«Bo‘sh joy» o‘yini.
«Bo‘sh joy» o‘yini. Boshqaruvchidan boshqa hamma o‘yinchilar bir-birlaridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Bosh-qaruvchi aylana atrofida yurib o‘yinchilardan birini asta turtadi va u yoki bu tomonga qarab yuguradi. Qo‘l tekkan o‘yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o‘z o‘rnini, ya’ni bo‘sh joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofidan yugurib kelib, bo‘sh joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib qoladi. Yetib kela olmagan o‘yinchi boshqaruvchi bo‘ladi. O‘yin yana davom ettiriladi.Yugurish musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |