Xv ma’ruza. Dengizdagi neft va gaz konlarini ishlatish reja


Dengizdan neft qazib olish jarayonlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1287322
1   2   3   4   5   6
15.2. Dengizdan neft qazib olish jarayonlari 
 
Dengizdagi neft konlaridagi mahsuldor qatlamning bosimini ushlab turgan 
holda favvora usulida qazib olish amalga oshiriladi, keyinchalik esa gazlift yoki 
mexanizatsiyalashgan boshqa usullarda neft qazib olinadi. Qazib olinadigan 
neftning tarkibidagi yo‘ldosh gazlardan quduqlarni gazlift siklida ishlatishda ichki 
energiyaning istemoli sifatida foydalaniladi. Gaz konlari suv osti gaz uzatmalari 
orqali qirg‘oqda joylashgan istemolchilarga ulanadi. Quruqliklardagi konlarni 
dengizdagi neft konlaridan farqi asosiy (quduq osti jihozlarini) va dengizdagi 
neftgazkonlarini gidrotexnik inshootlariga (suniy orollarda, ko‘tarma to‘sinlarda, 
estakadalarda barqaror platformalarda) eng so‘nggi holatda quduqning ustki qismi 
suvning sathidan pastda joylashadi. Dengizdagi neft konlarining texnologik 
sxemalari dengizning chuqurligiga, muzlarni paydo bo‘lish ehtimolligiga
to‘lqinning balandligiga, shamolning tezligiga va boshqa tabiiy iqlimiy sharoitlarga 
hamda qazib olinadigan flyuidlarning fizik-kimyoviy tavsiflariga, uyumlarning 
zaxirasiga, quduqlarning debitiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Dengizning 
chuqurligi 25-30 m bo‘lganda neft konlari tabiiy dengizlarda va ko‘tarma to‘sinlarda 
(5-10 metrgacha), estakadalarda va boshqa qoziqli konstruksiyali inshootlarda 
joylashtiriladi.
15.3-rasm. Dengizda quduqlarni burg‘ilash va neft qazib olish 
Agarda chuqurlik 25-30 metrdan katta bo‘lganda dengizdagi konlarni 
qurishda barqaror platformalar qo‘llaniladi. Ularning tayanch qismi va palubalari 


metalldan yoki temir betondan tashkil topgan, quduqning ustiga kon jihozlari 
joylashtiriladi.
Suvning chuqurligi 60-80 metr bo‘lganda yakka funksiyali platformalardan 
foydalaniladi. Platformalarga qazib oluvchi quduqlar yoki texnologik jihozlar 
(mahsulotni yig‘ish yoki tayyorlash uchun), energetik obyektlar joylashtiriladi.
Kompressor stansiyalari, yashash binolari bilan birgalikda, chuqurlikka 
o‘rnatiladigan suvli platformalar (chuqurligi 80 metrdan yuqori) ko‘p funksiyali 
hisoblanadi.. Platformaning soni drenajlash hajmiga nisbatan aniqlanadi va ular 2 ta 
yoki 4 ga teng bo‘ladi. Platformaning yuqori qismidagi qurilish montaj ishlarini 
qulay bo‘lishi uchun yirik blok-modulli qurilish bajariladi, masalan qazib oluvchi 
blok-modullar 
boshqaruv 
tizimli 
favvora 
armaturasidan 
hamda 
quduq 
mahsulotlarini yig‘ish jihozlarining jamlanmasidan tashkil topgan bo‘ladi va har xil 
texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. 
Quduq mahsulotlarini tayyorlash hamda qirg‘oqqa tashish va qatlamga 
haydaladigan suvlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan blok-modullar; bundan tashqari 
qurilish tarkibiga energetik blok-modul, yashash joyi moduli va vertolyot qo‘nish 
maydonchasi, quduqni joriy va kapital tamirlash uchun burg‘ilash minorasi, qirg‘oq 
inshootlari va kranning jihozlari, minora yoki machtalar joylashtiriladi. Gravitatsion 
turdagi barqaror platformalar kam qo‘llaniladi va qurilish jarayonida qirg‘oqda 
jihozlar bilan ta’minlanadi, keyin esa dengizda tashiladi va oldindan tayyorlangan 
maydonda dengizning tubiga gravitatsion platformalar dengiz tagida gruntlarning 
mustahkamlagidan kelib chiqib (qo‘llanilishi chegaralanadi) o‘rnatiladi.
Bunday platformaning asosiga hajm (sig‘im) joylashtiriladi va tashish vaqtida 
inshootning suzuvchanligini ta’minlaydi.
Chuqur suvli dengiz konlarining jihozlari juda qimmat turadi, masalan 
Shimoliy dengizning Norvegiya sektoridagi Statfyord konining jihozlarini bahosi 
juda yuqori bo‘lib, 145 metr chuqurlikda uchta temir betonli barqaror gravitatsion 
turidagi platforma o‘rnatilgan bo‘lib, narxi 6 mlrd. dollardan yuqoridir.
Chuqur suvli konlarning jihozlarini namunaviy tuzilmasining (Shimoliy 
dengizning Angliya sektorining chuqurligi 70÷160 metr oralig‘ida) xarajatlari: 
barqaror platformaning tayanch qismlari – 20 ta; yuqori qurilish jihozlari – 38 ta; 
qirg‘oq tankerlari – 1 ta; suv osti 15 ta; ishlatish quduqlarini burg‘ilash – 17 ta. 
Dengizdagi neft konlarida jihozlangan barqaror platformalarda suvning 
ostidagi quduqlarni tugallashda konning eng chetki uchastkalarini drenajlashtirishda 
razvedkaviy quduqlarni ishlatishga topshirishda, chegaradan va chegara ichidan suv 
bostirishda va hakozolarda yordamchi jihozlar qo‘llaniladi.
Dengizdagi suvning chuqurligi 60 metrdan chuqur bo‘lganda neft koni 
quduqlari fondi quduqlarning suv ostidagi tugallash jihozlarini tashkil qiladi hamda 
neft gaz koni jihozlari suzuvchi qurilmalarda (burg‘ilash platformalarida, 
tankerlarda qaytadan jihozlanadi) o‘rnatiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling