Бошқарув педагогика ва этикаси ҳақида тушунча ва бошқарувнинг илмий-назарий асослари
Ta’lim muassasalarida boshqaruv strategiyasini amalga oshirishning
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshqaruv pedogogikasi
Ta’lim muassasalarida boshqaruv strategiyasini amalga oshirishning
tashkiliy asoslarini amalga oshirish va rivojlantirish- Strategiyani joriy etish asosiy ma’muriy vazifadir, u o’z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi: - strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil taShkilot tuzish; - strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bo’lgan resurslarni yo’naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish; - ko’zlangan maqsadga jadal erishishga yo’naltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish; - mukofotlash tizimini qo’yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash; - taShkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tug’diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish; - taShkilotning har bir a’zosiga kunma-kun o’z vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qo’llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish; - muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tatbiq etish; strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxShilash uchun zarur bo’lgan ichki etakchilik tizimini joriy etish. Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir. Strategiya bilan taShkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qo’llab-quvvatlash ichki tizimi, Shuningdek strategiya bilan taShkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar Shaklida namoyon bo’luvchi) o’rtasida mutanosiblik qancha yuqori bo’lsa, strategiya Shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Boshqaruv pedagogikasi va etikasini rivojlantirishning tashkiliy asoslari va omillarini rivojlantirishdagi shart-sharoitlar va omillar.Boshqaruv strategiyasining yuqorida ko’rib o’tilgan to’rt vazifasini birdaniga va doimiyga 8 hal etib bo’lmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar o’zgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu to’plangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog’liq. TaShkilot strategiyasini amalga oshirish yo’llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yo’llarni izlash amalga oshiriladi. TaShkilot vazifasi, maqsadi va strategiyasi, Shuningdek strategiyani amalga oshirishga yondaShishlik hech qachon tugal bo’lmaydi. Ishlarni baholash va to’g’rilash harakatlarini amalga oshirish me’yoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining o’zluksiz davom etadigan zarur unsurlari bo’lib qoladi. Sanab o’tilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim majburiyatlari (kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni xal etish, yig’ilishlar o’tkazish, hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish, maxsus topShiriklar jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Keyingilar butoqlar bo’lib tana - strategik boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi. YUqorida berilganlardan kelib chiqib Shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni boshqaruv strategiyasi 5 o’zaro bog’liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko’ra bilish va taShkilot vazifasini Shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo’nalishlarni o’rganish va to’g’rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo’la va abadiy hal bo’lgan harakatlar o’tkazish zarurati yuzaga chiqadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling