Bolalar:
javoblar. (Yulduz — bu ulkan qizigan gaz to‘pi;
u porlaydi, lekin isitmaydi, chunki
u bizdan uzoqda joylashgan);
Tarbiyachi:
Agar biz osmonga qarasak, yulduzlar juda kichik ko‘rinadi. Eng
issiq yulduz
nima deb ataladi?
Bolalar:
javoblar. (Eng issiq yulduz Quyoshdir)
Rasm 4.
Tarbiyachi:
Quyoshning koinotdan qanday tarzda boshqacha ko‘rinishiga qarang. Quyosh
koinotdan mana shunday ko‘rinadi, biz bulutlar yorishganda quyoshni yerdan shunday
ko‘ramiz. Shuning uchun biz quyoshni chizishimiz mumkin.
Rasm 5, 6.
Quyoshning oilasi bor — bu to‘qqizta sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari, kometalari, me-
teoritlari, asteroidlari. Ular quyosh tizimini tashkil qiladi. Quyosh o‘z atrofida
aylanadi
va sayyoralar o‘z yo‘nalishi bo‘ylab quyosh atrofida aylanadilar. Ushbu yo‘nalish ORBITA
deb nomlanadi.
Rasm 7.
Tarbiyachi:
Men sizga sayyoralar haqida jumboqlarni aytib beraman va siz ularni topish-
ga harakat qilasiz. Diqqat bilan tinglang. (Bolalar sayyorani topishga
harakat qilishadi
va uning tasviri ekranda yoki rasmda ko‘rinadi.)
1.
Bu sayyorada havo juda issiq
Va u yerda bo‘lish xavfli ekan, do‘stlar! ... (Merkuriy)
2.
Bu sayyora dahshatli sovuq bilan o‘ralgan,
Unga quyosh nuri iliqlik bilan yetib bormagan? ... (Pluton)
Nega u bu qadar sovuq? ... (Chunki u quyoshdan uzoqda joylashgan)
3.
Bu sayyora hammamiz uchun qadrlidir,
Bizga hayot bergan sayyoradir ... (Yer)
Qarang, u qanday go‘zal.
4.
Ikki sayyora Yer sayyorasiga yaqin joylashgan
Do‘stim, ularni tezroq shoshiling nomlashga ... (Mars,Venera)
Mars Quyoshga yaqinroq, Venera esa Yerning orqasida joylashgan.
5.
Bu sayyora o‘zi bilan faxrlanar
Chunki u eng katta hisoblanar ... (Yupiter)
6.
Sayyora halqalar bilan o‘ralgan
Va bu bilan u o‘zini boshqalardan ajratib turar.... (Saturn)
7.
Bu sayyora esa yashil-ko‘k rangda ... (Uran)
8.
Dengiz shohi bu sayyora nomini bergan
Va u unga o‘z ismini qo‘ygan ... (Neptun)
Tarbiyachi:
Ofarin, biz bu ishni uddalay oldik. Endi men sizlarga koinot sayohatiga chi-
qishni taklif qilaman (agar namoyish qilish imkoniyati mavjud bo‘lsa, unda filmni dastur-
da tomosha qilish mumkin). Keling, quyosh tizimi sayyoralarini yana bir bor ko‘rib chiqa-
miz va bizning go‘zal sayyoramiz Yer bilan zavqlanamiz. Yer quyoshdan uchinchi joylash-
gan sayyoradir. U quyoshdan
shunday uzoqlikda joylashganki, undagi harorat juda yuqo-
ri ham emas, juda past ham emas. Unda
suv yetarli, shuning uchun bu sayyorada hayot
mavjud.
“Sayyorani to‘plang va toping” mavzusidagi o‘yin.
(Tarbiyachi bolalarni kichik guruhlarga ajratadi va ular rasmni quyidagi o‘yin variantlari
bo‘yicha joylashtirishadi).
Do'stlaringiz bilan baham: