Maqsad:
H
Bolalarning koinot (yulduz, burjlar, quyosh tizimi, sayyora)
haqidagi bilimlarini mus-
tahkamlash; kosmonavtlarning koinot tadqiqotlari to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlash-
tirish;
H
Bolalarning
diqqatini, xotirasini, mantiqiy fikrlashini
rivojlantirish;
H
Belgilarni maqsadlari bo‘yicha qo‘llash
qobiliyatini shakllantirish, o‘qish qobiliyat-
larini rivojlantirish;
H
Koinotda yo‘nalishni rivojlantirish;
H
Mustaqillik, faollik, aniqlik, istak va jamoada ishlash qobiliyatini tarbiyalash.
Kerakli jihozlar:
mavzuga oid rasmlar, “Sayyorani to‘plang va toping” didaktik o‘yini, “Kosmik”, origami
blankalari, jamoaviy ish uchun 2 ta panel (sayyoralar, Quyosh, Oy tasvirlangan
tungi
osmon foni), to‘p, kosmik musiqa kesmalar, film.
Mashg‘ulot jarayoni:
Tarbiyachi:
Bolalar, bugun biz siz bilan sirli koinot olamiga sayr qilamiz. Ayting-chi, tungi
osmonga qarashni yoqtirasizmi? ...
Rasm 1.
Bolalar:
javoblar.
Tarbiyachi:
Tungi osmonda nimani ko‘rishimiz mumkin? ...
Bolalar:
javoblar. (Tungi
osmonda yulduzlarni, oyni ko‘rishimiz mumkin)
Rasm 2.
Tarbiyachi:
Bolalar, agar oy shu qadar katta va yumaloq bo‘lsa, bu haqida nima deyishi-
miz mumkin?
Bolalar:
javoblar. (Bu to‘lin oy)
Tarbiyachi:
Endi keyingi rasmga qarang. Bu yerda oyning kichik bo‘lagi ko‘rinib turibdi,
nima deb o‘ylaysiz, nega? ...