Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua
- BADIIY SO‘Z QUDRATI lohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2017 ADABIYOT QOZOQBOY YO‘LDOSHEV, BEGALI QOSIMOV, VALIJON QODIROV, JALOLBEK YO‘LDOSHBEKOV Qayta ishlangan 4-nashri O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2005, 2009, 2013, 2017 Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri / Q. Yo‘ldoshev, B. Qosimov, V. Qodirov, J. Yo‘l doshbe- kov. – T.: «Sharq», 2017. – 368 b. 1.1.3. Hammuallif. ISBN 978-9943-26-611-7 UO‘K 82(075.3) KBК 83.3 UO‘K 82(075.3) КBК 83.3 А–29 ISBN 978-9943-26-611-7 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi hisobidan chop etildi. А–29 M a s ’ u l m u h a r r i r : Vahob RAHMONOV, filologiya fanlari nomzodi 3 BADIIY SO‘Z QUDRATI lohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilar- ki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kun - larning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifo- dasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kel- di. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bil- sa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi. Badiiy adabiyot san’atning murakkab va serqirra turi bo‘lib, insonda yuksak ma’naviyatni shakllantirishning eng ta’sirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik ke- chinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bi- lan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan 4 ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mum- kin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli va materiali so‘z ekanligi bilan ajralib turadi. San’atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayo ti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta olad i. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsa ning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o‘tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan va jonli tasvirlay oladi. Demak, odamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda ko‘rkam (badiiy) adabiyotning imkoniyati benihoya katta. Siz teatr, kino, televideniyeda ham shunday imkoniyatlar bor-ku, deyishingiz mumkin. Unutmangki, har qanday spektakl, kino yoki telefi lmlarning negizida ham badiiy so‘z turadi. Ko‘rkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekani- dan tashqari, kishiga qattiq ta’sir ham qiladi. O‘zingizga juda yoqqan badiiy asarni o‘qigan holatingizni bir eslab ko‘ring. Asarda tasvirlangan obrazlarning ham, bu qah- ramonlar kechirgan tuyg‘ularning ham sizga to‘g‘ridan to‘g‘ri daхli yo‘qligini yaхshi bilasiz. Asar dagi voqealar hozir ro‘y bermayotganligini ko‘rib turibsiz. Lekin siz asardan bosh ko‘tara olmaysiz. Asar qahramonlari sizga hech kim bo‘lmasalar-da, ular bilan go‘yo qarindosh-u taqdirdoshday bo‘lib qolasiz. Ularning tuyg‘u va ke- chinmalari siznikiga aylanib ketadi. Kitob qahramon- lariga qo‘shilib quvonasiz yoki kuyunasiz. Ba’zan, hatto yig‘laysiz. Nega shunday? San’atning boshqa turlari ham odamga shu хilda ta’sir qilganligini ko‘rish mumkin. San’at asarlarining ta’sirchanligiga sabab nima ekan? Mana, siz yettinchi yildirki, bir qancha o‘quv predmet- lari bilan tanishib kelmoqdasiz. Ularning hammasi ham siz- ga cheksiz olamning biror tarmog‘idagi hodisalar haqi da 5 ilmiy ma’lumotlar berishga intiladi. Bu o‘quv fanlari sizning aq lingizni o‘stirishga, tafakkuringizni yangi-yangi aхborotlar bila n boyitishga, shu tariqa sizni zamon talablari ga javob bera oladigan, hayotning sinovlariga chidaydigan qilib tay- yorlashga хizmat etadi. Siz o‘rgangan o‘quv fanlari yor- damida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bo‘lasiz. Badiiy asarlar ham sizning aqlingizni o‘stirishga хizmat qiladi. Lekin ular aqlingizdan ham ko‘ra ko‘proq hissiyo- ting iz ga, tuyg‘ularingizga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar yuragingizni bezovta qiladi. Sizni loqaydlikdan хalos etadi. Kitob varaqlari ichida yashayotgan qahramonlarning ho- latiga befarq bo‘lmaydigan odam o‘zining atrofi dagi tirik kishilar ning quvonch-u g‘amlariga ham loqayd qarab tura olmaydi. Nima uchun badiiy asarlardagi qahramonlarning tuyg‘u-kechinmalari bizga o‘tadi, «yuqadi». Biror qiziqar- li badiiy asarni o‘qigan kitobхon: «Ha, hayotda shunaqasi ham bo‘lar ekan- da», – deb qo‘ya qolmaydi. U qaysidir qahramonni yaхshi ko‘rib qoladi va unga o‘хshagisi ke- ladi. Boshqa bir qahramondan esa nafratlanadi hamda un- day bo‘lmaslikka intiladi. Asar ta’sirida bir muddat o‘yga cho‘madi. Siz bultur o‘rgangan «Materik va okeanlar tabiiy geografi ya si», bu yil o‘qiydigan «O‘zbekiston tabiiy geo- grafi yasi» singari darsliklarda kecha va kunduz, uning eng go‘zal hamda so‘lim fursati bo‘lmish tong to‘g‘risida, Qu- yosh haqida ancha ma’lumot beriladi. Quyosh bo‘lmasa, Yerda hayot bo‘lishi mumkin emasligi ham aytila di. Bu ma’lumotlar sizning bi limlaringizni ko‘paytirishga ta’sir qiladi. Ular tufayli kecha, kunduz, tong va hokazolar bora- sida oldin bilmagan narsa lardan xabardor bo‘lasiz. Ayni vaqtda, Sizda tongning juda go‘zalligi haqida tushuncha ham paydo bo‘ladi. Lekin bu tushuncha va axborotlar ta- 6 fakkuringizni o‘stirsa ham hissiyot va tuyg‘ularingizga deyarli ta’sir qilmaydi. Endi shoir Rauf Parfi ning «Tong otmoqda...» deb nomlangan she’ridan bir parchani o‘qib ko‘raylik: Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Shoir tong otishi qanday sodir bo‘lishini batafsil tas- virlab, nima uchun shunday bo‘lganligini ilmiy asosda tu- shuntirib bera yotgani yo‘q, balki mavjud hayotiy holatning badiiy man zarasini yaratmoqda. Bu manzarada tabiatshu- noslik yoxud geografi ya ilmidagi axborotlarda bo‘lmagan bir narsa – shoirning tuyg‘u va kechinmalari bor! Shoir tong otish jarayonini juda go‘zal tasvir etadi. O‘quvchini ham tongning chindan-da chi royli otishiga ishontiradi. Quyosh ning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, o‘sha o‘q lardan Yerni ng yaralani shi va bu yaralanish tu- fayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak», ya’ni hayot paydo bo‘lishi juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifo- dalangan. Ayni damda, she’rda ma’lum darajada ilmiy ax- borot ham yo‘q emas. Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan ona yur- timiz Turkis tonning ozodligi yo‘lida kurashgan kishilarni bolsheviklar qanday shafqatsizlik bilan qirganligi, o‘lka nechog‘liq oyoqosti etilganligi to‘g‘risida tarixchi olim shunday yozadi: «Butun Turkiston o‘lkasida 1918-yildan 1930-yillargacha davom etgan milliy ozodlik kurashi ja- rayonida halok bo‘lganlarning sonini hech kim bilmay- di. Taxminiy hisob-kitob qilishlaricha, faqat Turkiston o‘lkasida halok bo‘lganlar soni 800000 dan ortiq... Ko‘plab 7 oilalar o‘z uy-joylarini tashlab, ...boshqa o‘lkalarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘nlab qishloqlar bo‘shab, quzg‘unlar o‘lkasiga aylangan, dalalarni o‘t-o‘lan bosib, ekin ekilmay qolgan» 1 . Xuddi shu hodisa ko‘plab turkistonlik vatanparvar adib- lar tomo nidan turli janrlardagi asarlarda zo‘r qayg‘u-alam bilan aks ettirilgan. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’ridan olingan q uyi da gi parchaga quloq tutaylik: Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on, Ustlarida na poda bor, na yilqi. Podachilar qaysi dorga osilg‘on? Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga Oh, yig‘i. Bu nega?! Cho‘lponning she’ri ham bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘lik xonaga aylantirilgani haqida. Lekin bunda bironta raqam, bironta ism, nasab, nom keltirilmaydi. Vayron qi- lingan shaharlar, egasiz qishloqlar sanalmaydi. Shunday bo‘lsa ham o‘quvchi qalbida bosqin chiga nafrat uyg‘onadi, u millatimiz boshiga ko‘p balolar keltirgan yovuz lardan g‘azablanadi, o‘tmishga beparvo qaramaydigan bo‘ladi. Aslida tarixchi olim ham raqamlarni loqaydlik bilan keltir- gan emas. Uning ham qalbida nafrat tug‘yon urganligi ayon. Lekin ilmda olim xolis bo‘lishi shart. Xolis tasvir o‘quvchining ongiga ta’sir ko‘rsatsa ham, tuyg‘ularini jun- bishga keltiradigan darajada bezovta qilmaydi. Cho‘lponning she’ri esa aynan tuyg‘ularga ta’sir ko‘rsatish uchun bitilgan. U she’rxonning hissiy dun- yosini bezovta qiladi. Chunki shoirning o‘zi tuyg‘ular 1 Yurakdagi Buxoro (to‘plam). Toshkent. «Sharq», 1998. 55- bet. 8 girdobida. U xolis emas. Negaki, yomon ko‘rmay turib, nafrat qo‘zg‘ashning, yaxshi ko‘rmasdan esa, muhabbat uyg‘otishning imkoni yo‘q. Demak, olim ilmiy tad qiqotda xolis bo‘lishga, tuyg‘ularini mumkin qadar jilovlab, ke- chinmalarini bildirmaslikka urinishi shart bo‘lsa, shoir o‘z hissiyotini yashirmaydi, uni imkon qadar o‘quvchiga «yuqtiradi». Shuning uchun ham badiiy asar ta’sirchan bo‘ladi. Uning musiqiy ohangi, so‘zlarning mahorat bilan ishlatilishi natijasida paydo bo‘lgan sehr li holat o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. Aytilganlardan хulosa qi lish mumkinki, inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tanisa, badiiy adabiyot orqali olamni ko‘ngil bilan tuyadi. Shu ma’noda ada biyotni hayotning in’ikosi (surati) deyish mumkin. Ammo unin g suratga tushirilgan ayni nusхasi emas. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqat- larni ifoda etadi. Il miy haqiqatning haqiqatligi fi kr, man- tiq orqali bilinsa, ma’naviy haqiqatni his-tuyg‘u vositasida tuyish mumkin. Ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsad- ga erishishga хizmat qiladigan vositalarni topib beradi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, inson faoliyatida ma’naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Chunki ma’naviyatsiz fan bo‘lmaganidek, ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir. Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishining sa- babi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsulidir. Adabiyotdan bo‘lak o‘quv fanlarida hissiyot bo‘rtib, ko‘zga tashlanib turmay- di. Badiiy adabiyotda, asosan, tuyg‘ular bilan ish ko‘riladi. Hamisha ta’sirlar og‘ushida, munosabatlar va kechinma- lar qurshovida bo‘linadi. Chunki yozuvchi o‘z kechinma 9 va hissiyotlarini kitobхondan bekitmaydi, aksincha, unga yuqtirishga intiladi. Mana shu ning uchun ham badiiy asar qahramonlari хuddi tirik odamlarday, go‘yo yaqin kishilar- day kitobxonni bezovta qiladi, o‘ylantiradi. Asar yozayotgan ijodkor hech qachon хolis turmaydi. Chunki ijod jarayonining o‘zi хolislik, betarafl ik holati ning buzilishi oqibatidir. Shuning uchun ham ijodkor hamisha tuyg‘ular og‘ushida bo‘ladi. Chinakam ijod namunalari ijodkorlarning hissiyotlari ifodasidir. Adib doimo nimani- dir yoq laydi yoki inkor qiladi. Yozuv chining tuyg‘ulari nechog‘liq kuchli, nigohi o‘tkir, dardlari sal moqli, tili biy- ron bo‘lsa, o‘quvchi uning asarlariga shunchalik qattiq beriladi. Buning ustiga, badiiy asarlarning o‘ziga хos mu- siqiyligi, ohangdorligi, so‘zlarning mahorat ila ishlatilishi tufayli paydo bo‘lgan holat, ijodkorning dunyoni tasvirlash- dagi o‘ziga хosligi kitobхonni rom etadi. Ba’zilar badiiy asarlarning ta’sirchanligiga sabab ularda qiziqarli voqealarning tasvirlanganligi deb o‘ylashadi. Hol- buki, qiziqarli voqealarning o‘zi hali asarning badiiyligini to‘la ta’minlay olmaydi. Aхir, har bir odamning boshidan qanchadan qancha qiziq voqealar, sarguzashtlar o‘tgan. Lekin ular qog‘ozga tushirilsa, badiiy asar bo‘lib qolaver- maydi-ku?! Ko‘rinadiki, badiiy adabiyotni ilmiy ada- biyotdan farqlab turadigan narsa uning qiziq voqealar tas- viriga bag‘ishlangani emas ekan. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, siz shu vaqtga qadar o‘qigan, yodlagan ko‘pgina she’rlarda, umuman, hech qanday voqea tasvirlanmaydi ham. Lekin ular sizga ta’sir ko‘rsata olga n. Ko‘rkam adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur ta’sir etishining boisi uning obrazli ekanidir. Agar shun- day bo‘lsa, badiiy obraz o‘zi nima degan savol tug‘iladi. Yuqorida aytilganlarga asoslanadigan bo‘lsak, qisqagina 10 qilib ijodkorning fi kr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling