Jannat hidi kelgan vatanim!
Download 436.19 Kb.
|
ХУМОРА
- Bu sahifa navigatsiya:
- MINBAR YONIDA
- TO‘G‘RI QAROR
BAXT KALITI
Topib olarman deyman, go‘ya qochadi, Somondan ignani izlagandek bo‘laman, Gohida holdan toyib, qo‘l siltab ham ketaman, Shunday bo‘lsa ham, dilda armon bo‘lib qoladi. Deydi menga bir tanish, sizga bo‘lsa notanish, Baxt kalitin topsam gar, Baham ko‘rardim agar, Barcha baxtsizlar ila. Buncha qiyin , shunchalar qiyin, Baxt kalitin topmoqlik do‘stlar, Uning eshigini ochishga esa, Katta bir kuch kerak ekanlar. Bo‘ldi, topdim, deydi notanish, Baxt kalitin yaratdim o‘zim. Eng zo‘rini eshiting do‘stlar, O‘sha kalit uyini ham qurdim o‘zim. QASOS Nafrat, alamlardan yaralgan qasos, Kimgadir atalgan og‘ir bir o‘qdir. Shayton ichiga solgan qasosni, Chiqarolmay hanuz halakdir inson. Qalblarni toshga aylantirgan u, Hattoki o‘limga yetaklagandir? Telba bir holatga tushgan insonlar, Uning sharobidan totib ko‘rgandir. O‘ngida, o‘yida, hatto tushida, Qasos o‘tida yonganlar qancha. Shu o‘tda o‘zi ham, boshqa ham yonib, Kuyib ketganlar bor va yana qancha. Qasos. Kimga kerak u, Mengami, sizgami yoki ularga? Alloh uchun kerkdir balki, Yo‘q. Kerakdir faqat bandasi uchun. XOTIRA Qayg‘uli damlar unda mujassam, Va eng yaxshi damlar ham birga. Diydor-chi, ul ham unga qadalgn, Eng ajoyib kunlar unda qolgan. Aziz narsalardan biridir bizga, Sizga ham bilaman, xotira buyuk. Negaki, shu aziz xotiralarda, Eng yaqin insonlar yashaydi abad. TAQDIR Peshonaga yozilgan, deya ataymiz, Pand yesak, hayotda uni ayblaymiz. “Taqdirim sho‘r ekan” deymiz xo‘rsinib, Zolim ham deymiz gohida uni, Afsus, bilmaymiz taqdir neligin, Qo‘limizda ekanin bilmaymiz nechun, O‘zimiz yaratib, o‘zimiz yo‘q qilib, Kimnidir aybdor qilamiz, nega? Taqdir qanday yaralishini, So‘rang ana baxtli insondan. Uning yaralishin tarixini ham, Mumkin, so‘rang donishmandlardan. U tug‘ilmaydi, o‘lmaydi, Ochilmaydi, so‘lmaydi, Yasalmaydi, sinmaydi, Bor-u, lekin ko‘rinmaydi. Taqdirga rahmim kelar gohi, Chunki his etarman hayotda o‘zim, Uni nohaq aybdor qilganlarini, Qo‘limdan kelganda yo‘q qilar edim. Taqdirni aybdor qilmang ey odam, Kun kelsa, hamroh qiladi olam! MINBAR YONIDA Kimlar tushib, chiqmadi minbar yoniga, Hattoki jon berdi, ne sabab bilmam. Nega buncha mag‘rur, jonsiz bo‘lsa ham? Bir bora bormadim unig yoniga. Lekin ulug‘ ustozlar izi bor unda, Unga bormoqlikning faxri o‘zgacha, Oyoqlar eltar o‘z-o‘zidan, Ko‘rsangiz bormoqni istaysiz dildan. Sezaman, bir kun, meni ham xalqim, Olqishlar ila minbarga chorlar. Hayajon bilan so‘zlayman unda, Sizlar sabab turibman minbar yonida. Ustoz siz uchun yozgan she’rimni, Aytishni xohlayman ko‘z o‘ngingizda. Minbar yonida turganimda men, Olqishlaganingizni ko‘rgim kelar-da. Gar ijod yo‘limni davom ettirsam, Birma-bir kitoblar yozaversam, Minbarning yoniga ko‘p bora borsam, Seni doim yurtim, kuylayveraman, TO‘G‘RI QAROR Balkim hayotingni o‘zgartirar u, Baxtli kunlar tomon yetaklar seni, Uzun bir yo‘lingni chirog‘i balki, To‘g‘ri qaror qilsang, omading seni. Kimnidir o‘limdan ba’zan saqlaydi, Kimnidir diliga oro beradi, Kimnidir uyiga quvonch beradi, Kimnidir ko‘ngli taskin topadi. Hech qachon afsus qilmaysiz agar, Qachonki to‘g‘ri qaror qilsangiz, Umringiz doim rohatda o‘tar, Bir umr to‘g‘ri qaror qilsangiz. Download 436.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling