- 1) Asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, meva va sabzavotlarni qisqa muddat saqlash uchun xom ashyo maydonchalari, korxona laboratoriyasi, tayyor mahsulot, materiallar, tunuka idishlar omborlari joylashtiriladi. Sovutgichlar, maishiy xonalar, transformator elektropodstansiyasini ham shu blokda joylashtirish mumkin.
- 2) Yordamchi binolar va xonalarda korxona boshqarmasi, nazorat o‘tkazish punkti, oshxona, tibbiy bo‘lim, ba’zan maishiy xonalar ham joylashadi.
- 3) Idishlar sexida xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar tayyorlanadi.
- Bosh rejada bug‘xona, avtomobil tarozisi, shisha idishlar, yoqilg‘i, yog‘lar, ammiak omborlari, konteynerlar saqlavchi maydonchalar, sport maydonchalari, korxonani suv bilan ta’minlash inshootlari (basseyn, suv uchun rezervuar va hokazo) ko‘rsatiladi. Zarur hollarda xom ashyoni uzoq saqlash uchun omborlar ko‘zda tutiladi.
- Oqava suvlar inshootlari, shaxsiy avto-mototransport to‘xtash joylari korxona hududidan tashqarida quriladi.
Korxonaning bosh rejasi.
1-ma’muriyat-maishiy binosi; 2-asosiy ishlab chiqarish sexi; 3-tayyor mahsulot ombori; 4-yordamchi korpus; 5-ombor; 6-sovutkich; 7-telefon stantsiyasi; 8-avtotarozi; 9-nazorat punkti; 10-issiqlik punkti; 11-quyish stantsiyasi. 12-galereya; 13-ombor; 14-yarimtayyor mahsulotlar bo‘limi; 15-ombor; 16-dastlabki ishlov berish sexi; 17-tunuka idishlarni tayyorlash sexi; 18-oshxona; 19-¬kran yuli; 20-yashiklarni yuvish bo‘limi; 21-nasos stantsiyasi; 22-trans¬port galereyasi.
- Ishlab chiqarishning yong‘inga xavflilik darajasi 6 toifaga bo‘linadi – A, B, V, G, D, E. Konserva korxonalarining ishlab chiqarish sexlari kam xavflilik D toifasiga kiradi, ya’ni binolarning qavatlari chegaralanmaydi. Lekin texnologik sxemalarning gorizontal bo‘lishini e’tiborga olib, ular ko‘pincha bir qavatli quriladi.
- Baliq konservalari korxonalarida utilizatsiya sexlarida yog‘larni ekstraksiya qilish uchun benzin ishlatiladi. Benzin bug‘larining chaqnash harorati 28 0S dan past bo‘lganligi sababli, ular eng xafli A toifaga kiradi va bir qavatli binoda joylashadi.
- Yashik va bochkalarni sozlash sexlari va omborlari V toifaga kiradi, ular ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |