Bo‘sh kelma,Aliqulov


Download 31.5 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1749832
Bog'liq
Bo‘sh kelma,Aliqulov taqriz. Farhod Musajonniki


Bo‘sh kelma,Aliqulov
Ushbu asar mazmunida bugungi kundagi asosiy ijtimoiy muammolardan bo‘lgan ta'lim va tarbiya uyg‘unligining yutuq va kamchilliklarini,o‘smir yoshlar psixologiyasida jamiyat va oilaning ahamiyati,milliy tarbiyaning o‘rni kabi mavzular olib chiqilgan.
Asarda o‘smir yoshdagi bola o‘qishdan,oiladan doimiy muammolar sabab uzoqlasha boradi. Hammadan hadiksirash,qo‘rquv,o‘ziga nisbatan ishonchsizlik,uquvsizlik,dangasalik kabi illatlarga berila boshlaydi. Ayni shu paytda unga jamiyatning qanchalik tasir o‘tkazishi va yordam berishini ushbu asarda koprishimiz mumkin
Yozuvchi asarda bugungi kundagi jakiyatimizda asosiy mavzulardan biri bo‘lgan ta'limdagi yutuq va kamchilliklarni ham yoritib beradi. Nasiba opa singari yosh,tirishqoq,madaniyatli,Sanjarning tilidan aytganda, Muqaddas opaga o‘xshab sal narsaga "2" qo‘ymaydigan,o‘quvchini sabr bilan eshitaoladigan, o‘ziga ortiqcha ishongan kaltabin o‘qituvchilardan emas, o‘quvchini eshitaoladigan,bolalarcha beg‘ubor,samimiy va ularga hurmat bilan muamola qilaoladigan o‘qituvchi Sanjarning shu vaqtgacha bo‘lgan hayotida takrorlanmas o‘qituvchi bo‘lib ko‘rinadi. Faqat a'lochilar bilan ishlaydigan Nodiraga o‘xshash qattiqo‘l o‘qituvchilar aslida ilmsiz bo‘lishini ta'kidlaydi. Nasiba obrazi orqali yozuvchi bugungi kundagi ta'lim tizimidagi muommoning yechimiga kalit tutgandek bo‘ladi. Ushbu obraz "qoloq" bo‘lib borayotgan o‘quvchini o‘z ustida ishlashga va harakat qilishiga undab ijobiy natijaga erishadi.
Yozuvchi konfiliktlarni ham mos ravishda chiroyli tanlab olgan,ona o‘z kasbining ustasi,shijoatli,ammo ko‘ngli o‘ta nozik va muloyim,adolatli, qo‘li gul va kasbi doirasida hurmatga erishgan,uning yoniga doim mashhur san'atkorlar ,mashhur kishilar tashrif buyurishadi. Ota tabiatida halimlik-muloyimlik,bosiqlik bor,ko‘pni va uzoqni ko‘zlab ish qilishi uning tabiatiga xos.Bu ikki qarama -qarshi xarakterlar to‘qnashgan payt oilada doim ziddiyat paydo bo‘lgan. Ona sabrsizlik va qanoatsizlikka berilib o‘z oilasidagi ziddiyatlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayolning qalbidagi noziklik tuyg‘usi, asli ko‘ngli mehrlilikni, halimlikni yoqtirish xislati orqali sabab bu ikki insonning hayot yo‘li birlashganini ko‘rishimiz qiyin emas.Ona ayni shu haqiqatlarni eri uydan uzoq ketganligida anglab yetadi. Ota ham farzandlarining kelajagi va hayotiga er-xotin bee'tiborlik qilib ularni qiynab qo‘yayotganligini anglab yetishi asar konfliktlarining mos ravishda keltirilganligini isbotlaydi. Shu ikki konfiliktdagi xarakterlarni o‘zida jamlagan farzand muammoga nisbatan yechim beradi. Bolada otaning xarakteriga xos bo‘lgan bosiqlik va muloyimlik bor ba yani paytda unda shijoat ,shuningdek,hali o‘zi rivojlantirishga ulgurmagan iroda va g‘ayratni ham ko‘rishimiz mumkin. Sanjar doim ukasi So onasiga o‘xshashligini,o‘zi esa otasiga tortganligini voqaealar davomiyligida aytib boradi. Ammo,ustozi Nasiba opa uchun dangasalikni yengib shijoat va jonkuyarlik va dars tayyorlaydi. Aynan mana shu onasidan o‘tgan shijoat va otasi kabi jonkuyarliligi bilan o‘zida mukammal xarakterni rivojlantirayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Bola ruhiyatidagi tarbiyaning inqiroziga sabab bo‘layotgan oilaviy muammoning yechimi ota-onaga bolalar tomonidan anglatilishi asar darajasini yana bir karra ko‘tarib beradi. Bolaga "dashnom" sifatida uqtirilayotgan " Otangga o‘xshab lalayasan" -deya aytilgan onasining har bir gapidan so‘ng bola o‘ziga nisbatan ishonchni yo‘qotib boshlaydi va o‘qituvchilari tomonidan uqtirilgan " Biz otalarimizga o‘xshashimiz shart " deyilgan o‘git bilan otasiga nisbatan bo‘lgan muhabbatni himoya qiladi. Shu o‘rinda milliy tarbiyaning chiroyli talqini yoritilib berilgan deb o‘ylayman.


Sanjarning ukasiga nisbatan jonkuyarligi, mehribonligi,uni doimiy o‘ylashlari otasini uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Bir so‘zliligi,yolg‘on gapdan qochish odati,aqillilik bilan ish ko‘rishi,boshqa bir insonni o‘zi uchun mulzam bo‘lib qolishini xohlamaslik xislatlari bilan onasining qalbidagi haqiqatlarni ko‘z ochishiga va oilasi uchun aql bilan ish ko‘rishi lozimligini uqishiga sabab bo‘ladi.
Asarda bola ruhiyatining tasviri juda chiroyli so‘z chizgilari bilan chizib berilgan.Asardagi bola tilidan keltirilgan har bir o‘rin qisqalik, lo‘ndalik bilan ortiqcha izohlarsiz keltirilgan.Oiladagi muhitda ota-onaning o‘zaro munosabatlari farzand hayotiga,uning ichki va tashqi olamiga qanchalik ahamiyatliligi aks ettirib berilgan.Ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab farzandlarning qiynalishi,ruhiy iztiroblar chekishi,tushkunlik kayfiyatida yurishi va o‘qishiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatishini ham his etamiz. Shuningdek, bola ruhiyati,uning ichki dunyosi,qiziqishlari va qarashlari orqali bugungi kundagi ta'lim tizimidagi yutuqlar va kamchilliklar bayoni bilan birgalikda bu kamchilliklarga nisbatan yechim ham berib o‘tiladi. Bola dunyoqarashi va harakatlari orqali milliy tarbiyaning qanchalik o‘rinliligi yozuvchi tomonidan ochib berilgan.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling