Xv ma’ruza. Dengizdagi neft va gaz konlarini ishlatish reja


 Quduqlarni suv ostida tugallashning har xil sxemalari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1287322
1   2   3   4   5   6
 
15.3. Quduqlarni suv ostida tugallashning har xil sxemalari
Quduqlarni yer ostida “quruq” tugallashda chuqurlikda quduqlarni 
tugallashda qo‘llaniladigan kallakdan (4) foydalaniladi va unga botma po‘lat kamera 
(3) o‘rnatiladi, atmosfera bosimini ushlab turadi. Ishlatishda quduqning kamerasi 


azot bilan to‘ldiriladi; xizmat ko‘rsatishda yoki tamirlashda ustki jihoz orqali shlang 
bilan suv ustidagi kemadagi kapsula (1) yordamida havo uzatiladi va brigadada uch 
kishi xizmat ko‘rsatadi. Kapsula kameraning biriktiruvchi etagiga (2) o‘rnatilgan 
bo‘ladi va ochiladigan yuk (5) orqali tutashtiriladi. Xuddi shunday sxemadan 
alohida bosimli quvur uzatmalarning markaziy neft yig‘uv punktlari bilan 
biriktirishda qo‘llaniladi. Bunda hamma kerakli operatsiyalar suvning ustida amalga 
oshiriladi. 
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish 
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq 
bo‘lib, dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida 
(zanjirlar yoki troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon 
jihozlariga ham biriktiriladi. Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan 
farqi dengiz konlarini jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Bunda inshootning seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi 
neftgaz koni qisqa muddatda ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida 
tugallash) fondi oldindan burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi 
mumkin; kon jihozlarini tezlik bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida 
qazib olishga o‘tish mumkin; tayanch tortilgan platformani dengizda boshqa 
chuqurlikda joylashgan bir kondan boshqasiga ko‘chirish mumkin; noqulay 
gidrometrologik sharoitda joylashgan rayondan qulay rayonga ko‘chirish mumkin; 
favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda o‘z vaqtidan oldin ko‘chirish mumkin. 
Dengiz konlaridan gaz qazib olishda suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqara oladigan 
suzuvchi zavodlardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. 
15.4-rasm. Dengizda quduqlarni tugallashda qo‘llaniladigan “quruq” nomli 
sxema: 
1- kapsulalar; 2- biriktiruvchi etak; 3- po‘lat kamera; 4- quduq kallagi (boshchasi); 
5- ochiq yuk.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling