4-amaliy mashg’ulot: Korxonaning bosh rejasi Ishning maqsadi


Download 189.31 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi189.31 Kb.
#1511154
  1   2   3
Bog'liq
4-amaliy mashg’ulot Korxonaning bosh rejasi


4-amaliy mashg’ulot: Korxonaning bosh rejasi
Ishning maqsadi: korxonaning bosh rejasi to’g’risida tushuncha berish, korxonaning tarkibi bilan tanishish.
Ishni bajarish uslubi. Korxona bosh rejasida uning tarkibiga kiradigan barcha inshootlar, binolar va boshqa ob‘ektlar kiradi. Bosh rejada ishlab chiqarish sexlarining o’zaro bog’liqligi va boshqa ob‘ektlar, masalan, omborlar bilan bog’lanishi ko’rsatiladi.
Korxonaning bosh rejasini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
- ishlab chiqarish korxonalari aholi turar joylaridan sanitar himoya hududi bilan ajralib turishi kerak. Konserva va vinochilik korxonalari uchun bu hudud 50 m, dudlash, quritish korxonalari uchun 1000 m ni tashkil etadi;
- ob’ektlarni iloji boricha umumiy binolarda joylashtirish kerak. Alohida korpuslar soni minimal bo’lganda qurilishning umumiy narxi past bo’ladi. Bundan tashqari bosh reja ob’ektlari zich joylashganda komunnikatsiyalarning (quvur-o’tkazgich) uzunligi kamayadi. Konserva, vinochilik korxonalarining qurilish zichligi 45% dan, go’shtni qayta ishlash korxonalarida 42% dan kam bo’lmasligi kerak;
- binolar to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lishi kerak. Bu holatda tayyor qurilish konstruksiyalaridan foydalanish mumkin;
- binolar qavatligi texnologik jarayonlarning talablariga va yong’inga xaflilik darajasiga ko’ra tanlanadi. Konserva, vino zavodlarining ishlab chiqarish sexlari D kategoriyasiga kiradi, ya’ni binolarning qavatlari chegaralanmaydi. Yog’-ekstraktsiya korxonalari esa eng xavfli A kategoriyasiga kiradi, shu sababli binolari bir qavatli bo’lishi kerak. Yashik va bochkalarni sozlash sexlari va omborlari V kategoriyaga kiradi, ular ko’p qavatli bo’lishi mumkin;
- bosh reja obektlarini joylashtirishda zavod kommunikatsiyalarining uzunligi minimal bo’lishiga intilish kerak. Ishchilar, mahsulot, yordamchi materiallarning harakatlanish oqimlari kesib o’tmasligi kerak;
- qurilish maydonning relefi, shamollarning yo’nalishi e’tiborga olinishi kerak. Bug’xona, mexanik sozlash xonalari, sulfitlash bo’limlari, bug’, tutun, chang, yoqimsiz hidlar, gazlarni chiqaradigan ob’ektlar asosiy ishlab chiqarish sexlarga shamol esmaydigan tomondan quriladi;
- bosh reja ob’ektlarining tashqi ko’rinishiga, estetikasiga (dizayn) ham e’tibor berish muhimdir. Binolarni joylanishini, shakli, rangi bir biriga mos kelib, tashqi ko’rinishi zamon talablariga javob berishi kerak;
- zavod territoriyasida ambulatoriya, yashash uylari va sport inshootlari qurilishi man etiladi.

Download 189.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling