Boshimda parvona, jahonim Onam Yonimda sarsona, mehribon Onam


Download 41.5 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1128316
Bog'liq
She\'rlar


Onam
Boshimda parvona, jahonim Onam
Yonimda sarsona, mehribon Onam
Ayamas borini, farzandim deya
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Sochlari oqargan, yagonam Onam


Qo'llari qadalgan, duogoʻy Onam
Ertayu,tunu-kech mehnatda yurib
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Ko'rdim ancha oʻzini zoʻrman deganni


Gapni katta gapirib,pand ham yeganni
Yonimda iltifot, ortdan kulganni
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Minnat qilar hatto bergan oshini


Yutugʻim ko'rolmay o'yib qoshini
Har taraf urarlar bilmam boshini
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Onajon, hech kimsa sizdek boʻlolmas


Yomonlar ham menga yaqin yurolmas
Sizdek boshqa birov mehr berolmas
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Ayamas mehrini, farzandi uchun


Ularning baxtiyu, taxtlari uchun
Oʻzim deb yashamas bilmadim nechun
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Asrar Onam duosi har dam onimda


Yaxshimi-yomonmi,doim yonimda
Yelkaga boshimni qoʻygan chogʻimda
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Boshimni silagay dilbandim deya


Sirimni sotmagay sirdoshim deya
Sen uchun jon bolam,fidoman deya
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Yashashni bilmayman bu tirik jonda


Yurak urib turar, har taraf yonda
Onam deya dardlarim toʻkilgan onda
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Allohdan soʻrayman yagona tilak


Onam deya uradi, shu bitta yurak
Hali Onam poyini o'pishim kerak
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Ex, Onam, Onajon, Onajonginam


Boringizga shukur Volidaginam
Boshimda ko'taray,ex erkaginam
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.

Onajon siz uchun jonim beraman


Siz yoʻq bu hayotda ado boʻlaman
Mehrga zor boʻlib,bir kun o'laman
Mehrini minnatlar qilmagan Onam.
QASHQADARYOGA
Jannat deb atalmish,go'zal makoni
Tog'-u biyobonlar, hur gulistoni.
Barchinoy qizi-yu, marddir o'g'loni
Tan berasiz hatto, toza havoga
Bir kelib ketinglar, Qashqadaryoga.

Quruq ketqazmas,kelgan mehmonni


Bobolari qo'ymas, qo'ldan ketmonni.
Bir ko'zda ko'rishar, yaxshi-yomonni
Jo'r bo'lib o'ynaysiz, go'zal navoga
Bir kelib ketinglar, Qashqadaryoga.

Suvlari zam-zamning suvidek zilol


Tunlari charog'bon, yoritgay hilol.
Bo'lar shunday joydan ketsalar,uvol
Chorasin topgaydir, hatto vaboga
Bir kelib ketinglar, Qashqadaryoga.

Temurbek qoni ham,oqar bizlarga


Mavj urib kelmoqda,o'g'il-qizlarga.
Faxrlanib aytaman,jo'shib sizlarga
Besh ketasiz tandir-u,tiniq samoga
Bir kelib ketinglar, Qashqadaryoga.

Bobolari kuchlidir, yigitlardan ham


Momolari go'zaldir,yuzga kirsa ham
Oyog'ingiz ostiga,so'yar qo'yni ham
So'zlari shifodir, ming xil davoga
Bir kelib ketinglar,Qashqadaryoga.

Buyuk tafakkurlar,chiqqan eldir bu


Bolasin otam deb,aytgan eldir bu
Abdulladek shoirni,tuqqan eldir bu
Teng kelar har biri, buyuk dahoga
Bir kelib ketinglar, Qashqadaryoga.

Mehmon bo'lib kelinglar, Qashqadaryoga......




OʻZBEGIM

Jannatmakon musaffodir osmoni


Chamanzoru gulga toʻlgan boʻstoni
Yetti iqlim taralgan hur gulistoni
Jonim fido boʻlsin senga,Oʻzbegim.

Iforlarin taratar xush gulzorlaring


Shildiratib oqar zumda anhorlaring
Mast boʻladi hidlasa ul rayhonlaring
Alloh nazar solgan buyuk,Oʻzbegim.

Fasllaring serquyosh hur oʻlkamdir


Qizlaring gul,momolaring ko'rkamdir
Bobolaring ming yigitdan o'ktamdur
Alpomish-u, Barchinoysan,Oʻzbegim.

Tandirlari nonga toʻlar saharlardan


Mevalari hatto shirin asallardan
Mehnatsevar boʻlgan elim azallardan
O'tin qolib tezak yoqqan,Oʻzbegim.

Beshigida yotgan Bobur bobolaring


Navoiyga alla aytgan momolaring
Tiniq osmon,musaffodur havolaring
Jannatlarning hidi kelgan, Oʻzbegim.

Saratonda choy ichgan ham o'zbegimdir


Qahratonda loy kechgan ham o'zbegimdir
Yot bolasin quchganlar ham o'zbegimdir
Mehmon kelsa toʻr koʻrsatgan, Oʻzbegim.

Dunyo bugun tan oldi hur bayrogʻingni


Begonaga bermam hatto yaprogʻingni
Ming o'psam ham kamdir menga tuprogʻingni
Belda belbogʻ, qoʻlda ketmon Oʻzbegim.

Alishmasman Parij hatto,Londonlariga


Kulishmasdan iloji yoʻq xandonlariga
Mazasidan soʻz topolmay tandirlariga
Biri Qashqa, biri Surxon Oʻzbegim.

Inson qadri ulugʻdir bu elimda


Quvonchimni yashirolmay dilimda
Shukur deyman,ming bor aytib tilimda
Tilda qolsin noming abad,Oʻzbegim.
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling