Borland C++ Builderda Image va PaintBox komponentlarida foydalanish


Download 264.1 Kb.
bet1/5
Sana16.02.2023
Hajmi264.1 Kb.
#1203389
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Borland C Builderda Image va PaintBox komponentlarida foydalan

Borland C++ Builderda Image va PaintBox komponentlarida foydalanish


Reja:

  1. C++ Builder muhitida grafikani qo’llab-quvvatlash

  2. Sodda geometrik figuralarni hosil qilish.

  3. Borland C++ Builderda Image va PaintBox komponentlarida foydalanish



C++ Builder da grafikani qo’llab-quvvatlash


C++ Builder dasturi Windows GDI funktsiyalarini turli darajalarda inkapsulalaydi. Bu o’rinda bir usul muhim bo’lib, uning vositasida grafik komponentalar o’z tasvirlarini monitor ekranida taqdim etadi. GDI funktsiyasi to’g’ridan-to’g’ri chaqirilganda, ushbu grafik komponentalarga qurilma konteksti deskriptori (device context handle) ni o’zatish kerak. Bu deskriptor siz tanlab olgan rassomchilik ashyolari - perolar, mo’yqalamlar, shriftlarni chiqarib beradi. Grafik tasvirlar bilan ishlash tugagach, siz qurilma kontekstini dastlabki holatga keltirib qo’yishga majbursiz va shundan keyingina undan ozod bo’lishingiz mumkin.
Shu darajada detallashtirilgan grafika bilan ishlashga sizni majbur qilish o’rniga, C++ Builder grafik komponentalarning Canvas (Canva - Asos) xususiyati vositasida sodda va tugal interfeysni taklif qiladi. Bu xususiyat qurilmaning to’g’ri kontekstini nomlaydi (initsiallashtiradi) hamda siz rasm chizishni to’xtatgan kerakli vaqtda uni ozod qiladi. Asos pero, mo’yqalam va shrift tavsiflari nomidan ish ko’radigan berilgan xususiyatlarga ega.
Grafik komponentalar bilash ishlashda foydalanuvchi amalga oshirishi lozim bo’lgan yagona ish - bu qo’llanayotgan rasm chizish ashyolarining tavsiflarini aniqlash. Ashyolarni yaratish, tanlash va ozod qilishda sizdan tizim zahiralarini ko’zatib borish talab qilinmaydi. Asosning o’zi bu haqda qayg’uradi.
Grafika bilan ishlashda C++ Builder namoyon qiladigan afzalliklardan biri - bu tizimning grafik zahiralari uchun keshlangan xotiradan foydalanish. Aytaylik, agar sizning dasturingiz biron- bir konkret turdagi peroni qaytadan yaratsa, qo’llasa va ozod etsa, siz ushbu perodan har gal foydalanganingizda bu qadamlarni takrorlashingizga to’g’ri keladi. C++ Builder kesh-xotiradan grafik zahiralarni saqlash uchun foydalanar ekan, tez-tez qo’llanadigan rasm chizish ashyosi har gal yangitdan qayta yaratilmay, balki kesh-xotiradan takroran tanlab olinishi ehtimoli oshadi. Buning natijasida sizning grafik ilovangizning takrorlanayotgan operatsiyalarining samarasi ancha ortishi aniq.
Qo’yida Windows uchun ilovalar darchasida ko’k kontur bilan aylantirilgan sariq ellipsni chizish masalasini hal qilayotgan kod fragmenti keltirilgan. Bu masala rasm chizish asosi vositasida yechiladi.

Download 264.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling