Jannat hidi kelgan vatanim!
Download 436.19 Kb.
|
ХУМОРА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannat hidu kelgan Vatanim”
- DILNI TOSH O‘YAR
- KULISHNI UNUTGANLAR
- BOG‘IMDA DARAXTLAR GULLADI
- O‘ZBEK O‘G‘LONLARI
- YODINGDAMI QADRDON…
Jumaqulova Xumora JANNAT HIDI KELGAN VATANIM! Sherlar
NAVOIY – 2022
U O‘K KBK
Bu hayotda, aslida, har bir inson ijodkor. Kimdir borliqning mislsiz go‘zalliklari, siru sinoatlari, hayotning buyuk nе’matlarini chizgan rasmlarida, kimdir tikkan kashtalarida, yasagan buyumldarida va yana kimdir yozgan hikoya, shе’rlarida namoyon etishga harakat qiladi. Xumora Jumaqulova ham o‘zidagi his tuyg‘ularni she’rlari orqali ifodalab, oq qog‘ozga ko‘chirar ekan, u she’rlarida ota-onani hurmat qilishga, Vatanni sevishga va tabiatning go‘zal manzaralarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan. “Jannat hidu kelgan Vatanim” deb nomlanuvchi ushbu to‘plam ijodkorning ilk ijodiy mahsuli bo‘lib, siz, aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. QALAMIMDAGI VATAN Vatan, yana qalamimdasan, Daftarimning ilk yuzidadir isming. Dimog‘dadir gullaring ifori, Oddiy qizning, buyuk Vatani. Jannatim deb takrorlayman, qayta va qayta, Qalamim rangi tugagunga qadar, Bor-u yo‘g‘im o‘zingsan, Vatan, Yuragim urmay qolgunga qadar. Tug‘ildim-ku shu muqaddas tuproqda, Orzularim ushaldi yillar o‘tganda. Qadrdonlar topildi, shu Vatanimda, Allohga shukr aytdim, qayta va qayta. Nelardan so‘ylay, ayting birodar, Purviqor tog‘lardan boshlayveraymi? Yo bo‘lmasa soylarning sirin aytaymi? Balki barchasini kelib ko‘rarsiz? DILNI TOSH O‘YAR Ichimda nimadir otilmoq istar, Sezdimki, bu mening dil og‘riqlarim. Ko‘zyoshga aylanib to‘kilaverdi, O‘zgalar otgan so‘zlar o‘qlari. Dilimga otilgan bu so‘z o‘qlari, Bilaman, o‘zimning xatoyim sabab. Lekin barchasi meni deb emas, O‘zgalar otgan so‘zlar o‘qlari. KULISHNI UNUTGANLAR Hayot o‘tar, umr o‘tar, insonlar o‘tar, Ishlar-u yumishlar, tashvishlar o‘tar. Xotira bo‘sa ham, eng yaxshi damlar, Bugundan mazza qilib, yayrab kulinglar! Axir kelamiz-ku, bir bor dumyoga, Yashashga kurash deb, bir bor kulmaymiz. Kulgu ham kerak shu umrimizga, Yaqinlarga hamda barcha insonga. Mazza qilib kulganingiz yodingizdami? Shu kulguga hamroh bo‘lgan do‘stlaringiz-chi? Yillar o‘tdib, bu holatni eslay olmaysiz, Chunki xotiralar, ko‘milgan yurakka. Quvnoq bo‘lsang, kunlaring quvnoq o‘tadi, Balki keyingi hayot tashvishsiz bo‘lar. Qo‘l silta xatolarga, ko‘zlaringni yum, Men hayotga bir bora keldimdeb yasha! ODDIY QIZ Qalbimga bahor qachon kelarkin? Qachondir quyoshning nuri borarmi? So‘zsiz orzularim ushalarmikan? Oddiy qizcha yuzi kularmi? Oddiy qizning qalbi, oddiyginadir, Biroq, dunyolarni sig‘dirish mumkin, Achinmang, kuyinmang oddiy qizchaga, Negaki, bu qizning sirli do‘sti bor. Siz bilgan ufqqa hamon termular, Bardosh ham kumdan-kun tugablar borar. Oddiy qiz buyuklikka umidlar qilar, Biroq har kun yo‘llar to‘sishar. His etadi har kuni qalban shu qizcha, Dunyoda kimgadir kerakman, deydi, Kun kelib u insonni, bu qizcha topsa, Termulgan ufqiga yetgan bo‘ladi. PREZIDENTIM Uchinchi Renesansga boshlab bormоqda, Xalqimning yurtboshi, shu prezidentim. Taraqqiyot yo‘liga chiroq yoqqanlar, Yo‘lboshchi ham o‘zi, etak tutganlar. Yonmoqdadir, kuymoqdadir farzandlar uchun, Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqda, BMTda so‘zlab, o‘zbek tilini, Renesansga ilk qadam tashlab bormoqda. Xalqimning dardini o‘ziga olgan, Muammosin birma-bir yechiblar borgan, Shu yurt uchun borini bergan, Mening prezidentim, bizning president! BU OQSHOMDA Bu oqshom ko‘kda o‘zgacha oy bor, Yulduzlar ham boshqacha nur taratmoqda, Sokinlikka burkangan, men bilgan olam, Yaratgan yuldizim osmon bezagan. Osmonga durlar taqilgan go‘yo, Shu durlar ko‘zingni qamashtirarmi, U durlar qatorida meniki oltin, Negaki, bu oltin mening she’rlarim. Shabboda esadi, bilinib bilmay, Hayhot dashtda g‘alati ovoz. Ehtiyoj bo‘ladi ayni o‘sha payt, Lekin menga ehtiyoj, emas yolg‘izlik kerak. Atrofga qarasam, yurak tez urar, Biroq osmon boqsam, boshqacha xayol. Bir oyga, bir yulduzga qarayman olis, Bu oqshom men uchun o‘zgacha tundir. BOG‘IMDA DARAXTLAR GULLADI Mening bog‘mda o‘rik gullagan, Xuddi Zulfiya ekkan o‘rikday. Derazandan boqsam, oppoq qor go‘yo, Biram go‘zal bo‘lib, to‘p-to‘p gullagan. Mening bog‘imda olma gullagan, Esimda qirmizi olma ovozi, Yuzing tutsang, aksing ko‘rinar edi, Quyosh tutsang, charaqlab ko‘zing olardi. Mening bog‘mda anor gullagan, Marjondek donalari yurakdek qizil. Qo‘limga olaman anor donasin, Qarab to‘ymayman-u, yeyaolmayman. Mening bog‘imda bodom gullagan, Bobom ekkan bu daraxt, Ilk bor shu bahorda barg yozgan, qarang, Sezaman, bu bodom, bir bodom bo‘lar. Mening bog‘imda gilos gullagan, O‘zgacha gullagan, qiyg‘os gullagan. Bog‘mda bu daraxt o‘zgacha, qarang, Barglari ko‘ringan, ko‘ringan arang. Mening bog‘imda olcha gullagan, Boshqa daraxtlardek gullari to‘p-to‘p, Bu daraxtni otam ekkanlar, Meva solsa ko‘rasiz, hosili ko‘p-ko‘p. Mening bog‘imda hayot gullagan, Bulbullar xonishi jonbaxsh etadi, Chug‘ur-chug‘ur aylasa qaldirg‘och erta, Bog‘imga kirsangiz, keta olmaysiz. ZULFIYADEK Yettinchi osmonda shu hayollarim, Zulfiyadek shoira bo‘larmikinman? Meni ham yuz yillar o‘tganda, hatto, Zulfiyadek ardoqlab eslasharmikin? Minbarlar zilziladek qachon titraydi, Olqishlar bardavom qaysi payt ayting? Menga ham kimlardir havas qilarmi? Xuddi men Zulfiyaga havas qilgandek. Bu she’rlar, shu she’rlar avjiga chiqar, Umidlar tobora yozishga undar, Charchasang, maqsadlar turtaverarlar, Orzular qo‘limni mahkam tutganlar. Kimlar o‘qimadi Zulfiya she’rin? Olam, olam tasannolar yog‘ildi qancha. Hattoki chet tillarida nashrlar bo‘ldi, Bu esa – faxrdir, yuksak faxrdir. Bugun esa shu insonga monandmiz mana, Vatan deb, Zulfiyadek ijod qilyapmiz, Tinmasdan xalq uchun she’rlarni yozib, U kabi bog‘larni gullatgan gulmiz. Ey do‘stim, niyatni xolis qilsak bas, Zulfiya yodini unitmasak bas, Vatan uchun she’rni yozaolsak bas, Yaqinlar duosin olaolsak bas. SOG‘INDIM Sovuqdan titraydi bag‘rim bunchalar, Yuragim muzga aylangan go‘yo, Tuyg‘ular umrbodga tark etganmi yo, Sog‘indim bahorni bilmam qanchalar. Toshqin daryo bo‘ldi, sog‘inch ummoni, Kemalar yelkani shamolda esar. Bahor shamolini chorlar yelkanlar, Sog‘indim bahorni bilmam qanchalar. O‘tkan bahorlarim xotira bo‘ldi, Yozgan she’rlarim esa eskiraverdi. Siz bilgan bahorni kutyapman hamon, Sog‘indim bahorni, bilmam qanchalar. Ko‘zyoshdan to‘lgan quduqlar qani? Shu ko‘zyoshda ko‘kargan daraxtlar qani? Orik, olma gullagan bog‘larim qani? Sog‘indim bahorni bilmam qanchalar? Kutaman har kuni, har daqiqada, Sog‘inganim bildirgan she’rlar ko‘paydi. Daftarim to‘lib ketdi, bahorni chorlab, Sog‘indim bahorni bilmam qanchalar? Sovuqdan titraydi bag‘rim bunchalar, Yuragim muzga aylangan go‘yo, Tuyg‘ular umrbodga tark etganmiyo? Sog‘indim bahorni bilmam qanchalar? O‘ZBEK O‘G‘LONLARI Ularni aytishar, o‘zbek o‘g‘loni, Vatan deb, xalqim deb, yashashganini. Jon uchun jonidan kechganlarini, Ularni atayman, yurtim o‘g‘loni. Chegaralar xavfsiz, chunki ular bor, Osoyishta tunlar, tonglar quyoshli, O‘zbek o‘g‘lonlari, sizga hurmat bor, Mana bu she’rim ham sizga yurtdoshlar. Jon berib, jon olib, ming bir azobda, Necha kunlar yurar suvsiz sahroda, Ulardek jasur inson yo‘qdir olamda, Bir harbiy yo‘qotsa uch kun motamda. YODINGDAMI QADRDON… Omad mendan yuz o‘girsa, tashlab ketsa, Ishlarim yurishmay, ko‘zga yosh to‘lsa, Yodingdami qadrdon mendan kechganing, Cho‘ntakka bir qarab, kulib ketganing. Ming bora ichgan qasamlar qani? Jigarimsan, degan, shirin so‘z qani? Jonim ham sen uchun, vadalar qani? Yodingdami qadrdon qandoq yurardik. Ortimdan pichoq ko‘p sanchilganin, Qon to‘kilgandan so‘ng, bilibman qarang, Shu pichoq egasi do‘stim ekanin, Omadim ketgandan so‘ng, bilibman qarang. Kelaqol, cho‘ntakka mana endi boq, Omadimni qara, obro‘ni qara, Ota-ona, ustozlar dousin qara, Ikkimizga ham tahish, do‘stim Shuhratga qara. Sen ketding-u, faqatgina u qoldi, Qadrdonlar afsus yagona bo‘ldi, Yagona bo‘lsa ham, umrbod bo‘ldi, Sen ketding-u, faqatgina u qoldi. Ko‘rdim kecha seni, eski zavodda, Juda rahmim keldi, ayni shu paytda, Viqorlaring tog‘dek edi bir vaqtlar, Yodingdami qadrdon, u go‘zal paytlar. Yoningga boraman, senga qarayman, Bilib qo‘y cho‘ntaknimas, seni o‘ylayman, Eski kiyimingga ishim yo‘q hech ham, Sog‘lig‘ing o‘ylayman, pulingni emas. Cho‘ntak o‘lgur ne ko‘ylarga solmas bizni, Akadan, ukadan, otadan ayirganlarini. Qancha kulfatlarni solmadi boshga, Oqlarni tushirdi bir-bir bu sochga. EY ODAMZOD! Katta-yu kichik nasihat qilar, Yorug‘ yol tomonga yo‘lni ko‘rsatar, Ey odamzod, yaxshilar savob qilarlar, To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar, hatto jannat ko‘rsatar. Quloq sol, tinglagin, bur vujud ila, Jon uchun jondan kechganlarni ko‘r! Ey odamzod, yaxshilar savob qilarlar, To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar, hatto jannat ko‘rsatar. Mittigina bir bolakay, kichik qalbida, Sendagi vijdondan kattarog‘i bor. Mehri ham senikidan ko‘p bo‘lsa ko‘pdir, Bilib qo‘y, hattoki gunohning zarrasi yo‘qdir. Kattalar hayotning darsini olgan, Sendan ko‘ra ko‘proq darslar tinglagan, Ey odamzod, yaxshilar savob qilarlar, To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganlar, hatto jannat ko‘rsatar. Download 436.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling