Bosh miya bo'laklari tuzilishi nerv sistemasi haqida umumiy tushuncha Reja
Download 39.46 Kb.
|
bosh miya bo\'laklari tuzilishi nerv sistemasi haqida umumiy tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzunchoq miya.
- Oraliq miya.
Bosh miya. Yangi tug`ilgan bola bosh miyasining vazni 370-400 g bo`lib tana vaznining 1/8 – 1/9 qismini tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1970 g gacha bo`lib, tana vaznining 1/40 qismini tashkil etadi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o`sadi, 25-30 yoshlarga borib to`xtaydi. Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90%ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to`qima hisoblanadi. Bosh miya tuzilishiga ko`ra ikki qismga bosh miya yarim sharlari po`stloq qismi va bosh miyaning quyi ya'ni so`p qismiga bo`linadi. Quyi yoki so`p qismiga: uzunchoq, miya, Varoliyev ko`prigi, miyacha, o`rta miya, oraliq miyadan iborat bo`lib bu qismlar bosh miya so`pi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o`rab turadi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo`lib, vazni 7 g, uzunligi 3- 3,5 sm uzinchoq miya va Varoliyev ko`prigi yoki miya ko’prigi reflektor va o`tkazish vazifasini amalga oshiradi. O`zunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining nerv markazi, qusish, yutish, ter ajratish, so`lak ajratish, ko`z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo`talish nerv markazlari bor. Homila 16-17 haftalik bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi. Yangi tugilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo`tal va boshqalar) rivojlangan bo`ladi. Unda so`rish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlanadi. Miyacha. Miyacha bolalarda biroz yuqoriroqda joylashgan bo`lib, bosh miya qutisining ensa qismini to`ldirib turadi. Yangi tugilgan bola miyachasining vazni 20,5- 23 g bo`ladi. 9-oylikda 84-95 g, 15-yoshda 143 g, kattalarda 150 g, bo`ladi. Miyacha ikkita yarim shardan iborat bo`lib, muskullarning uyg`un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa odam uyg`un harakat qila olmay qoladi. O`rta miya. Bola tug`ilganida vazni 2,5 g, O`rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan, Bundan tashqari qora modda, qizil yadro va bosh miyadan chiqadigan 3-4 juft ko`z soqqasini harakatga keltiruvchi 4 juft g`altaksimon nervning yadrolari bor. Qora modda chaynash va yutish reflekslar markazi hisoblanadi. Qizil yadroda asosan tana muskullari tonusini ushlab turishda ishtirok etadi. 4 tepalikning ikkitasi ko`rish ikkitasi eshitish markazi hisoblanadi. O`rta miya yadrolari faoliyatiga qarab ikkiga sezuvchi va harakat funksiyalarini bajaradi. Undan orqa miya va uzunchoq miyadan talamus miyacha va yarim sharlar po`stlog`i va nerv tolalari o`tib turadi. O`rta miya ishtirokida hosil bo`ladigan reflekslar ona qornida xomilada shaillana boshlaydi. Uzunchoq miya va o`rta miya shakllanishi 5-6 yoshga kirgandan keyin katta odamlarnikidek shakllanadi. Oraliq miya. Oraliq miya o`rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq, miyaga ko`rish bo`rtiqlari, talomus va bo`rtik ostki qismlari gipotalomus va tizzasimon tana kiradi. Bo`rtik osti qismi funksional jihatdan oqsil, yog``, tuz va suv almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi. U yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta'sir etadi. Yangi tug`ilgan bolada ta'm bilish, hid bilish, harorat va og`riq taasurotlariga, achchiq, nordon, sho`r, shirinlikka reaksiyalar vujudga keladi. Ko`rish bo`rtiklari shikastlanganda, ko`z butunlay yoki qisman ko`rmaydi, bosh og`riydi, falajlik sodir bo`ladi, uyqu buziladi. Download 39.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling