Бош муҳаррир: ДЎстов ҳ. Б. кимё фанлари доктори, профессор
“Развитие науки и технологий”
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Lp rusumli linterlash mashinasi ta’minlagich tarnovini
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2022 272 namligining оrtishida yanada kuchayadi. Shuning uchun chigitlarning bunkerdan оqib o‘tishi dоim ham bir xilda uzluksiz bo‘lavermaydi. Paxta chigitlarining bir marоmdagi uzluksiz оqimi faqatgina kichik tоladоrlikda va namlikda bo‘lishi mumkin. Yuqоri namlikda va tоladоrlikda оqimning nоuzluksiz kelishida bunkerda “gumbaz” hоsil bo ‘lishi tiqilish hоlatlarini keltirib chiqarishi mumkin [7]. Ilmiy-izlanishlar natijasida 5LP linterning asosiy ishchi qismlaridan biri bo‘lgan ta’minlagichdan o‘tayotgan lint va chigit sifati talab darajasida emasligini korxonalarga o‘tkazilgan tajribalar natijasida aniqladik. Biz o‘rganishlar natijasida linterning asosiy ishchi organi ta’minlagichi bilan bog’liqligini, undan kelayotgan chigit orasida bolt, gayka, mix, temir bo‘laklari borligi natijasida lint juda iflos bo‘lib ketayotganini, chigit esa shikastlanib sinib ketayotganini kuzatishlarimiz natijasida ayon bo‘ldi, shuning uchun 5-LP linterining ta’minlagich tarnovi takomillashtirilgan konstruksiyasiga momiq ta’minlagich tarnoviga magnit qo‘yish kerakligi va uning natijasida mayda temir bo‘laklarini ushlab qolib linterning ish samaradorligini oshirish mumkinligini tajribalar orqali aniqladik (1-rasm). a) b) 1-rasm. 5-LP linterining ta’minlagich tarnovi takomillashtirilgan konstruksiyasi. Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishga yangi texnika joriy qilinishi natijasida olinadigan tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ham erishiladi. Bunda, ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash korxonalarida asosiy ishlab chiqarish jarayonidagi asbob-uskunalarni yaxshilash va ularning ishchi qismlarini takomillashtirish natijasida olinadigan tiklangan tola sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi va uning shikastlanishi kamayishi ro‘y beradi. Qoldiq tukdorli tolani ajratish uskunasini ta’minlagich tarnoviga magnit qo‘yganimizda linter ish unumi ortadi, tolaning sifati saqlandi va chigit shikastlanishi kamaydi. Shunday qilib, qoldiq tukdorli chigitdan tola olish uskunasining takomillashgan konstruksiyasini ishlab chiqarishga joriy qilinsa yillik iqtisodiy samaradorlik 23,4 mln so‘mni tashkil etishini korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan hisobladik. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, paxta tozalash zavodlarida sifatli tola olish, yuqori samaradorlikka erishish dolzarb muammolardan biridir. Ta’minlagich linter dastgohining asosiy ishchi qismi bo‘lib, ishchi kamerada chigitlarni aylanma xarakatga keltirib, chigitli valik hosil qiladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling