Bosh ilmiy metodik markazi


Tadbirkorlik universitetlari - universitet 3.0 konsepsiyasining zamonaviy rivojlanish bosqichlari


Download 2.48 Mb.
bet19/25
Sana27.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1726985
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Tadbirkorlik universitetlari - universitet 3.0 konsepsiyasining zamonaviy rivojlanish bosqichlari
2.1. Iqtisodiyot rivojlanishida ilmiy-innovatsion faoliyatning o‘rni.
2.2.Universitetlarning paydo bo‘lishi va universitet konsepsiyasi evolyusiyasi. 2.2.Tadbirkorlik universitetlari - universitet 3.0 konsepsiyasining zamonaviy rivojlanish bosqichi sifatida.
2.3. Tijoratlashtirish jarayonlari va texnologiyalar transferi universitetning asosiy modeli komponentlari sifatida.
Bugungi kunda ilm-fan shubhasiz bilimga asoslangan jamiyatning bir muncha faol elementlaridan biri hisoblanadi. Fanni olimlarning turli turdagi ob’ektlar, ularning o‘ziga xosliklari va munosabatlari to‘g‘risidagi yangi bilimlarni olishga yo‘naltirilgan maxsus kognitiv (anglatuvchi) faoliyati sifatida aniqlash mumkin. Ammo bu fanning yagona tarifi emas. Zamonaviy olimlar fanni uning quyidagi uchta asosiy qirralari nuqtai nazaridan qarashadi:
- bilimning maxsus turi sifatida;
- faoliyat turi sifatida;
- ijtimoiy institut sifatida.
Ilm-fan - har qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi. Davlatning ravnaqini ilm-fan taraqqiyoti orqali baholash juda ham o‘rinli. Shu sababli mamlakatimiz uchun ilm-fan taraqqiyoti farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Ilm-fan taraqqiyoti o‘z navbatida bilimga asoslangan zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion iqtisodiyot xizmatlar va texnologiyalarning ustunligini tavsiflaydi. Bandlarning butun xizmatlar sohasiga va xususan, axborotlar sohasiga o‘tkazilishi yuqori darajada industriyalashgan jamiyatning vujudga kelishida iqtisodiy rivojlanish darajasiga, aholi turmush darajasi, iqtisodiy o‘sish sifati, dinamikasi va turiga ta’sir ko‘rsatadigan uzluksiz tarkibiy siljishlarning maqsadidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respubikasida ilm–fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy xujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-son qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-6306-son qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirishkonsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmoni;Innovatsion iqtisodiyot xizmatlar va texnologiyalarning ustunligini tavsiflaydi. Bandlarning butun xizmatlar sohasiga va xususan, axborotlar sohasiga o‘tkazilishi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning vujudga kelishida iqtisodiy rivojlanish darajasiga, aholi turmush darajasi, iqtisodiy o‘sish sifati, dinamikasi va turiga ta’sir ko‘rsatadigan uzluksiz tarkibiy siljishlarning maqsadidan dalolat beradi. Innovatsion iqtisodiyot xizmatlar va texnologiyalarning ustunligini tavsiflaydi. Bandlarning butun xizmatlar sohasiga va xususan, axborotlar sohasiga o‘tkazilishi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning vujudga kelishida iqtisodiy rivojlanish darajasiga, aholi turmush darajasi, iqtisodiy o‘sish sifati, dinamikasi va turiga ta’sir ko‘rsatadaigan uzluksiz tarkibiy siljishlarning maqsadidan dalolat beradi. Ilm-fan muammolari iqtisodiy o‘sishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga, ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarini hal qilishga bevosita ta’sir etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida mazkur yo‘nalishni rivojlantirish yo‘lidagi 19 ta muammo alohida belgilandi. Iqtisodiyot real sektori korxonalarining ilm-fanga e’tibori yuqori emasligi, ilmiy tadqiqot o‘tkazadigan jamoalar o‘rtacha yoshining kattaligi, ilm-fan va ilmiy faoliyatga moliyaviy resurslarning yetarli darajada yo‘naltirilmayotgani shular jumlasidandir. Ushbu muammolarni hal qilish muhim bo‘lib, har tomonlama va chuqur o‘ylangan choralar ko‘rishni talab etadi.
Tadbirkorlik universiteti avvalo, amaliy tadqiqotlarga va innovatsiyalarni yaratishga yo‘naltirilganligi sababli unda faoliyat yurituvshi professor-o‘qituvshilardan nazariy masalalar doirasidan chiqish va muvaffaqiyatli korporatsiyalar va mamlakatlarning real strategiyalarini va amaliyotini o‘rganishlari talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishida ilmiy faoliyatning innovatsion salohiyati ustuvor ehtiyojlardan hisoblanadi.


11-rasm

Tadbirkorlik universiteti shunisi bilan farq qiladiki, g‘oyalar va tadqiqot natijalari mahsulotlarda va xizmatlarda o‘z aksini topadi. Tadbikorlik universitetidagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari o‘z navbatida ikkita, ya’ni muhandislik-texnik va ijtimoiy-gumanitarga bo‘lish mumkin.
Asosiysi bunday universitetlarda dars beruvshilar va talabalar uchun yaratuvchan innovatsion-tadbirkorlik atmosferasini paydo qilish lozim. Fanning pulga aylanishi borasida tasdiqlar mavjud. Innovatsiya – bilimning katta pullarga aylanishini anglatadi. Bu borada bizdagi muammo – bilimning pulga aylanmasligi. Shu sababli bugungi kunda barsha darajalardagi boshqaruvshilarning innovatsion va loyihali dastaklardan foydalana oladigan, innovatsion fikrlaydigan yangi turini tayyorlash masalasi kun tartibida turibdi. Buning yechimi yangi institut – “professor-tadbirkor” (faunderlar) klubini yaratish hisoblanadi. Shuningdek, tekin maslahatlar tashkil etish, biznes modullar va seminarlarni, trening dasturlarini tashkil etish, fanlararo akselatorlar sinfini shakllantirish kabi topshiriqlarni hal etish lozim bo‘ladi.
Loyihali ta’limning mohiyati: talabi foydali, fikr-mulohazali ishlarni bajarishi, o‘zining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati sohasidagi real vazifalarni yecha olishi va ularning yeshimini real iste’molchilarga yetkaza olishi lozim. Bunda ta’lim jarayonini noaniqlik sharoitidagi vaziyatni loyihalashtirish kabi amalga oshirish talab etiladi. Bunda o‘qituvchi sharoit yaratishi, talaba esa axborotni qabul qiluvshi emas, balki o‘z bilimining quruvchisi bo‘lishi lozim. Talaba bunda bilimni “o‘zlashtirish”dan “yaratish”ga o‘tishi zarur bo‘lib, ya’ni SDIO standartlari(“o‘yla-loyihalashtirish-amalga oshir-boshqar”) ga o‘tishi kerak.
Tadbirkorlik Universitetlarida faoliyat yuritadigan o‘qituvshi-professor faoliyat sohasi biznikidan birmuncha farq qiladi.
Har bir TU o‘zining ta’lim dasturlarida orginal ishlanmalariga ega. Bu asosan avtonom bo‘lish borasidagi kurash, standartlashtirish va ta’lim xizmatlarini differensatsiyalash hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan innovatsion usullarni ushlab turuvshi to‘siqlarga bugungi kunda mavjud DTS talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish masalasi turadi. Rivojlangan mamlakatlarda TU hukumat va standartlashtirish tomonidan o‘z faoliyatini tartibga solish borasidagi to‘siqlardan qochishga yo‘l beradigan yo‘llarini topish borasida faol harakat qilib kelishadi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling