Бошқарув педагогика ва этикаси ҳақида тушунча ва бошқарувнинг илмий-назарий асослари


Ta’lim muassasalarida boshqaruv strategiyasini amalga oshirishning


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana03.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1691084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshqaruv pedogogikasi

Ta’lim muassasalarida boshqaruv strategiyasini amalga oshirishning 
tashkiliy asoslarini amalga oshirish va rivojlantirish- Strategiyani joriy etish 
asosiy ma’muriy vazifadir, u o’z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi: 
strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil taShkilot tuzish; 
- strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bo’lgan resurslarni yo’naltiruvchi 
moliyaviy rejani ishlab chiqish; 
- ko’zlangan maqsadga jadal erishishga yo’naltirilgan asoslashni xodimlar uchun 
ishlab chiqish; 
- mukofotlash tizimini qo’yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash; 
- taShkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat 
tug’diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish; 
- taShkilotning har bir a’zosiga kunma-kun o’z vazifasini samarali bajarishiga 
imkon beradigan qo’llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish; 
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta 
tayyorlashni) tatbiq etish; 
strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam 
yaxShilash uchun zarur bo’lgan ichki etakchilik tizimini joriy etish.
Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish 
uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir. 
Strategiya bilan taShkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, 
strategiya bilan qo’llab-quvvatlash ichki tizimi, Shuningdek strategiya bilan 
taShkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar Shaklida namoyon bo’luvchi) 
o’rtasida mutanosiblik qancha yuqori bo’lsa, strategiya Shuncha muvaffaqiyatli 
amalga oshiriladi. 
Boshqaruv pedagogikasi va etikasini rivojlantirishning tashkiliy asoslari va 
omillarini 
rivojlantirishdagi 
shart-sharoitlar 
va 
omillar.Boshqaruv 
strategiyasining yuqorida ko’rib o’tilgan to’rt vazifasini birdaniga va doimiyga 



hal etib bo’lmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar o’zgartirishni taqozo etishi 
mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu to’plangan 
tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog’liq. TaShkilot strategiyasini amalga 
oshirish yo’llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq 
yo’llarni izlash amalga oshiriladi.
TaShkilot vazifasi, maqsadi va strategiyasi, Shuningdek strategiyani 
amalga oshirishga yondaShishlik hech qachon tugal bo’lmaydi. Ishlarni 
baholash va to’g’rilash harakatlarini amalga oshirish me’yoriy hol hisoblanadi 
va strategik boshqaruv jarayonining o’zluksiz davom etadigan zarur unsurlari 
bo’lib qoladi. 
Sanab o’tilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim majburiyatlari 
(kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni xal etish, yig’ilishlar o’tkazish, 
hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish, maxsus topShiriklar 
jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan ajralgan holda mavjud 
bo’lmaydi. Keyingilar butoqlar bo’lib tana - strategik boshqaruv vazifasi 
atrofida joylashadi. 
YUqorida berilganlardan kelib chiqib Shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni 
boshqaruv strategiyasi 5 o’zaro bog’liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik 
ko’ra bilish va taShkilot vazifasini Shakllantirish; maqsadlarni belgilash
maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va 
amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo’nalishlarni o’rganish va 
to’g’rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo’la va abadiy hal 
bo’lgan harakatlar o’tkazish zarurati yuzaga chiqadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling