Bosh bronxlar (brobchi principales) traxeyadan V ko'krak umurtqasining yuqori chekkasida boshlanib, o'pka darvozasiga tomon yo'naladi


Download 14.6 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi14.6 Kb.
#1316203
Bog'liq
erkaklarda tanosil kasalliklari


Bosh bronxlar (brobchi principales) traxeyadan V ko'krak umurtqasining yuqori chekkasida boshlanib, o'pka darvozasiga tomon yo'naladi. O'ng bosh bronx qisqa va keng, vertikal yo'nalgan bo'lib, traxeyaning bevosita davomidir. Uning uzunligi 3 sm bo'lib, 6—8 yarimhalqasimon tog'aydan tuzilgan. Chap bosh bronx ingichka va uzunligi 4—5 sm bo'lib, 9—12 yarimhalqasimon tog'aydan iborat. Bosh bronxlaming orqasida parda devori bo'lib, ich tomondan shilliq, tashqarisidan adventitsial parda bilan qoplangan. Yangi tug'ilgan chaqaloqda o'ng bosh bronx 26°, chap bosh bronx esa 49° burchak hosil qilib chiqadi. O'ng bosh bronxning uzunligi o'rta hisobda 1,17 sm, chapiniki 1,2 sm. Bosh bronxlar bola hayotining birinchi yilida va balog'at davrida tez o’sib, ulaming uzunligi 2 marta oshadi. 20 yoshda ular 3,5—4 marta kattalashadi. O'pka darvozasida o'ng bosh bronx uchta, chapi esa ikki bo'lak bronxga bo'linadi. O'ng o'pkaning yuqori bo'lak bronxi arteriyaning ustida yotadi va epiarterial bronx deb ataladi. Uning boshqa bo'lak bronxlari va chap o'pka bo'lak bronxlari arteriyaning ostida yotadi. Bo'lak bronxlari (bronchi lobares) o'pka darvozasiga kirib, o'z navbatida, segmentar bronxlarga (bronchi segmentates) bo'linadi. O'ng yuqori bo'lak bronxi (bronchus lobaris superior dexter) cho'qqi, orqa va oldingi segmentar bronxlarga, o'ng o'rta bo'lak bronxi (bronchus lobaris medius dexter) lateral va medial segmentar bronxlaiga bo'linadi. O'ng pastki bo'lak bronxi (bronchus lobaris inferior dexter) cho'qqi, medial bazal, oldingi bazal, lateral bazal va orqa bazal segmentar broxlaiga bo'linadi. Chap yuqori bo'lak bronxi (bronchus lobaris superior sinister) orqa-cho'qqi, oldingi, yuqorigi tilcha va pastki tilcha segmentar bronxlarga, chap pastki bo'lak bronxi (bronchus lobaris inferior sinister) cho'qqi, medial bazal, oldingi bazal, lateral bazal va orqa bazal segmentar bronxlarga bo'linadi. Segmentar bronxlar (bronchus segmentales) o'z navbatida 9—10 martagacha dixotomik bo'linadi va diametri 1 mm bo'lgan bo'lakcha bronxi (bronchus lobularis) hosil bo'ladi. Bu bronx bo'lakcha ichida 18—20 oxiigi bronxiolalarga (bronchioli tenninalis) bo'linadi. Ulaming miqdori ikkala o'pkada 20.000 ga yaqin bo'lib, devorida tog'ay bo'lmaydi. Har bir oxirgi bronxiola dixotomik bo'linib, nafas bronxiolasini (bronchioli respiratorii) hosil qiladi. Ulardan alveola naylari (ductuli alveolaris) chiqib, alveola qopchalari (sacculi alveolares) bo'lib tugaydi. Alveola qopchalari o'pka alveolalaridan (alveoli pulmonis) iborat. Turli o'lchamdagi bronxlar havo o'tkazuvchi bronx daraxtini (arbor bronchiais) hosil qiladi. Nafas bronxiolasi alveola naylari, alveola qopchalari va alveolalar alveola daraxtini yoki atsinusni hosil qiladi. O'pka bilan qon o'rtasida gaz almashinuvi ro'y beradigan atsinus o'pkaning vazifaviytarkibiy birligi hisoblanadi. Bitta o'pkada 15000 atsinus bo'lib, alveolalar soni 300— 500 mln ga yetadi.
O'pka (pulmo) noto'g'ri (77-rasm) konus shaklida bo'lib, o'ng va chap o'pka ko'krak bo'shlig'ining o'ng va chap yarmida joylashib, plevra bilan o'ralgan. Ular o'zaro ko'ks oralig'ida joylashgan a’zolar bilan ajralgan. O'pka past tomondan diafragmaga, old, yon va orqa tomondan ko'krak qafasi devoriga tegib turadi. Diafragmaning o'ng gumbazi yuqoriroq turgani uchun o'ng o'pka chapiga nisbatan qisqa va keng, yurak ko'krak bo'shlig'ining chap tomonida turgani uchun, chap o'pka qisqa va uzun bo'ladi. O'pkaning pastki diafragma yuzasi (facies diaphragm atica) diafragm a gumbaziga mos bo'lib, botiq, o'pkaning cho'qqisi (apex pulmones) yumaloq bo'ladi. O'pkaning qovuig'a yuzasi (facies costalis) qovuralarga mos ravishda qavariq bo'lsa, medial yuzasi (facies medialis) orqa umurtqa qismi (pars vertebralis) va oldingi ko'ks oralig'i qismlaridan (pars mediastinalis) iborat bo'lib, biroz botiqroq. O'pka yuzalari qirralar bilan ajralib turadi. Uning oldingi qirrasi (margo anterior) qovuig'a yuzasini medial yuzasidan ajratsa, pastki qirrasi (margo inferior) qovurg'a va medial yuzalarini diafragma yuzasidan ajratadi. Qovurg'a yuzasi orqa tomonda o'tmas orqa qirra hosil qilib, medial yuzasiga o'tib ketadi. Chap o'pkaning oldingi qirrasida yurak o'ymasi (incisura cardiaca) bo'lib, uni past tomondan chap o'pka tilchasi (lingula pulmonis sinistri) chegaralab turadi. Har bir o'pka uning ichiga chuqur botib kirgan yoriqlar vositasida bo'laklarga bo'linadi. O'ng o'pka ikkita: gorizontal yoriq (fissura horizontalis) va qiyshiq yoriq (fissura obliqua) vositasida uchta: yuqori, o'rta va pastki bo'laklarga (lobus superior, media et inferior) bo'linadi. Chap o'pka esa bitta qiyshiq yoriq (fissura obliqua) vositasida ikki: yuqori va pastki bo'laklarga (lobus superior et inferior) bo'linadi. Har bir o'pkaning medial yuzasida o'pka darvozasi (bilus pulmonis) bor. Undan o'pkaga bosh bronx, o'pka arteriyasi, nervlar kiradi va o'pka venasi, limfa tomirlari chiqadi. Bulaming hammasi o'pka ildizini (radix pulmonis) hosil qiladi. O'ng o'pka darvozasi chapiga nisbatan qisqa va keng. Unda bosh bronx boshqa hosilalaiga nisbatan yuqori joylashadi. Uning ostida o'pka arteriyasi va undan pastroqda o'pka venasi yotadi. Chap o'pkada o'pka arteriyasi eng yuqorida, undan pastroqda bosh bronx va uning ostida o'pka venasi yotadi. O'pka cho'qqisi old tomonda o'mrov suyagidan 2 sm, I qovurg'adan 3— 4 sm yuqorida turadi. Orqada esa VII bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasi sohasida turadi. O'ng o'pkaning oldingi chegarasi VI qovuig'a tog'ayi sohasida pastki chegaraga o'tib ketadi. Uning pastki chegarasi o'rta o'mrov chizig'ida VI qovuig'a, oldingi qo'ltiq osti chizig'ida VII qovurg'a, o'rta qo'ltiq osti chizig'ida VIII qovuig'a, orqa qo'ltiq osti chizig'ida IX qovuig'a, kurak chizig'ida X qovuig'a va umurtqa yoni chizig'ida XI qovurg'a sohasida joylashgan. Chap o'pkaning oldingi chegarasi IV qovurg'a tog'ayi sohasida chapga burilib, IV qovuig'a tog'ayining pastki chekkasi bo'ylab to'sh yoni chizig'igacha boradi. Undan pastga qayrilib, V qovuig'a tog'ayini kesib o'tadi. VI qovuig'a tog'ayiga yetganida chap o'pkaning oldingi chegarasi pastki chegarasiga o'tib ketadi. Chap o'pkaning pastki chegarasi o'ng o'pkanikidan biroz pastroq o'tadi. O'ng o'pka chapiga nisbatan keng va qisqa bo'lgani uchun ulaming oldingi va pastki chegaralari bir-biridan farq qiladi. O'pka rentgenogrammada ko'krak qafasi fonida yorishish maydoni ko'rinishida bo'lib, bir-biridan umurtqa pog'onasi, to'sh suyagi, yurak va yirik qon tomirlaming quyuq soyasi bilan ajrab turadi. Bu soya o'pka maydonining medial chegarasini hosil qiladi. O'pka to'qimasi havo bilan to'lgan ko'p sonli alveola pufakchalaridan iborat. Rentgen nurlari o'pka to'qimasidan oson o'tib, o'pka maydonining yorqin tasvirini beradi. Bu forming tarkibi o'ziga xos. Unda o'pka to'qimasini hosil qiluvchi ayrim uzunlikdagi tizim-chalar kabi radial yo'nalgan qon va limfa tomirlar soyasidan tashkil topadi. O'pka qon tomirlarining shoxlanishi quyuq soya beruvchi yirik o'pka arteriyasi va venasi joylashgan o'pka ildizidan boshlanadi. Qon tomirlar diametri sekin-asta ko'krak qafasining lateral chekkasiga qarab kamayib boradi va bu yerda o'pka rasmi ingichka va nozik bo‘ladi. Medial tomonda tizimcha shaklidagi soyalardan tashqari limfa tugunlarining yumaloq zich hosilalar ko‘rinishdagi soyasi ham ko'rinadi. O'ng tomonda ildiz soyasi katta, chunki chap tomonda u yurak bilan yopilgan bo'ladi. Yon proyeksiyada o'ng va chap o'pkalar bir-biriga qavatlanadi va oldindan to'sh suyagi, orqadan umurtqa pog'onasi bilan chegaralangan yagona yorug' maydonini hosil qiladi.
O'pkani o'ragan seroz parda plevra (pleura) deb ataladi. Plevra ikki: visseral va pariyetal varaqdan iborat. Visseral (o'pkani o'ragan) plevra (pleura vesceralis yoki pulmonalis) o'pka to'qimasiga zich yopishib uni har tomondan o'raydi va bo'laklar o'rtasidagi yoriqlarga ham kiradi. O'pkani hamma tomondan o'ragan visseral plevra o'pka ildizi sohasida pariyetal plevraga o'tib ketadi. O'pka ildizidan pastda visseral plevra pastga tomon yo'nalib, diafragmaga birikadigan o'pka boylamini (lig. pulmonale) hosil qiladi. Pariyetal plevra (pleura parietalis) o'zining tashqi yuzasi bilan ko'krak qafasi devorlariga yopishsa, ichki yuzasi visseral plevraga qaragan. Plevraning ichki yuzasi mezoteliy bilan qoplangan. Pariyetal va visseral varaqlar o'rtasidagi yoriqsimon plevra bo'shlig'ida (cavitas pleuralis) oz miqdorda seroz suyuqligi bo‘ladi. Bu suyuqlikni visseral plevra ishlab chiqarsa, pariyetal plevra so‘rib turadi, shuning uchun uning miqdori mo'tadil holatda bir xil bo‘ladi. Pariyetal plevra bir butun yopiq qopcha shaklida bo'lib, joylashishiga qarab uch: qovurg'a, diafragma va ko'ks oralig'i qismlariga ajratiladi. Uning qovurg'a qismi (pleura costalis) qovurg'alami va qovurg'a oralig'ini ichki tomondan qoplaydi. Uning ostida ko'krak ichki fassiyasi joylashgan bo'lib, plevra cho'qqisi sohasida yaxshi rivojlangan. Diafragma qismi (pleura diaphragmatica) diafragmaning ustki yuzasini qoplab turadi. Mediastinal plevra (pleura mediastinalis) to'sh suyagining orqa yuzasidan umurtqa pog'onasining yon tomoniga tortilgan. Yuqorida qovurg'a plevrasining mediastinal plevraga o'tgan joyida plevra gumbazi (cupula pleurae) hosil bo'ladi. Pastda qovurg'a plevrasining diafragmal va mediastinal qismlariga o'tgan joyida plevra sinuslari hosil bo'ladi. Eng katta qovurg'a-diafragma sinusi (recessus costodiapbragmaticus) plevraning qovurg'a va diafragma qismlari o'rtasida joylashgan. Mediastinal plevra bilan diafragma qismi o'rtasida uncha katta bo'lmagan diafragma-mediastinal sinus (recessus phrenicomediastinalis), qovurg'a plevrasining mediastinal plevraga o'tgan yerida qovurg'a-mediastinal sinus (recessus costomediastinalis) hosil bo'ladi. Plevra gumbazi o'ng va chap tomonda I qovuig'a bo'ynigacha, orqa tomonda VII bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasigacha boradi. Old tomonda I qovurg'adan 3—4 sm yuqori tursa, o'mrov suyagidan 1—2 sm yuqori turadi. O'ng va chap plevraning oldingi chegarasi bir xil emas. O'ng tomonda oldingi chegara plevra gumbazidan to'sh-o'mrov bo'g'imi orqasidan pastga to'sh suyagi tanasining orqasida o'rta chiziqdan chaproq yo'naladi. VI qovuig'a tog'ayining to'sh suyagiga birikkan sohada pastki chegarasi lateral va pastga yo'nalib, o'rta o'mrov chizig'ida VII qovurg'ani, oldingi qo'ltiq osti chizig'ida VIII qovurg'ani, o'rta qo'ltiq osti chizig'ida IX qovurg'ani, kurak chizig'ida XI qovurgani kesib o'tib, umurtqa pog'onasiga keladi va qovurganing XII bo'yni sohasida plevraning pastki chegarasi orqa chegarasiga o'tib ketadi. Chap pariyetal plevraning oldingi chegarasi uning gumbazidan chap to'sh-o'mrov bo'g'imi orqasidan to'shning chap chekkasiga yaqinroqda pastga tomon yo'nalib, IV qovuig'a tog'ayigacha tushadi. Pastga va lateral yo'nalib, to'shning chap chekkasini kesib o'tib, VI qovuig'a tog'ayigacha tushadi va pastki chegarasiga o'tib ketadi. Chap qovuig'a plevrasining pastki chegarasi o'ngiga nisbatan biroz pastroq joylashadi. Orqada XII qovurg'a sohasida orqa chegarasiga o'tib ketadi. Plevraning orqa chegarasi uning cho'qqisidan pastga umurtqa pog'onasi bo'ylab XII qovuig'a boshchasigacha tushadi. O'pkani qoplagan visseral plevra yangi tug'ilgan chaqaloqda juda yupqa bo'lib, uning ostidagi o'pka bo'laklari yaxshi bilinadi. Plevra 7 yoshgacha rivojlanadi va takomillashadi. 7 yoshda uning tuzilishi kattalamikiga o'xshash bo'ladi Plevra cho'qqisi emizikli bolalarda I qovurg'adan biroz yuqori joylashadi. Erta bolalik davrida plevra cho'qqisi ko'krak qafasidan yuqoriga chiqadi. Bolalarda yog' kletchatkasi kam bo'lgani uchun pariyetal plevra ko'krak ichki fassiyasi bilan yaxshi birikmagan va harakatchan bo'ladi.
Ko'ks oralig'i (mediastinum) deb ikkita mediastinal plevra o'rtasida joylashgan a’zolar majmuyiga aytiladi. Ko'ks oralig'i old tomondan to'sh suyagi, orqadan umurtqa pog'onasining ko'krak qismi, yon tomondan o'ng va chap mediastinal plevra, pastdan diafragma, yuqoridan ko'krak qafasining ustki aperturasi bilan chegaralanadi. Ko'ks oralig'i oldingi va orqa qismlarga bo'linib, ular o'rtasidagi chegara ikkala o'pka ildizi orqasidan frontal sathda o'tkazilgan chiziqdan iborat. Oldingi ko'ks oralig'ida (mediastinum anterior) yurak va perikard, ayrisimon bez, ko'tariluvchi aorta, yuqori kovak vena va uning ildizlari, o'pka venalari, kekirdak va bronxlar, diafragma nervi, limfa tugunlari bo'ladi. Orqa ko'ks oralig'ida (mediastinum posterior) qizilo'ngach, ko'krak aortasi, ko'krak limfa yo'li, limfa tugunlari, pastki kovak vena, toq va yarim toq venalar, adashgan nerv va ichki a’zo nervlari yotadi. Hoziigi vaqtda ko'ks oralig'i ikkiga: yuqori va pastki qismlaiga bo'linadi. Ular o'rtasida chegara qilib, to'sh sopini tanasiga birikkan joy bilan IV—V ko'krak umurtqalariaro togay o'rtasida o'tkazilgan shartli sath olinadi. Yuqori ko'ks oralig'ida (mediastinum superior) ayrisimon bez, o'ng va chap yelka-bosh venalari, yuqori kovak vena, aorta ravog'i va uning tarmoqlari, traxeya, qizilo'ngach, o'ng va chap simpatik poya, adashgan va diafragma nervlari joylashadi. Pastki ko'ks oralig'i (mediastinum inferior), o'z navbatida, uch: oldingi, o'rta va orqa qismlaiga bo'linadi. Oldingi ko'ks oralig'i (mediastinum anterior) to'sh siyagi tanasi bilan perikardning oldingi devori o'rtasida yotadi. Unda ko'krak ichki qon tomirlari, to'sh yoni,oldingi ko'ks oralig'i, perikard oldi limfa tugunlari joylashadi. O'rta ko'ks oralig'ida (mediastinum medium) perikard, yurak, yurak qon tomirlar, bosh bronx, diafragma nervi, traxeya bronxial limfa tugunlari joylashadi. Orqa ko'ks oralig'i (mediastinum posterior) perikard bilan umurtqa pog'onasi o'rtasida yotadi. Unda pastga tushuvchi aorta, toq va yarim toq venalar, qizilo'ngach, adashgan nervlar, ko'krak limfa yo'li, o'ng va chap simpatik poya, limfa tugunlari joylashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda diafragma yuqori joylashib, plevra qopchalari bir-biridan uzoq turgani uchun ko'ks oralig'i ancha keng va qisqa bo'lib, ko'krak bo'shlig'ining yarmini, bir oylik bolada esa 1/3 qismini egallaydi. Uning oldingi qismi keng, orqasi tor bo'ladi. Diafragma cho'qqisi pastga tushishi natijasida ko'ks oralig'i uzayib torayadi va 3 yoshda kattalamikiga o'xshash shaklni oladi.
Download 14.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling