‘’Bo’ri bilan Echki’’


Download 145.76 Kb.
Sana24.11.2021
Hajmi145.76 Kb.
#176969
Bog'liq
Bolalar nutqini o'stirish 3- topshiriq mashg'ulot ishlanma


Mavzu: ‘’Bo’ri bilan Echki’’ ertagini hikoya qilish

Faoliyat maqsadi: Bolalarning yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarini aniqlash, ,,Bo’ri va echkini” rasmlar orqali ifodalash. Bolalarda insonparvarlik fazilatlari ahillik, mehribonlik va g’amxo’rlik ruhida tarbiyalash. Bolalarga surat asosida hikoya tuzishni mustahkamlash va nutqini mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: mavzuga oid rangli rasmlar.

Faoliyat borishi:

Tarbiyachi:Bolalar men hozir sizlarga ,,Bo’ri bilan Echki’’ ertagini hikoya qilib beraman va sizlar bilan yaxshilik va yomonlik haqida maqollar o’rganamiz va rasmlar asosida fikr yuritamiz. Bolalar kelinglar sizlarga ertakni hikoya qilib beraman

Bir bor ekan bir yo’q ekan qadim o’tgan zamonda bo’ri bilan echki bo’lgan ekan , bir tog’da echki to’dasi bo’lgan ekan , ulardan bir echki to’dadan adashib qolibdi yo’lda ketayotsa qayerdandir qarshisida bo’ri paydo bo’libdi , hozir seni yorib tashlayman deb bo’kiribdi bo’ri , mee, menimi deya qo’rqib so’rabdi echki , ha seniiii, debdi bo’ri , mee, menga raxming kelsin deb yalinibdi echki hozir meni raxmim keladigan payt emas deb javob beribdi bo’ri , men juda ochman , ko’rmayapsanmi qornim bir -biriga yopishib ketgan . Shunda echki debdi : agar unday bo’lsa mayli men roziman , yaxshi echki ekansan debdi bo’ri , echki bo’lsa unga javoban aytibdi :men hatto senga yaxshilik ham qilishim mumkin, o’zingni qiynab nima qilasan , og’zingni katta ochib tursang o’zim unga sakrab tushib olaman meni butinligicha yutib yuborasanda qorning tezda to’yadi. Bo’riga uning gaplari yoqib tushibdi : u og’zini katta ochib kuta boshlabdi . echki ortiga tisarilib yugurib kelib butun kuch bilan bo’rining og’ziga shox uribdi, bo’ri ag’anab tushib, hushidan ketibdi. O’ziga kelganda atrofga qarasa echkidan asar qolmagan ekan .

Tarbiyachi savollari:

1.Suratda qaysi hayvonlar tasvirlangan.

2.Bolalar sizningcha qaysi hayvonning qilayotgan harakatlari to’g’ri.

3.Hayvonlarning ranglari qanaqa

Bolalar javob berishadi: tarbiyachi bolalar javobini to’ldiradi: bu yerda Bo’ri aqlsizligi tufayli Echkiga aldanibdi. Echki aqlliligi tufayli xavfdan qutilib qolibdi.

Maqol: Aslning xatosi bo’lmas,



Yomonnig oshnasi bo’lmas

Tetiklashtiruvchi o’yin : ,,bukim edi’’ o’yin qoidasi:bir bola doskada orqasini qilib turadi. Ikkinchi bola uni oldiga kelib, orqasiga qo’lini tekkizadi. Bola uni kimligini topishga harakat qiladi .O’yindan maqsad bolalarni sezgirligini oshirish.

Kelinglar bolalar rzsm chizamiz, bolalarni tasdviriy faoliyat markazlariga taklif etiladi. Bolalar esa o’zlari yoqtirga hayvon rasmini chizishadi ( bo’ri va echkidan birortasini) , bo’rini xohlasa bo’rini , echkini xohlasa echkini.




Download 145.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling