Bosh miya katta yarim sharlari va uning funksiyalari. Рeja


Bosh miya yarimsharlari po‘stlog’i funksiyasini tekshirish usullari


Download 75.65 Kb.
bet5/6
Sana05.04.2023
Hajmi75.65 Kb.
#1277253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маъруза

Bosh miya yarimsharlari po‘stlog’i funksiyasini tekshirish usullari
Bosh miya yarimsharlari po'slog'idek murakkab organning funksiyalari quyidagi usullarda tekshiriladi: 1) shartli reflekslar usuli; 2) bosh miya biotoklarini yozib olish usuli; 3) bosh miyada qon aylanishi va moddalar almashinuvini tekshirish usuli;
4) bosh miyani bevosita kuchsiz elektr toki yoki kimyoviy moddalar bilan ta’sirlash usuli. Bu usullardan tashqari, bosh miyaning turli qismlari jarrohlik yo'li bilan (vivisektsiya) olib tashlanib, organizmda kechadigan fiziologik o’zgarishlar kuzatiladi. I.P.Pavlovning fiziologiya sohasidagi ulkan xizmati shundan iboratki, u murakkab ruhiy hodisalarni tekshirish uchun ob’ektiv fiziologik usulni, ya’ni shartli reflekslar usulini yaratdi. Shartli reflekslar usulida bosh miyaning funksiyalari sog'lom hay von yoki bolada, katta odamda o'rganiladi. Tekshiriluvchi odamga shartli ta ’sirlovchi (tovush yoki yorugiik) berilib, so'ng shartsiz ta ’sirlovchi (ovqat yoki kuchsiz elektr toki, yoki terisiga og'riq hosil qiluvchi birorta narsa bilan)
ta’sir qilinadi. Organizmga shartli ta’sirlovchi bilan shartsiz ta ’sirlovchi bir necha marta ta’sir ettirilsa, shu odamning bosh miyasida ikkita markaz o'rtasida vaqtinchalik nerv bog'lanishi vujudga keladi. Bosh miya biotoklarini yozib olish usulida tekshiriluvchi bosh miyasiga elektroentsefalograf bilan tutashtirilgan elektrodlar o'rnatiladi. Bosh miya biotoklari nihoyatda kuchsiz bo'lib (- 200 mkv gacha) o'rtacha 40-50 mkv keladigan biotoklar mahsus asboblarda 100 000, ba’zida 10 mln marta orttirib yozib olinadi. Biotoklarni yozib olishda tekshiriluvchi turli tovush, tashqi ta ’sir o'tmaydigan maxsus kameraga yotqiziladi. Olingan elektroentsefalogramma maxsus elektron asbob – analizator hisoblash mashinalarida analiz qilinadi. Bu usulga elektroentsefalografiya usuli deyiladi. Elektr bilan ta’sir etish usulida bosh miya po'stlog'ining turli nuqtalari elektr bilan ta ’sirlanadi. Bu usul juda ko'p natija beradi. Kimyoviy ta ’sir etish usulida bosh miya yarim sharlari po'stlog'I funksiyasini o'rganish uchun ba’zi bir kimyoviy moddalardan (jumladan strixnin) foydalaniladi.



Download 75.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling