Bosh ilmiy metodik markaz


Download 36.98 Kb.
bet2/7
Sana21.09.2023
Hajmi36.98 Kb.
#1683769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.2 модул

Olimov Sh.SH. – Buxoro davlat universiteti,
pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.d, professor.
Taqrizchi:


Kirish
Hozirgi vaqtda ta’limni rivojlantirishning jahon an’analari ta’sirida oliy ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish jarayonlari jadal ravishda davom etmoqda. Ta’lim har qanday mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish orqali barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan muhim omildir. Jahon ta’lim maydonida raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda dunyo OTMlari oldida juda katta jiddiy va o‘z yechimini kutayotgan vazifalar turibdi. Ular nafaqat o‘quv va ilmiy jarayonlarni tashkil etishda, balki innovatsiyalarni yaratish, iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatish, jahondagi asosiy muammolarni xal etishda sog‘lom raqobat muxitini vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Bu esa dunyo mamlakatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan strategik rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniq belgilab olish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan normativ-huquqiy va me’yoriy-uslubiy xujjatlarini takomillashtirish, ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dastur va konsepsiyalarni ishlab chiqish va oliy ta’lim tizimida o‘z yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatimizning oliy ta’lim sohasiida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bunda yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etishda: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga oid farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari xamda Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining buyruqlari kabi normativ hujjatlar amalda qo‘llanilmoqda. Ammo shu kunga qadar ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etuvchi subyektlar tomonidan ushbu hujjatlarni amalda qo‘llanilishi, ularning nazariy va amaliy jihatlari deyarli o‘rganilmagan. Bu holatlar oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.

Ishchi dastur doirasida berilayotgan mavzular tinglovchilarda oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, me’yoriy uslubiy xujjatlarni ishlab chiqish amaliyotini takomillashtirish mexanizmlarini o‘zlashtirish


borasidagi zaruriy yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni hamda kompetensiyalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.



Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling