Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash metodikasi


– ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi o`rta


Download 432 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi432 Kb.
#1532598
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI

2. – ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi o`rta.


3. – ball to`plagan sinaluvchilada tafakkur jarayonlari darajasi past hisoblanadi.
Muhim belgini ajratish.
Bu metodika tafakkur xususiyatlari, predmetlarining muhim belgilarini ajratish qobilyatini tekshirishda ifodalaniladi. Ajratilgan belgilar xarakteriga ko`ra, tafakkur uslubi, ya’ni aniq va mavhum tafakkurning ustunligi haqida bilish mumkin. Ushbu metodikani 3 -4 sinf o`quvchilarini tekshirishda qo`llash mumkin.
Tajriba o`tkazish uchun maxsus qog`oz (blank) kerak bo`lib, unda so`zlar qatori keltirilgan bo`ladi. Har bir katorda bitta asosiy so`z va qavs ichida bitta unga tegishli so`z berilgan bo`ladi. Bu so`zilardan qavs oldida turgan asosiy so`zga ko`proq aloqador bo`lgan ikki so`zining tagiga chizish kerak. Tayyor blankalar sinaluvchiga tarqatilgach, tajribaning birini, asosiy talablar sinaluvchiga ko`rsatma sifatida tushuntiriladi.
1. Bog` (daraxt, bog`bon, kuchuk, yer, qo`rg`on).
Bunda bog` so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – daraxt, bog`bon.
2. Daryo ( sohil, baliqchi, balik, suv, suv o`tlari).
Daryo so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – baliq, suv so`zlari hisoblanadi.
3. Bo`lish (sinf, bo`linuvchi, qalam, bo`luvchi, qog`oz)
Bo`lish so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – bo`linuvchi, bo`luvchi so`zlaridir.
4. Sport ( medal, orkestr, musobaqa, g`alaba, stadion)
Sport so`ziga ko`proq aloqador so`zlar – musobaqa, stadion so`zlari hisoblanadi.
Topshiriqni bajarishda sinaluvchini ko`rsatmani tushunganligi, yo`l qo`ygan xatolariga e’tibor qilinadi. Agar sinaluvchi topshiriqni bajarish shartlarini tushunmagan bo`lsa, tadqiqotchi dastlabki ikki misolda bajarish zarurligini ko`rsatib beradi.
Barcha hollarda sinaluvchining topshiriqni qanday bajarganligini muhokama qilish zarur. Muhokama jarayonida sinaluvchi qo’shimcha fikrlar bildiradi, xatolarini to’g’irlaydi va javoblarini to’g’irlaydi. Natijalar sinaluvchining aniq vaziyatli tafakkur xususiyatlarini aks ettirish bilan birga, shoshmashosharlik natijasi bo’lishi mumkin. Ba’zi sinaluvchilar bilan muhokama jarayoni shuni ko`rsatadiki, sinaluvchining belgilagan javoblari aniq tahlil asosida bo’lmay , balki tasodifiy xarakterga ham egadir. Shuning uchun ham olingan natijalar asosida sinaluvchilarning izoh berishi va muhokama qilinishi zarur.
Quyida sinaluvchi topshiriqni bajarish uchun taqdim etiladigan maxsus blankani keltiramiz.
Ilovada keltirilgan.

Download 432 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling