Borliq va olam falsafasi
Download 39.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqBorliq va olam falsafasi
Borliq va olam falsafasi R E J A: 1. Borliqni falsafiy tushunish. 2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari. 3. Substantsiya muammosi. Monizm, dualizm va plyuralizm. 1. Borliqni falsafiy tushunish Falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog’liq ekanligini ko’ramiz. haqiqadan ham borliq unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni tashkil etadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o’rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya‘ni borliq azaldan mavjudmi yoki u mutlaq ruh tomonidan yaratilganmi degan masalaga borib taqaladi. Xush borliq o’zi nima? Nima uchun borliq tushunchasi falsafa paydo bo’lganidan biri faylasuflar e‘tiborini o’ziga jalb qilib keladi? Bu savolarga javob berish uchun biz borliq muammosining inson va insonlar hayoti bilan bog’liq real ildizlarini yoritishimiz lozim. Ma‘lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o’zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va umuman insoniyat haqida, xususan, o’zlari haqida ham o’ylay boshlaganlar. Ular tabiat va jamiyat, o’z hayotlarida sodir bo’lib turgan turli-tuman o’zgarishlarni kuzatganlar, bu narsalar ular ko’z o’ngida ob‘ektiv reallik sifatida gavdalangan: ya‘ni ular bor, mavjad lekin vaqt o’tishi bilan yo’q bo’ladi, ya‘ni mavjud bo’lmay qoladi, aksincha, ba‘zi yo’q narsalar paydo bo’ladi. Shular asosida kishilarda muvjudlik va yo’qlik haqida qarashlar paydo bo’la boshlagan. Kishilar o’zlarining ham duyonga kelishi (paydo bo’lishi), yashashi va nihoyat yo’qliga aylanish jarayonlarni kuzatganlar, ular haqida ham uylay boshlaganlar. Shular asosida dinlarda “bu dunyo” va “u dunyo” (narigi dunyo), ya‘ni kishilarning real hayotlari kechadigan dunyo to’g’risida tasaavurlar poydo bo’la boshlagan. Kishilar o’zlarining kundalik tajribalari asosida fikr yuritib, o’zlari yashaganyotgan aynan hozir mavjudligiga, uning o’zlaridan ham oldin mavjud bo’lganligiga, o’zlaridan keyin ham mavjud bo’lishiga, o’zlarining esa o’tkinchi, vaqtincha yashab so’ng dunyodan o’tib ketishiga ishonch hosil qila boshlagan. Bu ishonchlar asosida ularni “Borliq” va “yo’qliq” haqidagi qarashlari paydo bo’ladi. Kundalik hayotimiiz va faoliyatimizda biz shubha to’g’dirmaydigan fikrlarga tayanishga harakat qilamiz. Bunday fikrlarni eng birinchisi olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligi haqidagi qarashlardir. Aminmizki, tabiat va jamiyachtdagi o’zgarishlardan qa‘tiy nazar olam yaxlit bir butunlik sifatida saqlanib qoladi. Ana shunday universal vazifani o’tavchi fikrimiz shubha ostida qolganida borliq muammosi yuzaga keladi. Shubha uchun asos yetarli: Tabiat va jamiyat taraqqiyoti shunday masalalarni to’g’diradiki, bu masalalar hayotning anglab yetilmagan tomonlari haqida fikr yuritishga undaydi. Ayniqsa jamiyatda ziddiyatlarga to’la vaziyat yuzaga kelganda borliq va yo’qliq haqida uyga tolamiz. Borliq haqidagi mulohazalarimiz olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligini aniqlash bilan intihosini topmaydi. Olam “hozir” mavjud ekan “avval” ham, “bunday keyin” ham mavjud bo’ladi. Olam “shu yerda” majud ekan, “boshqa yerda” ham mavjud bo’ladi. Demak, olam jamisha va hamma joyda mavjud bo’ladi. Darhaqiqat olam “shu yerda” mavjud, deb ta‘kidlashning o’ziyoq olamning o’tmishi yoki kelajagi haqidagi masalani kun tartibiga quyadi. Shubu masalaning muhakamoa qilgan faylasuflarning bir guruhi chek-chegarasi yo’q olamning abadiy ekanligining uqtirib o’tadilar. Boshqa bir guruh faylasuflari esa olamning o’tmishda va bugun mavjudligini, bunday keyin ham mavjudligini tan olsalarda, uning makonda tubi, zamonda cheki borligini ta‘kidlaydilar. Xullas, falsafada olamning majudligi haqidagi mulohzalar uning chekli-cheksizligiga doir muammolarga borib taqaladi. haqiqatdan ham olam abadiy bo’lsa, nega uning tashkil etgan narsalar o’tkinchi? Bu va bunga uxshash savollar janjiri borliq muammmosini yuzaga keltiradi. Olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligini isbotlash mumkin emas, chunki bunga real fakilarga, hayotiy tajribalarga asoslansa bo’ladi. Biroq olamning abadiyligi xususida fikr yuritayotganda qator muammolarga duch kelamiz. Zero bunday ko’zatish va tajribalarga asoslanib xulosa chiqarib bo’lmaydi. Aksincha koinotning cheklagan makonida cheklangan umr ko’rishga mahukum etilgan inson uchun abadiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish nihoyatda mushkul. Shu sababdan cheksiz va tubsiz abadiy borliqning tushunish mashaqatli kechadi. Borliqning abadiyligi va undagi narsalarning o’tkinchiligini angalb yetish uchun yuksak darajada qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Xullas borliq muammosining birinchi aspekti bir-biriga aloqador savollar javobidan iborat. Nima mavjud? Olam qaerda mavjud? “SHu yerda” va “hamma joyda”, olam qancha vaqt mavjud bo’ladi? “hozir” va “hamisha”, olam abadiydir, u bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi. Uning tashktil etgan narsalar esa o’tkinchidir. Borliq muammosining mazmuni ham abadiy olam bilan uni tashkil etgan o’tkinchi narsalarning dialektik birligi va aloqadorligini tashkil etishdan iborat. Ushbu xulosadan ko’rinib turibdiki, borliq muammosi o’z mantig’iga ega bu mantiqqa asossan fikr yuritgan faylasuflar borliq mavjudligining ziddiyatli tomoniga, ya‘ni olamning abadiy bo’lgani hamda undagi narsa va holatlarning o’tkinchiligiga e‘tibor beradilar. Olam borlig’i narsalar borligi bilan chambarchas bog’liqdir. Demak, ular orasida ma‘lum aloqadorlik mavjud. Boshqacha aytadigan bo’lsak, olam mavjudlik orqali yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Borliq muammosining ikkinchi aspekti ham shu mulohazadan kelib chiqadi. Bu aspekt olamning birligi masalasi bilan bog’liq. Olam inson ongiga bog’liq bo’lmagan abadiy yaxlitlikdir. Kishilar o’z faoliyatlarida abadiylikni o’tkinchilik bilan bog’laydilar, ushbu qarama-qarshiliklar birligini anglab yetishga intiladilar. Darvoqe, odam bolasi hamisha turli narsalarni yaxlit bir butunlikka, sinflarga birlashtirishga intilib kelgan. z hayoti davomida inson tabiat, jamiyat, boshqa kishilar bilan birligini hamnafasligini tushunib yetishga intiladi. Ayni paytda u moddiylik va ma‘naviylik tabiat va jamiyat, o’zi va o’zgalar o’rtasida ma‘lum tafovut mavjudligini ham his qiladi. Shunga qaramasdan, inson hatto ana shu tafovutdan ham yaxlitlik, birlik izlaydi. Xuddi ana shu sabalarga ko’ra insoniyat amaliyotida qarama-qarshiliklar, turli-tumanliklar birligi muammmosi bir kunmas, bir kun yuzaga kelishi tabiiy hol edi. Falsafada ushbu masala “umumiylik muammosi” nomini oldi. Mazkur muammoni tahlil etgan faylasuflar qo’yidagi xulosaga keladilar: tabiat, jamiyat, inson va ideal ne‘matlar mavjudlik orqali yaxlitdirlar. SHunday qilib borliq muammosining ikkinichi aspekti qo’yidagicha ifodalanadi: tabiat, jamiyat, inson, fikrlar, g’oyalar mavjuddir: ular turli shaklda mavjud bo’lsalarda o’z mavjudliklari orqali abadiy, yaxlit olamni tashkil etadilar. Borliq haqida mulohaza yuritib ushbu ikkinchi xulosani chiqarar ekanmiz yana bir fikrni tan olmay ilojimiz yo’q. Tabiat yaxlit universal sifatida bo’lgan, bor va bunday keyin ham bo’ladi, inson va jamiyat qachondir vujudga kelgan, bor hali uzoq muddat mavjud bo’ladi. Demak olam va uni tashkil etgan narsalar inson ongiga nimsbatan ob‘ektiv reallikdir. Ob‘ektiv reallik qo’yidagilarni o’z ichiga oladi. - insoniyat tomonidan o’zlashtirilmagan narsalar va tabiat jarayonlari; - insoniyat tomonidan tabiat materiallaridan yaratilgan narsalar; - ijtimoiy hayot. Ob‘ektiv reallik o’z mantig’iga ega, buni e‘tibordan chetda qoldirmasloik darkor. Ayniqsa reallikni tubdan o’zgartirishga qo’l o’rganimizda ushbu tezisga alohida ahamiyat berishimiz kerak. biroq afsuski tarix ob‘ektiv reallikning ichki mantig’iga, qonuniyatlariga ahamiyat bermaslan unga volyuntaristik munosabatda bo’lganlar va shu pozitsiyadan voqelikni o’zgartirishga intilganlar. Bisyorligidan dalolat beradi. Ob‘ektiv reallik esa u bilan hisoblashmaganlardan shafqatsiz o’ch oladi. Ob‘ektiv reallikdan farqli o’laroq, o’zga bir reallk ham mavjudki, u g’oya va ideallarda, fikr va mulohazalarda o’ziga xos sub‘ektiv reallik sifatida namoyon bo’ladi. Ob‘ektiv reallik bilan hisoblashish zarurligi kabi sub‘ektiv reallikni ham nazardan nari tutish bema‘nilikdir. /oya ham qudrat-uning bilan hisoblashmasalik aksariyat hollarda misli ko’rilmagan falokatlarga sabab bo’ladi. Alqissa, borliq muammosining uchinchi aspekti qo’yidagicha talqin etiladi, olam va undagi narsalarning barchasi o’z ichki mantig’ig’a ega bo’lgan va inson ongiga nisbatan reallik hisoblanadigan voqelikdir. Borliq muammosining uch aspekti “borliq” kategoriyasining mazmunini to’liq ochib berish imkonini beradi. Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan, insonning amaliy, gnesoelogik va ma‘naviy-axloqiy faoliyatiga tayanadi. Ushbu muammo “borliq” kategoriyasi, shuningdek uning bilan aloqadlor bo’lgan “yo’qliq”, “mavdujlik”, “materiya”, “ruh”, “harakat”, “makon”, “zamon” kabi tushunchalar yordamida anglanadi. Biz tilga olgan tushunchalar kundalik turmushimizda til yordamida ifodalanadi. Biroq falsafa kategoriyalarining ularni ifodalovchi so’zlar bilan aloqadorligi o’ziga xos xususiyatga ega. Bir tomondan, ko’p asrlik amaliyot tegishli so’zlarning mazmunini boyitib boradi, natijada mazkur so’zlar falsafiy kategoriyalarning mohiyatini yoritishda qo’l keladi. Ikkinchi tomondan esa, shuni ham unutmaslik lozimki, odatiy so’zlar yordamida ifodalangan falsafiy tushunchalar o’ziga xos mazmunga ega, har qanday kategoriyaning (xususan “borliq” tushunchasining) mazmuni haqida mulohaza yuritar ekanmiz, yuqorida izohlangan xususiyatlarni e‘tiborda tutishimiz darkor. Falsafiy kategoriyalar tg’risida fikr yuritgan va ularni bir sistemaga jamlashga intilgan buyuk faylasuflar har bir tushunchani shartli ravishldagina joriy qilish mumkin deb hisoblaydilar. Falsafada har qanday kategoriya alohida mazmun kasb etadi, shu bois bir tushuncha mazmuni ikkinchisining mazmuniga mos tushmaydi. Albatta bunday biror bir kategoriyaning mazmunini ochib berish uchun boshqasidan foydalanmaslik kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, kategoriyalarning dialektik tabiati bir tushunchaning mazmunini ikkinchi orqali ochib berishni shart qilib qo’yadi. Ushbu mulahazalarga asoslanadigan bo’lsak, “borliq” kategoriyasini joriy etishda bildirilgan ikki e‘tirozning o’rinsiz ekanligiga amin bo’lamiz. Birinchi e‘tiroz: “borliq” kategoriyasi narsalarning aniq belgilari haqida ma‘lumot bermaydi, shu boisdan undan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu e‘tiroz asossizdir, chunki har qanday falsafiy kategoriya olamning umumiy aloqadorligini ifodalamog’i lozim, bunda narsalarning aniq belgilari e‘tibordan chetda qoldiriladi. Ikkinchi e‘tiroz: borliq ibtidoda, “mavjudlik” kategoriyasi orqali anglanar ekan, undan foydalanmasa ham bo’ladi. Biroq “borliq” kategoriyasi narsalarning mavjudligini ifodalash bilan cheklanmasdan, kenroq mazmunga ham ega. Falsafa borliq muammosini tahlil etar ekan olamning shaksiz mavjudligiga asoslanadi. Lekin falsafa nafaqat narsalarning mavjudligini nazarda tutadi, balki ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ham ochib beraldi, narsalar va ularning xossalari mavjuddir va majudligi orqali boshqa narsalar bilan birga yaxlit olamni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, “borliq” kategoriyasi nihoyatda boy mazmunga ega. xuddi shuning uchun ham anglab yetishda qator qiyinchiliklar, yanglishishlar yuzaga keladi. Ularning ba‘zilariga to’xtalib o’tsak. qiyinchiliklar asosan qo’yidagi holatlar bilan bog’liq. Odatiy hayotda biz narsalarni aniq xossalariga qarab bilamiz. Borliq haqida mulohaza yuritish uchun esa predmetlarning aniq va hatto eng umumiy xossalarini ham e‘tibordan chetda qoldirmog’imiz lozim. Bir qaraganda, bunday chekinish amri mahaldek tuyuladi. Biroq chuqurroq fikr yuritsak, borliq haqidagi mulohazalarimiz aniq predmet to’g’risidagi fikrlarimizdan tubdan farq qilishga amin bo’lamiz. Axir, borliqni yaxshi yoki yomon, katta yoki kichik deb harakterlab bo’lmaydi-bunday xususiyatlar narsalargina xosdir. Demak, falsafada borliq kategoriyasi dunyo, tabiat, inson, jamiyat inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan o’rinishlarining shunchaki mavjudligini emas, balki ulardagi umumiy xarakterga ega bo’lgan reallikka xos eng umumiy aloqadorlikni ifodalaydi. Binoborin, dunyo undagi narsa va hodisalar o’zlarining barcha xususiyatlari va xossalari bilan mavjud bo’lib ular o’z realliklari bilan umumiy birlikka egadir, ular o’rtasidagi umumiy aloqadorlik borliq kategoriyasida ifodalanadi. Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina xos bo’lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkret bilgilari va xossalari haqida emas, balki dunyodagi barcha narsalar, voqea va hodisalar, jarayonlar o’rtasidagi eng umumiy tomon-ularning reallik haqida fikr yuritadilar. Borliq kategoriyasi va uning o’ziga xos xususiyatlaridan hamda uning falsafada tutgan o’rnidan kelib chiqib, to’g’ri fikr yuritish bizni bir qator sohalarda xatolarga yo’l qo’yishimizning oldini oladi. Masalan borliqni narsalarga yoki fikrning mavjudligiga o’xshatish unchalik to’g’ri bo’lmaganidek, uni faqat moddiy narsalarga nisbatan qo’llash yoki aksincha, uni faqat ma‘naviy narsalar sof fikr, g’oyalar, faqat ong va uning mahsullariga nisbatan ishlatish ham xatodir. Xulosa qiladagan bo’lsak, borliqni falsafiy tushunish uchun borliq muammosining qo’yidagi uch aspektini yaxshi anglab olishimiz darkor a)borliq abadiy, u hamisha mavjud uni tashkil etgan narsalar esa o’tkinchidir; b)tabiat, jamiyat, inson, fikr va g’oyalar mavjuddirlar, ular o’z mavjudliklari orqali yaxlit olamni tashkil etadilar; v)olam va unda mavjud narsalar ob‘ektiv reallikdir. Borliq muammosini tahlil etish orqali “borliq” kategoriyasining mazmunini tushunib yetamiz. Borliq -olamning integral xarakteristikasini ifodalovchi kategoriya bo’lib, narsa va jarayonlarning mavjud bo’lgani tufayli yaxlit ekanligini, ular orasida umumiy aloqadorlik borligini ko’rsatadi. 2. Borliqning darajalari va asosiy shakllari Bizni kurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo’lib, u ko’pdan-ko’p real mavjud narsalardir. Bu narsa va hodisalarning har biri o’ziga xos, boshqalarida mavjud bo’lmagan tomonlar xususiyatlarga ham ega. Narsa va hodisalar, imkoniyat va voqelik sifatida mavjuddirlar. Darvoqe, shuni ham e‘tiborda tutishimiz lozimki, imkoniyat aslo yo’qlik degani emas, u potentsial borliqdir. Voqelikni esa aktual borliq sifatida qabul qilish mumkin. Potentsial va aktual borliq falsafada borliq darajalari deb yuritiladi. Dunyodagi barcha mavjud narsa va hodisalarni ular borlig’ining ko’rinishlariga ko’ra, turli shallarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o’z amaliy faoliyatlarida o’zlari anglamagan yoki anglangan holda, borliqning turli shakllari o’rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta e‘tibor berdilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash ajratish kishilarning amaliy faoliyatida, dunyoni tushunishida muhim ahamiya kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o’rganish borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi. hozirgi falsafiy adabiyotlarda faylasuflar borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o’zaro aloqadorlikda bo’lgan qo’yidagi turlarga ajratmoqdalar. Insondan uning ongidan tashqarida ob‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar, jarayon-lardan iborat moddiy borliq. Faqat inson, uning ongi bilan bog’liq sub‘ektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar, qarashlar tarzidagi ma‘naiy borliq. Borliqning bu turlari o’rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o’tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o’z navbatida yana bir qancha shakllar, ko’rinishlarga bo’linadi. Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha nooganik va organik moddalar olami, o’simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o’zi va ularning o’zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat-bularning barchasi moddiy borliq ko’rinishla-ridir. Shunga ko’ra moddiy borliqni qo’yidagi konkret turlarga ajratish mumkin. Tabiat borlig’i; borliqning ushbu shakli tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlar borlig’i hamda inson qo’li bilan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’ini o’z ichiga oladi. Jamiyat borlig’i; borliqning ushbu shakli individual va ijtimoiy borliqqa bo’linadi. Inson borlg’i; borliqning ushbu shakli insonning narsa sifatidagi borlig’i va insonning o’ziga xos borlig’idan iborat. Moddiy borliqning bu turlarining har biri o’z tabiatlari jihatidan yana bir necha ko’rinishlarga bo’linadi. Ularni bunday ko’rinishlarga bo’lishning o’zi nisbiydir, chunki ularning hech biri sof holda emas, biri ikkinchisi bilan, ikkinchisi uchinchisi bilan va haqazo aralashib ketgandir. Ma‘naviy borliq inson ongi bilan bog’liq barcha ma‘naviy hodisalar: fikrlar, g’oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma‘naviy-madaniy hayotidir. Shu jihatdan ma‘naviy borliqning qo’yidagi ikki ko’rinishi farq qilinadi. Individuallashgan ma‘naviy borliq. Ob‘ektivlashgan ma‘naviy borliq. Borliqning bu yuqorida ko’rib o’tgan turlari va shakllari, ularga xos xususiyatlarni tushunib olish uchun ularning har biri ustida alohida-alohida to’xtalib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Tabiiy borliq o’zaro bog’liq, lekin bir-biridan farq qiluvchi qo’yidagi ikki ko’rinishdan iboratdir: Tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayon-larning asl tabiiy borlig’i Tabiatdagi narsa va hodisalar asosida inson tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borlig’i. Tabiiy borliqning birinchi ko’rinishi insongacha, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o’z ichiga olgan tabiatdir. Bu ba‘zi adabiyotlarda “birlamchi tabiat” deb ham ataladi. “Birlamchi” tabiat moddiy borliqning shakli sifatida insongacha mavjud bo’lgan, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgani uchun ham alohida reallik ko’rinishidagi borliq hisoblanadi. Tabiiy borliqning bu shakli inson faoliyatining dastlabki sharti sifatida insongacha ob‘ektiv mavjud bo’lgan tabiatdagi narsalar, hodisalar va jarayonlarga xosdir. Birlamchi tabiat borliqning alohida o’ziga xos real shakli sifatida, avvalo u insongacha, undan tashqarida, unga borliq bo’lmagan holda mavjud, deb ta‘riflanar ekan, bu ta‘rif ko’yidagilardan kelib chiqadi. Xulosa Falsafiy tafakkur va tabiatshunoslik tarixida makonning uch o’lchovli va zamonning bir o’lchovli ekanligini bir necha bor tushuntirib berishga intilishgan. Makon va zamon haqidagi mulohazalarimizga xulosa yasasak, xullas makon va zamon-materiyaning mavjudlik shaklidir. Makon narsalarning borliqdagi o’rni, chegaralari va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va jarayonlarning davomiyligini anglab olish uchun qo’llaniladigan tushunchadir. Makon va zamon materiyadan tashqarida va undan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi. Bizning metagalaktikamizdagi makon va zamon 3q 1 o’lchovlidir. Lekin metagalaktikadan tashqaridagi olamlarda makon va zamonning boshqa o’lchovlari bo’lishi ham mumkin. Download 39.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling