Pil qal’a arxeologiya madaniy meros obyekti


Download 20.18 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi20.18 Kb.
#1840427
Bog'liq
ПИЛ КАЛА


PIL QAL’A ARXEOLOGIYA MADANIY MEROS OBYEKTI
Seytbaev Islambek Bekmuratovich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

Pilqal’a – Beruniy tumani hududida bo’lib, A.I.Terenojkin Pilqal’ani Xorazmshohlarning Kat shahri yaqinidagi Amudaryo yuvib ketgan Al-Fir qal’asining xalq xotirasida saqlanib qolgan nomi deb qayd qiladi. XX asrning 40 – yillardagi izlanishlardan so’ng yodgorlik milodiy II-III asrlarga oid degan xulosaga kelindi. Qal’a maydoni 5 ga (230x227 m) bo’lib, 6 m qalinlikdagi mudofaa devorlariga ega. 1963 yilgi qazishmalar jarayonida shaharning janubiy – sharqiy qismida to’g’ri burchakli paxsa devor bilan o’ralgan ark izlari topilgan. Ark yagona darvozaga ega bo’lgani xolda ikki yarim aylanali burjlar bilan mustahkamlangan.


Shahar to’rt darvozaga ega bo’lib, shaharni mudofaa devor o’rab olib, uning qoldig’i g’arbiy va janubiy tomonda saqlanib qolgan. G’arbiy devor uzunligi 62 m, janub 712 m, shimoliy va sharqiy devor 660 m. Devor yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilib, ular o’rtasidagi masofaa 33 m. Burjning devordan yon tomonga o’sib chiqishi 6 m. devor qalinligi 3,5 m. janubiy devor o’rtasida darvoza joylashib, uning kengligi 14 m. Shahar mudofaa devor yaqinidan kengligi 50-60 m xandak o’tgan. Shaharni Amudaryo suvi uni asta-sekin yuvib, natijada uning hududi qisqarib borgan. Abu-Rayxon Beruniyning qayd etishicha ―Afrig’ Iskandar tarixning olti yuz o’n oltinchi yilida Al-Fir ustiga o’z qasrini qurdirdi.
Al-Fir Xorazm shahrining chekkasidagi loy va xom g’ishtdan qurilgan qal’a bo’lib bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qurg’on edi. Bu qurg’onlar tepasida podshohlarning qasrlari bor edi. Al-Fir o’n milcha va undan ko’proq masofadan ko’rinar edi. Jayxun xar yili uni buzib, yiqitib va parchalab olib ketaverdi, nixoyat Iskandar tarixining ming uch yuz beshinchi yilida undan asar ham qolmadi. Pilqal’a haqida Abu Rayxon Beruniy, Tabariy, Ibn Xavqal va boshqalarning asarlarida keltirilgan, qal’ada hayot o’rta asrlargacha davom etadi.
Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling