Borliq falsafasi (ontologiya) reja: Sharq va G’arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2


Substansiya tushunchasining mohiyati


Download 69.45 Kb.
bet29/36
Sana28.02.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1236992
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
1-Mavzu

Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, va shu kabilar amal qilgan.
«Substansiya» tushunchasi o‘z-o‘zini to‘liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substansiya kategoriyasida o‘zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g‘oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o‘z-o‘zining sababchisi» iborasida juda to‘g‘ri ifodalagan. Substansiya deganda u o‘z holicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqali zohir bo‘lgan, ya’ni o‘zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo‘lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o‘zining barcha shakllari sababi va «sub’ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substansiyani bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta’riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo‘lgan.
Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e’tibor qaratish lozim. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang­langan. O‘rta asr SHarq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma’naviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya (lot. accidentia - o‘tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalaydi. Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir»; «Aksidensiyani sezgilar orqali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab etadi»; «Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir».

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling