4-amaliy mashg’ulot: Korxonaning bosh rejasi Ishning maqsadi


Bosh reja ob’ektlariga quyidagilar kiradi


Download 189.31 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi189.31 Kb.
#1511154
1   2   3
Bog'liq
4-amaliy mashg’ulot Korxonaning bosh rejasi

Bosh reja ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, meva va sabzavotlarni yoki boshqa xom ashyoni kam muddatda saqlash uchun xom ashyo maydonchalari, zavod laboratoriyasi, tayyor mahsulot, materiallar, tunuka idishlar omborlari. Sovutkichlar, maishiy xonalar, transformator elektropodstansiyani ham shu blokda joylashtirish mumkin;
2. Yordamchi binolar va xonalarda zavod boshqarmasi, nazorat o’tkazish punkti, oshxona, tibbiyot punkti, ba’zida mayishiy xonalar joylashadi;
3. Idishlar sexida xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar tayyorlanadi.
Bosh rejada bug’xona, avtomobil torozi, shisha idishlar, yoqilg’i, yog’lar, ammiak omborlari, konteynerlarni saqlash uchun maydonchalar, sport maydonchalari, zavodni suv bilan ta’minlash inshootlari (basseyn, suv uchun rezervuar va hokazo) ko’rsatiladi. Kerak bo’lganda xom ashyoni uzoq saqlash uchun omborlar quriladi.
Oqava inshootlari, shaxsiy avto va mototransport qo’yish joylari zavod territoriyasidan tashqarida quriladi.
Topshiriq: plakatlar va rasmlarga (3, 4, 5-rasmlar) asoslanib ishlab chiqarish korxonasining rejasini tuzish. Korxonaning turi va tarkibi o’qituvchi tomonidan beriladi.

92-rasm. Quvvati 50 m.sh.b. /yil b o’lgan konserva korxonaning bosh rejasi:
1 0 xom ashyo maydonchasi; 2 – asosiy ishlab chiqarish sexi; 3 – tayyor mahsulot ombori; 4 – ma‘muriyat binosi; 5 – nazorat o’tkazish punkti; 6 – avtotorozi; 7 – tomat sexi; 8 – xom ashyo maydonchasi; 9 – yordamchi korpus; 10 – yashiklar uchun maydoncha; 11 – suv ta‘minlash inshootlari; 12 – temir yo’l shoxi; 13 – rampa.

93-rasm. Quvvati 120 m.sh.b./yil bo’lgan konserva korxonasining bosh rejasi.
1 – ma‘muriyat-maishiy binosi; 2 – asosiy ishlab chiqarish sexi; 3 – tayyor mahsulot ombori; 4 – yordamchi korpus; 5 – sabzavot ombori; 6 – sovutgich; 7 – telefon stansiyasi; 8 – avtotorozi; 9 – nazorat punkti; 10 – issiqlik punkti; 11 – quyish stansiyasi. 12 – galereya; 13 – ombor; 14 – yarimtayyor mahsulotlar bo’limi; 15 – ombor; 16 – dastlabki ishlov berish sexi; 17 – mevalarni qayta ishalsh va tunuka idishlarni tayyorlash sexi; 18 – oshxona; 19 – kran yo’li; 20 – yashiklarni yuvish bo’limi; 21 – nasos stansiyasi; 22 – transport galereyasi.


Download 189.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling