Jannat hidi kelgan vatanim!


Download 436.19 Kb.
bet3/7
Sana07.03.2023
Hajmi436.19 Kb.
#1247832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ХУМОРА

GULLAGAN YOSHLIKNI
HIS ETMAGANLAR

Yoshligi mehnatda o‘tgan bolakay,


Qo‘llari qadoqdir, o‘spirin chog‘dan,
Xuddi hojilardek, sajdada har kun,
Oilasin boqar, turmush qurmasdan.

O‘qimoqqa vaqt yo‘q, pul topish kerak,


Ukani o‘qitmoq zarur barchadan.
Chala qolgan uyni bitkazmoq kerak,
Otaning ruhini shod etmoq kerak.

Tunlarni kunga, ulaydi yigit,


Uyqular ham beorom, beorom tunlar.
Hattoki ushshoq ham o‘tmas tomoqdan,
Yumushlarin tog‘dayligin biladi yigit.

Umrining kunlari shunday o‘tayotgan,


Bordir bu hayotda qanchalar inson.
Ularni ataymiz afsuski, do‘stim,
Gullagan yoshlikni his etmaganlar.
USTOZ, SIZ SABAB
XORAZMIYLAR BOR

Ustoz, sizni harqachon ulug‘laymiz,


O‘gitingiz hayollardan tinmas hech ham.
Bu qo‘llarim, ushlab har dam,
Dona-dona bu so‘zlarni o‘rgatdingiz.

Mehringizni buloqlarga o‘xshatmagan kim?


Otalardek ulug‘lashmagan kim?
Bog‘ingizning mevasidan olmagan kim?
Sizga atab olam-olam she’r yozmagan kim?

Bordir sizdek ustozlar shu Vatanimda,


Qalbi quyosh, mehri daryo, bu jannatimda.
Sizlar borsiz, Ulug‘beklar, Beruniylar bor,
Yangidan tug‘ilgan Xorazmiylar bor.
KUTYAPMAN
Bugun yana bog‘imga keldim,
Bahor sog‘inchi takror ezmoqda.
Hattoki qaldirg‘och bahorla ketgan,
Faqatgina uyqudagi daraxtlar qolgan.

Barcha qadrdonlar u bilan ketgan,


Qolmagan men bilan biron bir dardkash,
Sog‘inch qurg‘ur bog‘ tomonga chorlayveradi,
Ne bo‘lsa ham kutyapman u bor bahorni.

UMMON

Umrim kunlarini bir chetga surib,


Yolg‘iz o‘zim ummonning, qoq markaziga,
Bir lahza bo‘lsa ham yoki bir umr,
Bormoqni istardim, loqal bir marta.

Hayol bir joylarni kezib, unga to‘xtaldi,


Shu ummonga tezroq bormoqni istar.
Men bo‘lsam, qafasdagi qush goyo,
Nimalardir ortimdan tinmay turtarlar.

Qani endi ummon yonimga kelsa,


Yana takrorlayman faqat bir marta.
Armonim qolmasdi, ushbu dunyodan
Tushda ushalsa ham, imkonsiz istak.

Bilaman, ummonni ko‘rmoqlik mumkin,


Netay axir menda bu imkon yo‘qdir,
Bilaman, ummon yonimga kelmas,
Ushalmagan orzulardan bittasi shudir.



Download 436.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling