Materiya 2. Harakat 3. Fazo 4. Vaqt 5. In’ikos 6. Ong va boshqalar.
Materiya tushunchasi barcha moddiy jismlarni, hodisalarni jarayonlarni va ularning xususiyatlarini o‘zida qamrab oladi. Materiya olamdagi barcha moddiy obyektilarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo‘llaydigan tushuncha Materiya deb ataladi.
Harakat - bu umuman har qanday o‘zgarishdir, deyilgan ta’rif juda o‘rinlidir. Harakatning manbai deganda ana shu o‘zgarishlarning asosida yotuvchi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, ya’ni o‘zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
Harakat shakllari quyidagicha turlanadi:
Mexanik harakat (jismlarning fazoda oddiy o‘rin almashishi)
Fizik harakat (elementar zarrachalar va atomlarning harakati),
Ximiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati)
Biologik harakat ( tirik organizmlar DNK va RNK harakati)
Ijtimoiy harakat (kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi)ga olib boradi.
Borliq - materiyaning asosiy mavjudlik shakllariga Fazo va Vaqt kiradi.
Fazo – vaqtning muayyan laxzasida olamni tashkil etgan nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibini ifodalaydi. Fazo 3 o‘lchovga ega bo‘lib, narsalarning ko‘lamini, hajmini, o‘zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalaydi.
Vaqt bir o‘lchovga ega bo‘lib, hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.
Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi noosfera deb ataladi.
Xulosa
Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko’rinishlari ham bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog’lash kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning hatoligi shundaki, fanlarning ko’pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o’rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o’rganadi, ya`ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash bo’yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo’yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati), himiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati) va bunda harakatning rivojlanishi ikki yo’nalishga ajraladi, 1) harakat rivojlanishining yuqori yo’nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi yo’nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |