Borliq falsafasi (Ontologiya)


Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i


Download 7.86 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi7.86 Kb.
#1400439
1   2   3
Bog'liq
Borliq falsafasi (Ontologiya)-fayllar.org

2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i.

Falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig‘i va jamiyat borlig‘ining

quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig‘i odatda tabiatdagi narsalar

(jismlar), jarayonlar, holatlar borlig‘i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo‘linadi: azaliy

tabiat borlig‘i (yoki tabiiy tabiat borlig‘i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz

ham mavjud bo‘lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig‘i

(«ikkinchi tabiat» borlig‘i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig‘i esa, o‘z

navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:

- inson borlig‘i (insonning narsalar olamidagi borlig‘i va odamning o‘ziga

xos bo‘lgan insoniy borlig‘i);

- ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);

- sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig‘i va jamiyat

borlig‘i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.

Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar

so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va

mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar

topdilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyulad

Olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam Tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta portlash nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi.


Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam ilk quyosh sistemasida sochilib yotgan gazsimonchangsimon moddadan paydo bo‘lgan, muayyan moddiy jism sifatida o‘z borlig‘ini kasb etgan, oradan yana bir milliard yilcha vaqt o‘tgach, Erning geologik tarixi boshlangan.


Download 7.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling