Gazlift usulida ishlaydigan quduqlar uskunalarini


Download 221.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi221.5 Kb.
#1018186
Bog'liq
LABORATORIYA 5 (1)



LABORATORIYA №5 
GAZLIFT USULIDA ISHLAYDIGAN QUDUQLAR USKUNALARINI 
O’RGANISH. 
 
Ishning maqsadi: Kompressorsiz gazlift maqsadga muvofiq va tejamkor 
bo’lib, yuqori bosimdagi tabiiy gaz mavjud bo’lsa, tabiiy gaz energiyasidan neftni 
ko’tarishda va chiqqandan so’ng ham undan (isitishga, maishiy xizmatga, neftni 
suvsizlantirish va tuzsizlantirish) foydalanishini bilish. 
5.1.Nazariy malumotlar 
Quduq tubidan neftning yer ustiga ko’tarib berishda tabiiy energiya yetarli 
darajada 
bo’lmaganda, 
quduqlarning 
favvoralanishi 
tugaydi. 
Lekin 
favvoralanishning davom ettirish uchun quduqqa siqilgan gaz yoki havo NKQ – lar 
yordamida haydaladi. Gazning siqish jarayoni kompressor qurilmasi yordamida 
amalga oshiriladi. Bunday usulda quduqlarning ishlatishga kompressorli gaz lift 
usuli deyiladi. 
Hozirgi vaqtda ishchi agent sifatida havodan foydalanish taqiqlangan, bunda 
aniq nisbatlarda uglevodorod gazlari va havo aralashmasi chegaraviy qiymatga 
yetganda portlovchi aralashma (portlovchi gaz) paydo bo’ladi, portlashga va 
yong’inga xavflidir. 
Suyuqlikni ko’tarishda gaz quduqlaridan chiqadigan gazdan foydalaniladi 
yoki gaz uzatmaning yuqori qismidan foydalaniladi. Agarda gaz uzatmadan olinsa, 
u boshida gaz taqsimlagichga uzatiladi, undan keyin kon gaz uzatmasiga uzatiladi. 
Bu usul kompressorsiz gazlift deyiladi. Bundan tashqari quduq ichidagi gazdan 
foydalanish mumkin (5.2-rasm). 
5.1-rasm. Gaz havo ko’targichi. 
a – ish boshlangunga qadar quduq holati; b – quduqning ish vaqtidagi holati. 


5.2-rasm. Quduq ichi gazlift sxemasi. 
1-markaziy quvur; 2-klapan; 3-quvur orqa halqasi. 
Agarda gaz qatlami neft qatlamidan yuqorida joylashgan bo’lsa, unda gazli 
suyuqlik aralashmasi markazdagi gaz quduqdan (2) klapan orqali ko’tariladi. U 
klapan pakerdan yuqoriga o’rnatilgan. Ortiqcha gaz quvur fazasi orqali (3) quvur 
orqali chiqariladi (5.2-rasm). 
Klapan shunday shaklda hisoblanganki, u orqali kiradigan gaz va 
ko’targich ichidagi ichki bosim klapan orqali suyuqlikning markaziy quvuri orqali 
suyuqlikni quduq ustigacha va otma tizimga ko’tarilishini ta’minlaydi. 
Kompressorsiz gazlift maqsadga muvofiq va tejamkor bo’lib, yuqori 
bosimdagi tabiiy gaz mavjud bo’lsa, tabiiy gaz energiyasidan neftni ko’tarishda va 
chiqqandan so’ng ham undan (isitishga, maishiy xizmatga, neftni suvsizlantirish va 
tuzsizlantirish) foydalaniladi. 
Nazorat savollari: 
1. Gazlift usulida umumiy tavsiflarini keltiring? 
2. Gazlift usulida qо‘llanilishini izohlang? 
3. Gazlift usulida tuzilishini izohlang? 

Download 221.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling