Xv ma’ruza. Dengizdagi neft va gaz konlarini ishlatish reja


-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1287322
1   2   3   4   5   6
 
15.5-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlar
Qurilma ko‘tarilgan tayanchlari bilan birgalikda (15.5-rasm, v) tirkama 
yordamida burg‘ilash joyiga olib kelinadi. Platformadan gidravlik ko‘targichlar 
yordamida tayanchlar dengizning tubiga tushiriladi. Tayanchlar dengiz tubiga yetib 
borgandan so‘ng, platforma suv ustidan kerakli balandlikgacha ko‘tariladi, eng 
baland to‘lqinning shtormalarini suvi ham uni ko‘ma olmaydi.
Bunday qurilmaning inshootlari 90-100 metr chuqurlikdagi suvlarda 
o‘rnatilganda tayanchning mustahkamligini va inshootning chidamligini ta’minlash 
qiyin bo‘ladi.
Dengizdagi chuqurlik 300 metrgacha bo‘lganda o‘zi yuradigan va o‘zi 
yurmaydigan kemalarga montaj qilingan suzuvchi burg‘ilash qurilmalari 
qo‘llaniladi. (15.5-rasm, d).
Bunday burg‘ilash qurilmasi boshqa turlarga nisbatan arzon, mobilli lekin yon 
tomonlari va yon tomondan tebranish kuchli ta’sir qiladi, keskin obi-havo sharoitida 
burg‘ilash ishlarini olib borishning imkoniyati bo‘lmaydi.


Bu qurilmani quduqning ustida ushlab turish to‘rtta – oltita yakorlar 
yordamida amalga oshiriladi. Dengizdagi suvning chuqurligi 200 metr bo‘lganda 
yakor zanjirining uzunligi 1500 metrga yetadi va quduqning o‘rnatilganligini qayd 
qilish qiyin bo‘ladi.
Katta chuqurlikdagi yakorlarni qo‘llash samarasiz bo‘lganda dinamik 
barqarorlashtiruvchi qurilmalar qo‘llaniladi va uning qo‘zg‘almaslik holati aniq bir 
chegaralarda egarli vintlarning tizimi yordamida ta’minlanadi. Bunday 
barqarorlashtiruvchi qurilmaga Fransiyaning “Pelikan” kemasi mansub bo‘lib, u 
nisbatan tinch suvlarda burg‘ilash ishlarini olib borishga mo‘ljallangan.
Dinamik boshqarish tizimi oltita egarli vintlardan tashkil topgan: bosh egarli 
vint, burunli qismida uchta buruvchi qurilmali va ikkita – kemaning cho‘ntakli 
qismida yetarli vintlar kuzatuvchi tizimlar yordamida ishga qo‘shiladi, asboblar 
yordamida yo‘naltiriladi va dengizning tubiga tushiriladi. Kemaning har qanday 
harakati qo‘zg‘almaydigan yo‘nalishga nisbatan zudlik tizimda qayd qilinadi va 
dvigatelning nasoslariga mos bo‘lgan signallarni uzatadi va uning yordamida joyiga 
qaytadi.
Yon tarafdan tebranishlarni kamaytirish uchun suyuqlik sirti erkin tebranish 
uchun tinchlantiruvchi sisternalar o‘rnatiladi.
Shtormali kengliklar uchun yarim yuklangan “Diposemi” o‘zi yuradigan 
qurilma qo‘llaniladi va dinamik barqarorlashtirilgan (17.5-rasm, f) u aylanali 
shaklga ega bo‘lib, uchta pontonni tinch holatda ushlab turadi. Pontonlarga montaj 
qilingan elektr dvigatellar maxsus nasadkalarga o‘rnatilgan egarli vintlarni 
aylantiradi va 360
0
gacha burilishi mumkin.
Shamolning yo‘nalishini va kuchini hisobga olib vintlarning ishi EHM 
yordamida kerakli tomonga boshqariladi. O‘rnatilish massasi 9 ming tonna, 
ko‘ndalangiga 122 m, balandligi 46 m, to‘lqinning balandligi 10 metr bo‘lganda 
borti va yon tomondan tebranishi 2
0
ni tashkil qiladi, tiklik bo‘yicha u 1,4 metrga 
siljiydi. Qurilmani dengizning chuqurligi 1000 metrgacha bo‘lganda burg‘ilashda 
qo‘llash mumkin. Burg‘ilash ishlari ananaviy usulda – burg‘ilashlarda, burg‘ilash 
birikmasi yordamida olib boriladi. Dengizning tubigacha suvni bekituvchi 
mustahkamlash quvurining birikmasi tushiriladi. Burg‘ilash qurilmasini to‘lqin, 
shamol, suv osti oqimlarining ta’sirida burg‘ilash tizmasi bilan quduqni bir o‘qda 
yotishini va burg‘iga beriladigan kerakli yukni ushlab turishda qiyinchiliklar paydo 
bo‘ladi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling