Jannat hidi kelgan vatanim!


Download 436.19 Kb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi436.19 Kb.
#1247832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ХУМОРА

HAR BIR YOMG‘IR
KIMNIDIR KO‘ZYOSHI

Yomg‘ir to‘kilganin, sezmay qolibman,


Avvallari osmon bilan birga yig‘lardim.
Meni yig‘latganni Xudoga solib,
Kun kelsa, osmon bilan yig‘lasin derdim.

Bugun kim yig‘lamoqda, bilmayman,


Kim bo‘lsa ham dod solmoqda, faryod urmoqda.
Ohlari osmonni gumburlatadi,
Chaqmoq ham chaqadi, yomg‘ir tinmaydi.
Borgan sari osmonning qahri ham kelar,
Bo‘ldi qilgin deb aytar, osmon tinmasdan.
Samoning jahlini battar chiqarib,
Bulut qurg‘ur quyoshni to‘sib olar.

Doim mayin esgan shamolga qarang,


Shiddat bilan qay tomonga oshiqmoqda u.
Qo‘yib bersang meni ham, olib ketadi,
Bilmam qay tomonga, qay bir o‘lkaga.

Yomg‘ir tomchilari nimadir deya,


Birma-bir yuzimga tushaverarlar.
Men ham dod solaman osmonga qarab,
Allohin kechirar tavba qilganni.

TASHLAB KETDI, NECHUN?


Quyosh meni har kun tashlab ketadi,


Zulmatda qo‘rqishim, u bilmasmi yo,
Oyni hamroh qildi, desam quvonib,
Bulutni men tomon haydab yubordi.

Istardim doimo quyoshla birga,


Umrimning so‘ngigacha bo‘lsamla qani,
Ilojsiz narsani so‘rayman doim,
Netay, orzuga ayb yoq-ku, do‘stim.

Bugun yana quyosh tashlab ketdi,


Menga bevafo, hattoki u ham.
Hayronman o‘zimga, bilmayman nechun,
Doim bo‘lmaganin xohlayveraman.

JANNAT HIDI KELGAN VATANIM!


Ey Vatan, jannat hidi kelar,


Har bir uyingdan, har bir yeringdan,
Gullaring ifori dilga malhamdir,
Farzandlar kulgusi jonga jonbaxshdir.

Bu dunyo jannati sen bo‘lsang agar,


Ruhim ham bu yerda qoladi abad.
Jannatning odamlari shu yerda bo‘lsa,
Bu Vatan doimo obod bo‘ladi.

ILK QADAM


Dunyoda yovuzlik har qadamda bor,


Yonma-yon turadi ezgulik ham,
Go‘yoki ikki xil, ikki xil dunyo,
Qay birida bo‘lish, insonga bog‘liq.

Eng to‘g‘ri tanlov ezgulik tomon,


Tashlangan ilk qadam bo‘ladi inson.
Mabodo adashib, yovuzlik yursang,
Xatoni Allohim kechirar, ey zot.

Ilk qadam tashlamoq og‘ir bo‘lsa ham,


Iymoning mahkam qo‘lidan tutgin.
“Yo Alloh” degin-u, qadamni tashla,
Yoningda, hattoki shayton bo‘lsa ham.

Yuragingga quloq sol, aytib berar u,


Eng to‘g‘ri qadamni boshlab berar shu,
Adashgan xayoling to‘g‘ri qilar u,
Ezgulikka hamroh bo‘lar faqat shu.

O‘YLAMOQ


Azizlar bir bora o‘ylab ko‘ringlar,


Mayli o‘ylasangiz ham tong otgunicha.
Ne uchun, ayting, umrimiz bo‘yi,
Bir parcha qog‘oz deb yashab o‘tamiz?

U nima yoqsang, yonib ketadi,


Zaradek kulga aylanar shu chog‘,
Hech qachon ustunmas undan oqibat,
Mehr ham unga tenglashmas afsus.

SINFDOSH…


Qadrdon bugun yodimga tushding,
Ne sabab bo‘ldi, ne bir hodisa?
Tushimga kirgandirsan balki o‘yimga,
Sinfdosh sog‘inchdan takror ko‘zda yosh.

Maktab eshigidan kulishib kirgan,


Shu eshikdan alvido deya qo‘l bergan.
Necha yillardan buyon diydor og‘ringan,
Sinfdosh sog‘inchdan takror ko‘zda yosh.

To‘qqiz yil-u, to‘qqiz yillik shirin xotira,


Yodingdami xotima ham o‘zgacha bo‘lgan.
Urushgan, talashgan kunlar qayerda?
Sinfdosh sog‘inchdan takror ko‘zda yosh.

So‘nggi qo‘ngi’roqda qilgan sho‘xliklar,


Bir umrga tatigulik lahzalar edi.
Eh partadosh, qumsayapman o‘sha kunlarni,
Sinfdosh sog‘inchdan takror ko‘zda yosh.

Birga tushgan sur’atlar ham yana qo‘limda,


Latifalarni eslab, labda tabassum.
Eh partadosh, qumsayapman o‘sha kunlarni,
Sinfdosh sog‘inchdan takror ko‘zda yosh.

BEGONA BAHOR


Tanish bir ko‘chada ketmoqdaman jim,


Bir tomon o‘rmon-u, bir tomon daryo.
Oyog‘im ostida barglar shitirlar,
Bu ovoz sukutni buzadi go‘yo.

Hayol ketdi yana nimadir tomon,


Balki kimnidir kutyapman shu on,
Yurak qurg‘ur nimalarni xohlar bilmam,
Menimcha, sen bor, bahorni sog‘indim yana.

Nafrat o‘lgur bir yelkamdan tushmas qara,


Sen yo‘q, bahor men uchun kerakmas ana.
Qolavergin sochi uzun Zaynablarning sochlarida,
Ey yo‘q, sensiz bahor yaxshiroq menga.

Begona bahor deya, nomladim uni,


Sen ila o‘tgan bahorlarimni.
Xotiradan qolgan soy bo‘yi hatto,
Zaynab chanqog‘idan qurib ham qoldi.

Sodda Kumush bo‘lganman, faqat o‘tmishda,


U kundagi Kumush, shu kuni o‘lgan,
Boshsiz chavandozni ko‘rganimda men,
O‘ylabmanki, oppoq otda shahzoda kelgan.

Achinganim bo‘ldi, ikki bir narsa,


Arzanda jon-u, ma’nosiz kunlar.
Bildimki, o‘tkinchi bo‘lgan u bahor,
Haqiqiy bahorim tushimda ko‘rdim.
Bilaman, qarg‘ayapsan, shu yerda turib,
Zaynab ham ol desa, olgudek bo‘lib.
Dunyo la’natlarin yog‘diravergin,
Gunohlar to‘kilar Alloh yonida.

Qara, nasib etmadi bahor chiroyi,


Bildimki, Alloh uchun sevmay qo‘yibman.
Tushimda ko‘rgan bahorimni men,
Bugundan Alloh uchun seva boshladim.
FAXR BUYUK
Samarqand ko‘chasin bir lahza kezing,
Shabbodasi ajib, biroz his eting.
Insonlari bilan dildan suhbatlar quring,
Ko‘rasiz, yurtimning fayzini uning.

Tarix devorlarida bobomning izi,


Atlaslarda qolgan momomning isi.
Eng buyuk insonlar shahridir yurtim,
“Sayqali ro‘yi zamin”, deya atalgan.

Yetti iqlim tanir nomim aytsangiz,


Registon joylashgan desangiz-chi, bas.
Samarqandim nonlarin tatib ko‘rsangiz,
Bunday ta’mni hech ham unutolmaysiz.

Faxr buyuk yurtim nomini aytsam,


“Samarqandlikman” deyman, ko‘ksimni kerib.
Keling mehmon bo‘lasiz, mehmondo‘st xalqim,
Bir payola choylari, dilga malhamdir.



Download 436.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling