Bosh miya nervlari. Bosh miya nervlari va ularning nomlari Bosh miya yarimsharlari


Download 40.52 Kb.
bet2/7
Sana27.02.2023
Hajmi40.52 Kb.
#1235474
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bosh miya nervlari va ularning nomlari

Bosh miya nervlari — bosh miya asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft nerv. Ular bosh miyani tashqi muhit va ichki aʼzolar bilan bogʻlab turadi. I. Hid bil u v nervi — burun boʻshligʻining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. Koʻruv nervlari — koʻz soqqasining nurlarni qabul qiluvchi toʻr pardasiga tarqalgan. Koʻzni harakatlantiruvch i (III), gʻaltak (IV) va uzoqlashtiruvchi (VI) nervlar koʻz soqqasining yordamchi muskullariga boradi. V. U ch shoxli nerv yuz, koʻz, burun va ogʻiz boʻshliqlarigatarqaladi. VII.Yuz nervi — yuzdagi mimika (imoishora), jagʻ osti muskullari, burun boʻshligʻi, tanglay va til shilliq pardasini taʼminlaydi. VIII. Vestibulyareshituv nervi ichki quloqda tarmoqlanadi. IX. Tilhalqum (yutqin) nervi — til va halqumda tarmoqlanadi. X.Adashgan (sayyor) nerv — yurakka, nafas va qorin boʻshligʻi aʼzolariga tarqaladi. XI. Qoʻshimcha nerv— yelka va boʻyin muskullariga boradi. XII. Til osti nervi — til va til osti muskullariga tarqaladi. Bosh miya nervlari n. sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash boʻladi. I, II, VIII nervlar sezuvchi, IV, VI, VII, XI, XII nervlar harakatlantiruvchi va III, V, IX, X nervlar aralash nervlardir.
Bosh miya miyaning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga koʻra miya ustunining oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy boʻlimlari ichida eng yaxshi rivojlangani.
Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning poʻstloqlaridan (tashqi kulrang modda qavati) va ostida yotuvchi oq modda sohalaridan iborat.[1] Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal oʻzaklar va hidlov piyozchasini oʻz ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro chuqur bosh miyaning boʻylama tirqishi bilan ajralib turadi.
Bosh miya poʻstlogʻi, bosh miyaning tashqi kulrang modda qavati boʻlib, faqatgina sutemizuvchilarda topilgan. Yirik sutemizuvchilarda, shuningdek odamlarda, bosh miya poʻstlogʻi yuzasi burmalanib pushtalar va egatlar hosil qiladi va yuza maydonini kengaytiradi.[2]
Bosh miya poʻstlogʻi toʻrt boʻlakka boʻlinadi: peshonatepaensa va chakka boʻlaklari. Boʻlaklar ulardan yuqorida yotuvchi neyrokranial suyaklarga koʻra boʻlingan.[3]

Download 40.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling