Bosh sahifa / Mening kurslarim
Kuzatuv o’tkazishning maqsad va vazifalari
Download 185.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Tasv.faol o\'rg 2-dars.Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o\'rgatish jarayonidagi o‘rni
Kuzatuv o’tkazishning maqsad va vazifalari.
Kuzatishning maqsadi yaxshi tashkil etilgan ta’lim muhitida bolalarning rivojlanadigan yutuqlarining sifat ko’rsatkichlarini o’rganishdan iborat.Pedagogik nazoratning vazifalari: -bolaning rivojlanish sohalarini rivojlanishini aks ettiruvchi va uning rivojlanish parametrlarida ifodalanuvchi dalillarni to’plash; -har bir tarbiyalanuvchining individual rivojlanish trayektoriyasi haqida obyektiv va information tasavvur hosil qilish; -har xil ta’lim turlarini rivojlantirishda bolaning rivojlanishini o’rganish faoliyati; -ta’lim jarayonini individuallashtirish( jumladan, bolalarni qo’llab-quvvatlash, zarur hollarda uning yakka tartibdagi ta’lim trayektoriyasini yoki pedagogic korreksiyasini tuzish); -bolalar guruhi bilan ishlashda ta’lim muhitini yaratish(guruh ishlarida bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda); -ta’lim-tarbiya jarayoning metodik resurslaridan yanada to’liq va maqsadga muvofiq foydalanish imkonini beruvchi o’quv vazifalarining hal etilishi ustidan nazoratni ta’minlash. Bolaning rivojlanishini kuzatish pedagog faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim sifatini oshirish vositasi sifatida foydalaniladi va xizmat qiladi: 1. Har bir bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko’nikmalarini aniqlash 2.Bolaning rivojlanishidagi vaziyatga eng munosib baho berish 3.To’g’ri pedagogik strategiyani tanlash. 4.E’tibor talab qiladigan jarayonlarni aniqlash. 5. Muammoli vaziyatlarni qanday hal qilish yaxshiroqligini aniqlash. 6. Vaqt o’tishi va o’qitish natijasida bolaning o’zgarish va rivojlanish dinamikasini tushunish. 7. O’quv muhitiga o’zgartirishlar kiritish. 8. Rejalashtirishga o’zgartirishlar kiritish. 9.Ota-onalar yoki MTT mutaxassislari qo’llashi mumkin bo’lgan ma’lumotlarning umumlashtirilishi. 10. O’z pedagogik harakatlarining samarali (yoki samarasiz) bo’lganligini aniqlash uchun qayta aloqa o’rnatish. Maktabgacha ta’limda kuzatuv jarayonini tashkil etish: Kuzatish tizimli va muntazam bo’lishi kerak.Qoidaga ko’ra, u har kuni rejalashtiriladi va bolalar kichik guruhi bilan 10-15 daqiqan kun davomida o’tkaziladi. Pedagog bolalarning faoliyatga “sho’ng’sh” paytini tanlaydi. Kuzatish davrida tarbiyachining yordamchisi (yoki guruhda mavjud bo’lgan kattalardan biri) o’qitish jarayonida faol ishtirok etadi. Pedagogik nazorat metodiga qo’yiladigan asosiy talablar: 1.Kuzatuv bola uchun tanish holatda o’tkaziladi va bolaga yordam berishga qaratilgan bo’ladi; 2. Kuzatuv 2 hafta (yoki 1 oy) davomida o’tkazilishi kerak, chunki bu bola rivojlanishi haqida xolisona tasavvur hosil qilishga olib keladi; 3.Bola haqida qo’shimcha ma’lumotlarni ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqa xodimlari bilan bo’lgan suhbatlardan olish mumkin; 4.Bolaning moyilligi, qiziqishlari, muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim. Download 185.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling