Bo’ri deb yig’lagan bola


Download 15.53 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1588115
Bog'liq
The boy who cried wolf


Bo’ri deb yig’lagan bola
Bir zamonda qo’ylarni boqadigan cho’pon bola bor edi. Kunlardan bir kun u zerikkani uchun qishloqdagi odamlarni laqillatishga qaror qildi. U: “Yordam! Bo’ri! Bo’ri! “, deb baqirdi.
Qishloqdagilar uning yig’laganini eshitib, cho’pon bolaga yordam berish uchun shoshilishdi. Bolaning oldiga yetib kelganlarida - “Qayerda bo’ri?!” deb so’rashdi.
Cho’pon bola baland ovozda kulib: “Men sizlarni aldadim, shunchaki sizlar bilan hazillashmoq edim” – dedi.
Oradan kunlar o’tib, cho’pon bola yana o’sha nayrangini boshladi. Yana u: “Yordam! Yordam! Bo’ri! Bo’ri!”, - deb yig’ladi.
Qishloqdagilar esa qayta unga yordam berish uchun tepalikka shoshilishardi, yetib kelganlarida esa bu bolaning navbatdagi nayrangi ekanligini anglashdi. Bolaning juda sho’xligidan ularning jahli chiqdi.
Biroz muddat o’tgach, haqiqatdan bo’ri yaylovga kirdi. Bo’ri bitta qo’yga, keyin boshqasiga , so’ng navbatdagisiga hujum qildi. Cho’pon bola esa, “Yordam! Yordam! Bo’ri! Bo’ri!” – deb qishloq tomon baqirib yugurdi.
Qishloq ahli uning yig’laganini eshitdi, ammo bu safar ular bolaning boshqa bir hiylasi deb o’ylab, kuldi. Bola eng yaqin qishloqdagilar oldiga yugurib bordi va “ Men ilgari aldagandim, bus afar esa haqiqatdan ham hujum qildi” – dedi.
Nihoyat, qishloqdagilar ko’rish uchun ketishdi. Bu haqiqat edi. Ular bo’rining yugurib ketayotganligini va maysa ustidagi ko’plab o’lik qo’ylarni ko’rishdi…
Biz ko’p yolg’on gapiradigan insonlarga ishonmasligimiz mumkin, hatto bu ba’zida chin bo’lsa ham…
By Hasanova Rushana
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling