Bosh ilmiy metodik markaz


Modulning maqsadi va vazifalari


Download 36.98 Kb.
bet3/7
Sana21.09.2023
Hajmi36.98 Kb.
#1683769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.2 модул

Modulning maqsadi va vazifalari


Modulning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilarini oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashdagi muammolarni aniqlash, tahlil etish, shuningdek, ularda oliy ta’limning normativ-huquqiy xujjatlari to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarni yangilash xisoblanadi.
Modulning vazifalari:

  • oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonun hujjatlarini tahlil etish;

  • oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonunosti hujjatlarini tahlil etish;

  • tinglovchilarda normativ-huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirish;

  • oliy ta’limga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonlarini tahlil etish;

  • pedagog kadrlarda normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish va ularni ijrosini ta’minlash madaniyatni shakllantirish.

Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar


“Oliy ta’limni normativ huquqiy asoslari” modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:


tinglovchi:

  • oliy ta’lim sohasiga oid qonun hujjatlari va ularning mazmunini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari, qarorlarini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimiga tegishli qarorlarini;

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etishga oid buyruqlarini;

  • Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari va ularga qo‘yiladigan talablarni, o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish usullari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga tegishli qarorlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish;

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid buyruqlari, Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlarining va magistratura mutaxassisliklarining Malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish;

  • o‘quv yuklamalarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari va qarorlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga oid qarorlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining buyruqlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish;

  • Davlat ta’lim standartlari, Malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlar asosida fanning ishchi dasturini ishlab chiqish kompetensiyalarni egallashi lozim.


Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling