335
Xayriddin
Saloh
(1934 –1969)
oyat qisqa umri
davomida bir qator yorqin
she’riy asarlar yozib qoldirishga ulgurgan
jo‘shqin shoir Xayriddin Saloh (Salohiddinov)
1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tug‘ildi.
Maktabda o‘qib
yurgan paytlaridayoq badiiy
so‘zga bo‘lgan qiziqish Xayriddinni keksa shoir
G‘ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagiga
boshlab keldi. To‘garakda bo‘lajak
shoir Erkin Vohidov,
Yusuf Shomansur, Sayyor singari
tengdoshlari bilan ijod
sirlarini o‘rganadi.
X. Salohning ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqdi va
ko‘p chilikning e’tiborini tortdi. O‘rta
maktabni tugatgan
Xayriddin Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi
Pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetiga
o‘qishga kirdi va uning kechki bo‘limini 1957-yilda tugat-
di. Shundan so‘ng shoir «O‘zbekiston madaniyati» gazeta-
si, «G‘uncha», «Gul xan» jurnallarida adabiy xodim bo‘lib
xizmat qildi.
Turli yillarda Xayriddin Salohning «Chashma» (1959),
«Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965),
«Tug‘yon», «Na’matak» (1969), «Izlar va hislar» (1974),
336
«Shu’lalar qo‘shig‘i» (1975), «Lirika» (1985)
singari
she’rlar to‘plamlari bosilib chiqdi.
Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik she’riy janrlarda
ham
ijod qilib, «Laylo», «Yangroq hayot», «Toshkent bi-
lan suhbat» dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida
qilgan xizmatlari ham e’tiborga loyiq. X.
Saloh Bayron,
Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga
mashhur shoirlarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tar-
jima qilgan.
Serqirra ijodkor Xayriddin Saloh 1969-yilning 5-iyuni-
da vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: