Borliq va yo'qlik tushunchalarining umumiy va o'ziga xos xususiyatlarining o'zaro aloqadorli jihatlari


Download 82.38 Kb.
bet14/18
Sana09.05.2023
Hajmi82.38 Kb.
#1447504
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BORLIQ VA YO\'QLIK TUSHUNCHALARINING UMUMIY VA O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINING O\'ZARO ALOQADORLI JIHATLARI 41

Energiya borliq shakli. Fanning fundamental qonunlaridan biri – energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonunidir. Energiya moddiy jismlarning o‘z holatini o‘zgartirish orqali muayyan vazifani bajarish qobiliyati bo‘lib, u yo‘q qilib bo‘lmaydigan, rang-barang o‘zgarishlarga qodir substansiya sifatida, materiya atributi sifatida talqin qilinadi.

  • Qadimda suv, shamol va hayvonlarning muskul kuchi ham energiya sifatida tan olingan. Qadimgi misrliklar elkanni yaratib, shamol kuchi va energiyasidan foydalanganlar, uni namoyish etganlar. Evolyusiya qonunlari hamma narsa va jarayonlar nafaqat muskul kuchi bilan yoki fizik energiya tasirida, balki inson miyasi – tafakkur energiyasi yordamida ham amalga oshirilishini talab qiladi.

  • YUnon tiliga mansub «energiya» tushunchasi Aristotel tomonidan ko‘p qo‘llanilgan. Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi doirasida energiya haqidagi tasavvurlar mexanikada shakllangan va bu atama fanda birinchi marta 1807 yilda qo‘llanilgan. U bilan bir vaqtda «kuch» atamasidan ham foydalanilgan. G.Leybnits energiya hodisasini «jonli kuch» deb tavsiflagan. G.Gelmgols ilmiy muomalaga kiritgan potensial energiya haqidagi tasavvurni «kuchlanish kuchi» deb nomlagan.

  • XIX-XX asrlar chegarasida fizikaning rivojlanishi harakatning yangi turlari kashf etilishiga olib keldi, lekin ularda aynan nima harakatlanishi nomalum bo‘lib qoldi. Ayrim olimlar bu holatdan foydalanib, materiyasiz harakat mumkin emasligini isbotlashga urindilar. Elektron tabiat hali yaxshi o‘rganilmagani tufayli, elektron muayyan «nomoddiy kuch», moddiy tashuvchisiz sof harakat, deb elon qilindi. Energiyani barcha hodisalarning birinchi negizi deb biluvchi falsafiy yo‘nalish – energetizm deb nomlanadi. Energetizmning asosiy tezisi «materiya» tushunchasini malum energiyalar kompleksi bilan almashtirishdan iborat. Materiya moddaga tenglashtirilgan. Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy harakat tushunilgan.

  • Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yo‘q qilib bo‘lmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yo‘q qilish mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan olish Olamning issiqlikdan o‘lishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu g‘oya klassik elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi yoki entropiyaning o‘sishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga urinish yotadi. Entropiya – xaoslashuv o‘lchovi. Sadi Karno 1829 yilda tariflagan termodinamikaning ikkinchi qonuni berk tizim yuz berish ehtimoli oz bo‘lgan holatdan o‘zining eng ko‘p ehtimol tutilgan holatiga intilishini ko‘rsatadi. Buni tushunishga kundalik hayotdan olingan quyidagi misol yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan choynakni olovdan olsak, uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz bo‘lgan holat), balki soviydi (eng ko‘p ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk tizimlarga, yani o‘zini qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga mo‘ljallangan, bu esa ulkan kuchga ega abstraksiyadir, chunki dunyoda aksariyat tizimlar berk emas. Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim sifatida talqin qilingan Olamga nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar barcha energetik jarayonlar bir yo‘nalishda yuz berishi lozimligini ko‘rsatdi. Energiyaning o‘zgarish jarayonlarini tavsiflovchi fizik kattalik sifatidagi entropiya o‘sib bordi. Boshqacha aytganda, aql bovar qilmas xaos yuzaga keladi. Energiyaning barcha turlari issiqlik energiyasiga aylanadi va so‘ngra makon bo‘ylab tarqalib ketadi. Olam soviy boshladi. Mutlaq issiqlik muvozanatining yuzaga kelishi Olamning issiqlikdan o‘lishini anglatadi.

  • Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, yani energiyaning rang-barang turlari issiqlik energiyasiga aylanishi mumkin emasligini ko‘rsatishdan iborat edi. Aslida Olamning issiqlikdan o‘lishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtai nazardan ham asossiz edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan, uni berk deb tasavvur qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning Cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat holati unga mos kelmaydi.

  • Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – mexanik, issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning o‘zaro tasirlari turi – elektromagnit yoki gravitatsion o‘zaro tasirga ko‘ra tuziladi. Mexanik energiya kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bog‘liq) va potensial (jismlar holatiga bog‘liq) energiyaga bo‘linadi. Termodinamikada erkin va bog‘liq energiya farqlanadi. Bazan tashqi va ichki energiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tashqi energiya deganda mexanik energiya, ichki energiya deganda esa to‘liq energiyaning butun qoldig‘i tushuniladi.

  • Fandaruhiy energiya tushunchasi qo‘llanilib, ruhiy energiya inson tanasining barcha hujayra va azolariga singib, u erda muayyan tartib, garmoniya yoki disgarmoniya o‘rnatadi, degan talimotga asoslanadi. Bunda inson toliqish his etib, hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning ruhlanishi, hattoki, go‘zalligi ham ruhiy energiya bilan bog‘lanadi. German Gesse «Sharqqa sayohat» asarida agar odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq vaqt shug‘ullansa, bu uni qo‘zg‘atishi va unga kuch berishini qayd etgan. Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shug‘ullanganda hayot energiyasi tiklanadi. Fanda bazilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. Ammo ruhiy energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi o‘rganilmagan. Ruhiy energiya dunyo va hayotning barcha holatlaridan tasirlanadi yoki tebranadi.

  • Ezoterika ananasida ruhiy energiyaning boshqa muhim xossasiga, xususan, u makonda qatlam hosil qilishi, insonni qurshagan hamma narsalarga o‘tirib, cho‘kindi hosil qilishiga etibor qaratiladi. Inson nafaqat kosmik energiyani to‘plovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi hamdir. Shu bois ruhiy energiya tashuvchisi – inson qanday bo‘lsa, uning narsalari ham shunday bo‘ladi. Ruhiy energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli hisoblanadi. Uni asrlar ham, masofa ham yo‘q qila olmaydi, u ming yilliklar osha yashaydi. Rivoyatlarga qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy energiyaning mazkur xossasidan foydalanishgan. Ular muayyan sifatli narsalarga ruhiy energiyani qavat-qavat qilib to‘plaganlar, bu energiya boshqalarga kerakli darajada tasir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan. Bunday narsalar terafimalar yoki dam solingan narsalar deb atalgan, ularda energiya qatlamlari to‘planishi jarayonida muayyan duo o‘qilgan.

  • Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini hech kim inkor etmasa kerak. Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani o‘z hayot tajribasidan olingan misol bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Shunga qaramay, «nozik daraja»dagi rang-barang energiya hodisalarining amal qilish mexanizmlarini tushuntirishga urinishlar, asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi.

  • Ruh va materiya, hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo qarama-qarshi sohalar (oliy ziddiyatlar)ga duch kelinganida, ularni neytrallashtirish, yani uchinchi bog‘lovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda tutiladi. SHu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm talimotida ruh – materiya ziddiyatida o‘rtadagi bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu asosda butun oraliqdagi narsalar astral, birinchi va uchinchisi esa mental va fizik deb ataladi. Shunday qilib, germetizm talimotiga ko‘ra, energiyani o‘rganish astrallik holatini o‘rganish va bilish demakdir.

  • Manaviy rivojlanish ichki manaviyat, inson manaviyatini bilish, anglash va namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiyani sinovchi sabr-toqatli va ezgu niyatli bo‘lishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas.

  • Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya o‘ta nozik bo‘lgani uchun u bilan o‘ta nozik darajada muomala qilish lozimligini takidlaydi. Oliy energiya bilan muomala qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya kuchi olov qudrati bilan barobar ekanligini unutmaslik kerak. Birinchidan, bunday qudratli energiyani asrash lozim. Ikkinchidan, o‘z tafakkurini nafaqat harakatga keltirish, balki harakatdan tiyish uchun ham boshqara olish zarur. Uchinchidan, oqilona sarflangan ruhiy energiya o‘rni darhol to‘ldirilishini etiborga olish lozim.


  • Download 82.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling