Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1
Cheklilik va cheksizlikning ziddiyati
Download 83.38 Kb.
|
Borliq falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «cheklanmaganlik»
Cheklilik va cheksizlikning ziddiyati. Cheklilik, uning ziddi bo’lgan cheksizlik singari, umumiylik va zarurlik maqomiga ega bo’lgan umumiy va universal tushunchalar – falsafiy kategoriyalar sifatida tushuniladi.
Cheklilik – narsalar, jarayon va hodisalarning muayyanliligini va obyektning mavjudlik chegarasini qayd etuvchi tavsifni ifodalash uchun mo’ljallangan falsafiy kategoriya. Cheklilik chegarasi obyekt intihosini boshqa obyektdan ajratib turadi va ularni bir-biriga bog’laydi. G.Gegel cheksizlik har narsa o’z chegarasiga ega ekanligi, bu yerda u barham topishi, yo’qlikka aylanishini ta’kidlagan4. Umuman olganda, barcha tug’ilgan narsalarning muqarrar o’limi haqida fikr yuritmagan birorta ham atoqli faylasuf yo’q. Inson borlig’i chekliligining «kashf» etilishi nafaqat mavjudlikning qat’iy chegaralarini, balki cheksizlikni - bir-birini almashtiruvchi avlodlarning hamisha bir xil safini ham ko’rsatdi. Kundalik hayotda biz narsalarni farqlash va ularning holatlari vaqtda o’zgarishini kuzatish, masalan, kunni tundan farqlash, Eshmatni Toshmat bilan adashtirmaslik imkonini beruvchi muayyan chegaralarni ko’p qayd etamiz. Shunday qilib, muayyanlik va chegara cheklilikning asosiy, eng muhim jihatlari hisoblanadi. Falsafada makon-miqdor chegaralari (masalan, davlatning hududiy chegaralari) va sifat chegaralari (yosh davrlari) farqlanadi. Ammo chegara nafaqat ajratadi, balki birlashtiradi, aloqa qilish, chegara orqali o’tish imkonini beradi. Bu qarama-qarshilikni ifodalash uchun F.Gegel I.Kant o’zgacharoq ma’noda ishlatgan «borliq o’zida» va «o’zga uchun borliq» tushunchalarini muomalada qo’llagan. Cheklilikni qotib qolgan, harakatsiz narsa deb tushunmaslik kerak. Cheklilikning mohiyati shundan iboratki, u o’zini o’zi inkor etadi, intiho sari harakatlanadi. Shu sababli cheklilik harakatdan tashqarida emas, balki faqat harakatda tushunilishi mumkin. Cheksizlik cheklilikning inkori hisoblanadi. Falsafa va fanga cheksizlik bilan birga «ziddiyat» tushunchasi ham kirib kelgan. Klassik yunon tafakkurida cheksizlik salbiy tushuncha sifatida amal qiladi: cheksizlik chegara va shakldan mahrum, u belgilanmagan, binobarin, inson aqli uni tushunib yetishga qodir emas. Cheksizlikni anglab yetishga urinish o’z yo’lida muqarrar tarzda aporiyalar, antinomiyalar, paradokslarga duch kelgan. Fanda Horror infiniti – «cheksizlik dahshati» degan ibora ham mavjud bo’lgan. Ong cheksizlikni idrok etishga ham, tasavvur qilishga ham qodir emas, u bu borada doimo ikkilanadi. Inson ko’proq cheklilik bilan ish ko’radi, uni tez anglaydi, biron-bir chegara izlaydi. Cheksizlik – amaldagi qonunlarga bo’ysunmaydigan, ularni aksioma tarzida qo’llab bo’lmaydigan, qism butunga teng bo’lib qoluvchi borliqdir. Zenon aporiyalarining bosh mohiyatini ham cheklilik va cheksizlik o’rtasidagi ziddiyat tashkil etadi. Masalan, «Dixotomiya» aporiyasida to’g’ri yo’l nazarda tutiladi. Bu yo’ldan o’tish uchun uning yarmini, so’ngra yarmining yarmini, keyin bu yarimning yana yarmini bosib o’tish kerak bo’ladi. Xullas, yo’l cheksiz miqdordagi yarim bo’laklarga bo’linib ketadi. Mazkur yondashuvdan kelib chiqilsa, bu yo’ldan nafaqat o’tish, balki harakatni boshlash ham mumkin emas. Yo’ldan o’tishda eng oldin bosib o’tish lozim bo’lgan masofaning dastlabki «yarmining yarmini» qanday topish mumkin? Bu empirik dalil kabi butun cheksizlikni qamrab oluvchi shak-shubhasiz harakatni nazariy tavsiflash qiyinchiliklar tug’diradi. Cheklilik intihoning dastlabki nuqtasi sifatida amal qilsa, cheksizlikning asosiy xossasi sifatida ko’pincha «cheklanmaganlik» tushunchasi qabul qilinadi. Cheksizlik g’oyasi inson tafakkurida biron-bir obyekt yoki jarayonda chegaralarning yo’qligi haqidagi intuitiv tasavvur sifatida mavjud bo’ladi. Shunday qilib, cheksizlik ayrim cheklanmagan jarayon yoki ketma-ketlik ko’rinishida tasavvur qilinadi Download 83.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling