Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1


Download 83.38 Kb.
bet8/33
Sana17.02.2023
Hajmi83.38 Kb.
#1207220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Borliq falsafasi

4) ijtimoiy borliq. U ayrim insonning jamiyatdagi borlig’i va jamiyatning o’z borlig’iga bo’linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sosiumga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o’ta umumiy falsafiy abstraksiya bo’lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko’ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo’lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to’g’risida so’z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so’z yuritiladi.
5) Virtual borliq. Kompyuter texnologiyalarning rivojlanish davri bilan izohlanadi.
Borliqning yuqorida sanab o’tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma’lum bo’lgan, kuzatish, o’rganish, tahlil, nazorat va hokazolar predmeti bo’lishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni o’z ichiga oladi. Ayni vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab yetmagan jumboqlar va mo’jizalarga to’ladir. Ammo bu hol borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o’z kuchini yo’qotadigan qandaydir o’zga dunyolar mavjudligidan dalolat beradi, deb aytish uchun yetarli asoslar mavjud emas.
Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko’rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.

  1. Masala. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari .Olamning paydo bo’lishi va evolyusiyasi. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko’lam bilan bog’langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.

Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o’zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab yetishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog’lash mumkin emasligiga urg’u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo’nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Boshqa hozirgi falsafiy yo’nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo’llaniladi va muhim metodologik rol o’ynaydi. Xususan, uning substansiyalilik, cheksizlik, yo’q bo’lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo’linadi. Zero, barcha moddiy obyektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tarkibiyligi g’oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukresiy Karning atomistik ta’limotiga borib taqaladi. Bu g’oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.

Download 83.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling