Бошқарув педагогика ва этикаси ҳақида тушунча ва бошқарувнинг илмий-назарий асослари
qiladigan inson avvalo o’zi xar tomonlama barkamol bo’lmog’i Shart»
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshqaruv pedogogikasi
qiladigan inson avvalo o’zi xar tomonlama barkamol bo’lmog’i Shart», -
degan edilar. Zamon talablari Shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt bilan o’rganib, mag’zini chaqib, undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarur. Pedagogik faoliyat samarasi o’qituvchining pedagogik qobiliyati qay darajada Shakllanganligiga ham bog’liqdir. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Bilish qobiliyati, tuShuntira olish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, obro’ orttira olish qobiliyati, muomala qila bilish qobiliyati kabi qobiliyatning turlari xar bir pedagogda bo’lishi talab etiladi. Pedagogik qobiliyat va maxorat xaqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy g’oya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o’z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, pedagogik maxoratda o’qituvchining fikr doirasi keng bo’lishi zarurligini aloxida xisobga olish lozim. CHunki kishida bilim, fikr mukammal bo’lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darxaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orqali xal etadi. Shuning uchun pedagogik maxorat soxibi bo’lishga intilgan kishi, Shubxasiz, o’z bilimini doimo kengaytirish, talabaga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g’oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko’p o’qishi, o’rganishi lozim. 38 O’qituvchining pedagogik maxoratiga baxo berishda uni ta’limni qay darajada taShkil qila bilishi muxim ahamiyatga egadir. Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal taShkil qilishi o’qituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. YUqori saviyada o’tilgan mavzular Yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularning imon, e’tiqodi va mafkuralarining Shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, o’qituvchining ilmiy saviyasi, o’z burchiga munosabati, Yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik maxorati, dastlab dars va ma’ruzalarda ko’rinadi. Fan o’qituvchisining faoliyatiga beriladiga baxo darajasini ham dars va ma’ruzaning sifati belgilaydi. Dars berish man’atini egallashda o’qituvchi uyuShtirgan o’quv maShg’uloti, chuqur bilim berish vositasi bo’lishi bilan birga, mustaqil O’zbekistonning ravnaqi, ertangi kuniga bo’lgan ishonch, xalqimizning aql-zakovati va mexnatining nimalarga qodirligi, jamiyatning munosib fuqarosi va quruvchisi bo’lish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatuvchi ko’zgu bo’lib xizmat qiladi. Yoshlarimz o’z murabbiylari darsidan xar jixatdan mamnun bo’lsinlar. Ularda romantik orzular uygonsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o’qish-o’rganish va mexnatga xavas kuchaysin. Ular o’quv maShg’ulotidan so’ng olgan baxolari bilan emas, balki bilim va malaka xosil qilganliklarini, ma’naviy oziq olganliklarini xis qilsinlar. Ta’limning mazmundor, qiziqarli va tuShunarli bo’lishi ustozlar bilan Shogirdlar qalbini, ruxini bir-biriga mustaxkam bog’laydi, ular o’rtasidagi samimiy xurmat va o’zaro ishonchni mustaxkamlaydi. Buning uchun o’qituvchi avvalo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l-o’sullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi- murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligi, o’z Shogirdlariga xurmat va muxabbat, ular xayotiga qiziqish va ruxiy xolatlarni bilish va tuShunish, bosiqlik, xis-tuyg’ularini boshqara olishlari, taShqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi, jamoat ishlarida faolliklari, ayniqsa omma o’rtasida ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy ishlar targ’ibochilari bo’lishlari lozim. Shundagina, mamlakatimizning kelajagi bo’lgan Yoshlarimiz o’z murabbiylarini nomini zo’r extirom, chuqur 39 minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun xar bir o’qituvchi O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida ko’rsatilganidek, o’z fanlari bo’yicha tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori axloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling