifalari. 
 
1.1. “Xalqaro (global) menejment” kursining nazariy asoslari
“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va 
xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat 
yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes tushunchasini anglab olish 
zarur. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustun-liklar, 
nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli va bevosita xorijiy 
investitsiyalarning tamoyillari hisoblanadi. 
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi 
yuqori va ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq 
ustunliklarga ega mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini 
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy 
ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi. 
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer mutlaq 
ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport 
qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa 
faqat ichki bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi 
import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombi-
natsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va 
davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida 
yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining 
passajir samoletlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM” 



kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Maykrosoft” kompaniyasi), atrof-muhit 
muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi 
shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy 
mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asboblar, poligrafiya uskunalari kabi 
tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida 
uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari, avtomobillar, 
maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari mashhurdir. Italiya 
firmalari keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash 
uskunalarini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. 
Mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan 
tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiy tsikli nazariyasiga asoslanadi. U 
ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan 
kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini 
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga 
qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi: 
- 1-bosqich – yangilik kiritish. Mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik 
xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talab qat’iy 
emas, bozor egallanmagan, yangi tovarga talab o’sishi sekinlashgan. Bu bosqichda 
xaridorlar bozorda yangi molga e’tibor beradilar, va uning afzalliklarini baholab 
boradilar, xaridlar hajmi sekin o’sadi. 
- 2-bosqich – tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridor tomonidan tan 
olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid 
hajmining ko’payishi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi. 
- 3-bosqich – bozorni to’ldirish. Xaridorlarning asosiy qismi bu tovarga bo’lgan 
o’z ehtiyojlarini qondirib bo’ldi. Uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan 
o’zlashtirila boshlandi. Va raqobat belgilari paydo bo’ladi. 
- 4-bosqich – kamayish. Mahsulotning hayotiy tsiklini uzaytirish uchun uni 
ishlab chiqarish, nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha 
rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan uzatiladi. Bu 



mamlakatlarga mahsulot eksporti, odatda, buyerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari 
boshlangan. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi mahsulotni kelib chiqish 
mamlakatidan import qilish qisqaradi. 
Bevosita xorijiy investitsiyalar - bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi 
firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital 
qo’yilmalar. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi 
mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning 
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli 
mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi 
sifatida xizmat qilib, o’z ichiga shuningdek ular o’rtasidagi barcha keyingi 
kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’ektlari sifatida asosiy 
ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi 
mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda 
iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish xarajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy 
ustunliklar hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonu-nining 
(30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) 
olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanma-gan boshqa 
turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy 
boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, 
shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston 
Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. 

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling