Xv ma’ruza. Dengizdagi neft va gaz konlarini ishlatish reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1287322
  1   2   3   4   5   6


XV ma’ruza. DENGIZDAGI NEFT VA GAZ KONLARINI 
ISHLATISH 
 
Reja:
15.1. Dengiz territoriyasida quduqlarni ishlatish 
15.2. Dengizdan neft qazib olish jarayonlari 
15.3. Quduqlarni suv ostida tugallashning har xil sxemalari
15.4. Neft va gaz quduqlarini dengizda burg‘ilash 
 
 
Tayanch iboralar: kо‘p qatlam, ishlatish rejimi, shtangali quduq nasosi, bir 
vaqtda, kо‘p tizmali. 
 
15.1. Dengiz territoriyasida quduqlarni ishlatish 
 
Dengizlar, botqoqliklar va suv bosgan joylardagi quduqlarning territoriyasida
suv mavjud bo‘lganligi uchun ishlatish jarayonida har xil murakkabliklarni keltirib 
chiqaradi. Dengizlardagi quduqlarni ishlatish esa jiddiy muammolar bilan 
bog‘liqdir.
Dengiz sharoitlari uchun yaratilgan texnik jihozlar va konstruksiyalar aniq 
darajada suvning tagida joylashgan yer sirtlari uchun va boshqa holatlarda ham
qo‘llashga yaroqlidir.
Yoqilg‘i xom-ashyolarning istemol qilinish jadalligining o‘sishi ko‘pgina 
davlatlarda neft va gaz resurslarini qurib ketayotganligi, quruqlikdagi neft va 
gazning zaxiralarining o‘sishini pasayish holatlari murakkab sharoitga ega bo‘lgan 
dengiz shelflarini va okeanlarni o‘zlashtirish muammolari bilan shug‘ullanishni 
dolzarb masalalarini keltirib chiqardi.
Shelf bu – suv osti materiklarining tekis qismi bo‘lib, quruqlikning 
qirg‘og‘iga yondoshgan bo‘ladi va ularning umumiy geologik tuzilishini tavsiflaydi.
Shelflarning eng chetki qismining chuqurligi 100-200m.ni, ba’zi bir 
sharoitlarda suvning chuqurligi 1500-2000 m.gacha yetadi.


15.1-rasm. Shelfda burg‘ilash.
Neftgaz konlarini o‘zlashtirish shuni ko‘rsatadiki, ularga katta kapital 
xarajatlarning sarflanishiga qaramasdan dengizlardan va okeanlardan neft va gaz 
qazib olish samarali hisoblanadi.
Dengizdagi neftgaz konlarining texnologik majmualari dengizdagi 
uglevodorodli konlardan neft, gaz va kondensatni qazib olish va yig‘ish uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi hamda mahsulotlarni uzoq masofaga tashishga tayyorlaydi.
15.2-rasm. Dengizdagi neft koni. 




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling