Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHAYONNING NAMOYISHI
Savol va topshiriqlar:
270 9. Asardagi: «Anvarning o‘qushdan bo‘shag‘an kezlari gullar ichida shu kapalaklar orasida kechar edi» tasvi- riga tayanib, Anvar tabiatini izohlang. 10. Solih maxdumning Anvarga munosabati ifodasiga taya- nib, uning shaxsiyati haqida fi kr bildiring. 11. Maxdumning Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi munosabatga yondashuvini baholang. 12. Asarda maxdumning «og‘zining tanobi uzoq sayohatni ixtiyor qilg‘an» tarzidagi holati tasviri nimani anglatadi? 13. Nigor oyimning maxdumga qarshi yo‘l tutishi sababini sharh lang. * * * Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar saroyda mirzaboshilik martabasiga erishadi. Anvarning mirzaboshi darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon, Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar An- var bilan xonning orasini buzish uchun yigitning suyuklisi Ra’noning go‘zalligi ta’rifi ni hukmdorga yetkazadilar va xotinboz xon qizni so‘ratib, maxdumga odam yuboradi. An- var va Ra’no bu zo‘ravonlikka toqat qilib o‘tirmay, ota uyi- dan qochib, yashirinishadi. Xon Anvarlarning qochishida uning do‘sti Sultonalini aybdor sanab, o‘limga hukm qila- di. Roman voqealari rivojida Anvarning akasi Qobil, uning buxorolik do‘stlari: Sharif, Rahim hamda qo‘qonlik Safar bo‘zchi kabilar faol ishtirok etishadi. CHAYONNING NAMOYISHI ...Shahodat mufti kasavni olib, cho‘g‘ni titdi va keng ko‘kragini shishirib nafas oldi. – Ajab bedavo dard-da. Kalonshoh mirzo boshini irg‘atib qo‘ydi. – «Suygan yorim sen bo‘lsang, ko‘rgan kunim ne bo‘lg‘ay», – deb davom etdi mufti. – Ululamir 1 qadrnoshunos 2 1 Ululamir – ulug‘ amir. 2 Qadrnoshunos – odam qadrini bilmaydigan. 271 bo‘lg‘andan so‘ng qiyin ekan. Shu oqpadarning qo‘l ostida ishlagandan devonni tashlab ketkan behroq. – Sabr qiling, domla, sabr: «Innalloha ma’assobirin 1 ». – Albatta... Va lekin Sultonalidek bema’niga bosh ekkan - dan, har ro‘z 2 o‘n tayoq yegan yaхshi. Хuftanni o‘qug‘andan so‘ng tahorat yangilab yurg‘uchi mulla Abdurahmon hujra eshigida ko‘rindi. Kichkina ho- voncha boshidag‘i oq tepchima to‘ppi va qora uzun soqoli uni hindilarning savdogari qiyofatig‘a qo‘yg‘an edi. Mulla Abdurahmon ichkari kirib, qoziqdag‘i sallani oq to‘ppi usti- dan kiydi. – Men janoblarning so‘zlari bilan uyga ovqat buyur- madim-a? – Lozim emas, biz uydan ovqatlanib kelganmiz. Mulla Abdurahmon tancha yonig‘a kelib o‘lturdi va yer ostidan Shahodat muftiga qarab iljaydi. – Shunday qilib, mirzo Anvarni qiz bilan qochurding‘iz? – Qochirish bo‘lsa, qochirdiq va lekin qordan qutulib yomg‘urg‘a tutildiq, mulla Abdurahmon. – Men eshitdim. – Kulli yavmin batar 3 – bunisi undan qabihroq bo‘ldi... Besh kundan beri yuraklar zardobka to‘ldi, mulla Abdurah- mon, – dedi mufti. – Kecha biznikiga yo‘qlab borg‘an ekansiz. Siz ketib- siz, men kelibman-da; ko‘p afsus qildim. Bu kun mulla Kalonshohni olib, siz bilan suhbatlashib qaytayliq, degan niyatda... – Qulliq, taqsir, qulliq, – deb mulla Abdurahmon qi- mirlab o‘lturdi. – Men Anvar bilan Sultonali mojarosini faqat kecha mirzo Boisdan eshitdim. Bu to‘g‘rini aniqroq bilish uchun janobingizning хizmatingizga borg‘anim edi... Хo‘sh, havodis nima? 1 Оllоh sabr qilg‘uchilar bilan birgadir (oyat, mual.). 2 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling