Borliq deb atashadi
Borliq – voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarni aks ettirsa,Mavjudlik
Download 26.14 Kb.
|
falsafa sherikchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUBSTANSIYA
2 Borliq – voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarni aks ettirsa,Mavjudlik – voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan,shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi,
1 Reallik – borliqning muayyan ob’ektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi 2 Dastlab borliq tushunchasi narsalarning asosida nima yotadi degan nuqtai nazardan kelib chiqdi, u SUBSTANSIYA deb ataldi, ya’ni faylasuflar borliqni hodisa sifatida bir necha shakllarga ajratib o‘rganishda, uning mazmun-mohiyatiga, ya’ni asosida nima yotadi degan masalaga e’tibor qaratganlar. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Demak (Borliq voqelikning chuqur mohiyatini qamrab oladi) 1 Substansiya (lotincha –mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) - bu muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Demak substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha 2 narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ma’naviy mohiyat tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha “aksidensiya” (lotincha-o‘tkinchi, tasodifiy) ishlatilgan. Aksedensiyani 5 sezgi (ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish, eshitish) his etadi.Maslan ko‘rish o‘zicha rangni his etadi, shu bilan u ranglarni farq qiladi. 2 Substansiyani esa faqat aql qabul qila oladi va bunda aksedensi aql uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Suv, tuproq, olov, havo – substansiyaning massasini tashkil qiladi, ularning sifatlari 4 ta – namlik,quruqlik,issiq, sovuq =bular substansiyaning aksidensiyasini vujudga keltirib, harakat va o‘zgarishni keltirib chiqaradi. Masalan olma-substansiya, uning qizillligi-aksidensiya. 1 Substansiya xususiyatlari: 1. O‘z-o‘zini belgilashi (o‘z-o‘zining sababchisi, uni yaratib ham, yo‘ qilib ham bo‘lmaydi) 2. Universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi) 3. Kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi) 4. Yagonalik (biinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi) 5. Yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi) Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling